Bularni bilamiz 47-qism

Janubi sharqiy Anadoludagi Firot daryosi ustiga qurilgan Otaturk suv ombori Turkiyadagi eng yirik suv ombori ekanligini bilarmidingiz?

1528293
Bularni bilamiz 47-qism

 

Turkiyaning Adiyaman va Shanliurfa shaharlaridan oqib o’tgan Firot daryosi ustida Otaturk suv ombori va gidroelektr stansiyasi joylashgan. U 1983 yili insho etila boshlagan va 1992 yili xizmatga topshirilgan.

Energiya va sug’orish maqsadlarida qurilgan suv ombori 84.5 mln kub metr hajmi bilan dunyoda 6-o’rinda turadi. Gidroelektr stansiyasi esa, dunyoning eng yirik 5-gidroelektr stansiyasi hisoblanadi. U Turkiyadagi barcha gidroelektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan energiyaning 20 foizini yakka o’zi ta’minlaydigan kuchga ega.

Butunlay turk muhandislarning mahsuloti bo’lgan ushbu yirik suv omborining gavda qismi 80 oyda qurib bitkazilgan. Suv omborining qurilish jarayonida 817 km kvadrat hajmli sun’iy ko’l hosil bo’lgan.

Ko’lda xalqaro suv sportlari festivallari o’tkaziladi. Ushbu ko’l ayni vaqtda baliqchilik jihatidan ham mahalliy aholi uchun daromad manbayi hisoblanadi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Otaturk suv ombori

Aloqador xabarlar