Gruziyada saylov natijalariga e’tiroz qilganganlar, 1 – noyabrdan beri namoyish uyushtirmoqda

Dasturimizning bugungi sonida Gruziyada bo‘lib o‘tgan parlament saylovi haqida so‘z qilamiz. (Yevroosiyo kun tartibi - 46)

1526883
Gruziyada saylov natijalariga e’tiroz qilganganlar, 1 – noyabrdan beri namoyish uyushtirmoqda

2020 – yilning 31 – oktabri kuni Gruziyada parlament saylovi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatdagi 3.5 million saylovchining qariyb 2 millioni ishtirok etdi. Saylov kuni jarayonni 6 ming jurnalist, 47 ming mahalliy va chet ellik kuzatuvchi, 80 mingdan ortiq partiya vakillari kuzatdi.

Gruziya Markaziy Saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra saylovda ishtirok etgan 48 ta partiya bilan 2 ta blokdan 9 tasi 1 foizli chegaradan o‘tib, parlamentdan o‘rin egalladi. Hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi ovozlarning 48 foizini qo‘lga kiritib, g‘alabasini e’lon qildi. Muxolifatning “Birlashgan milliy harakat” partiyasi 27 foiz ovoz oldi. Yutuqqa erishgan boshqa partiyalarning ovoz nisbati “4 foizdan kam” deb qayd etildi.   

Saylov natijalariga e’tiroz qilganlar uning bekor qilinishi uchun 1 – noyabrdan beri namoyish uyushtirmoqda. Muxolifatning buyuk namoyishi 8 – noyabrda bo‘lib o‘tdi. Majlisga kirish huquqini qo‘lga kiritgan 8 ta partiya bilan mag‘lubiyatga uchragan boshqalar muddatidan oldin saylov, Markaziy Saylov komissiyasining iste’fosi va siyosiy mahbuslarning ozod etilishini talab qilmoqda. Qo‘shma deklaratsiyaga qo‘l qo‘ygan muxolif partiyalar yangi parlamentga kirishdan bosh tortdi va amaldagi hukumat talablarini bajarmagudek bo‘lsa unda harakat rejasi taqdim etishlarini bildirdilar. 

Majlisning o‘z faoliyatini boshlay olishi uchun ishchi tarkibning, boshqacha qilib aytganda saylangan deputatlarning yarmidan ko‘pi ya’ni 76 deputat yangi parlamentga kirishi kerak. Hukmron partiya bu raqamga ortiqchiligi bilan erishgan vaziyatdadir. Lekin deputatlarning yarmini tashkil etgan muxolifatning yangi parlamentga kirmasligi, mamlakat barqarorligiga to‘g‘ridan – to‘g‘ri salbiy ta’sir qiladi.  

Gruziya majlisi 150 ta deputatlik o‘rindan iborat. Ularning 120 nafari proporsional, 30 nafari esa majoritar tizimga ko‘ra saylanadi. Ko‘pchilik tizim asosida saylov uyushtirilgan 16 ta saylov uchastkasida, 21 – noyabr kuni qayta ovoz beriladi.

Hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi ketma – ket uchinchi marotaba parlament saylovlarida muvaffaqiyatga erishdi. Hukmron partiyaning ayniqsa pandemiyaning boshida ko‘rgan chora va tadbirlari partiya kuchiga – kuch qo‘shdi. Lekin pandemiyaning kuz mavsumida butun mamlakatda keng yoyilishi va cheklovlar yuzasidan iqtisodiyotning qiyin ahvolga tushishi, hukmron partiyaning ishini murakkablashtirmoqda.

Muxolifga aylangan sobiq prezident Mixail Saakashvili esa uzoq yillardan beri o‘z yurtiga qaytolmayapdi. Mamlakatda buyuk islohotlarni boshlatgan Rossiya bilan til topisholmagani bois hukmronligini davom ettirolmagan Mixail Saakashvilining hukmronlikka, shu jumladan o‘z yurtiga qaytish istagi bu galgi saylovda ham amalga oshmadi.

Gruziya Razvedka tashkiloti 6 – noyabr kuni sobiq xavfsizlik kuchlari vakillaridan tashkil topgan va konstitusiya tartibini buzishni xohlagan bir guruh borligi haqida bayonot chop etdi.

Hukmron partiya Covid – 19 ga chalinganlar sonining kundalik 3 mingga yaqinlashgani tufayli 9 – noyabrdan e’tiboran buyuk shaharlarga cheklovlar kiritdi. Pandemiya va cheklovlar muxolifatning namoyish uyushtirishini murakkablashtira boshladi.   

Gruziya, parlament tizimi bilan boshqarilgani bois parlament saylovi alohida ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun muxolifat o‘z kurashini davom ettirmoqchi.

 


Tanlangan kalimalar: #Gruziya , #parlament saylovi

Aloqador xabarlar