Bularni bilasizmi 46-qism

Turkiya Respublikasiga asos solgan Mustafo Kamol Otaturk haqida juda ko’plab tillarda kitob yozilganligini bilarmidingiz?

1523993
Bularni bilasizmi 46-qism

 

1938 yil 10 noyabrda vafot etgan Mustafo Kamol Otaturk Turkiya Respublikasining eng muhim shahsiyatlaridan biridir. Otaturk nafaqat Turkiyada, balki butun dunyoda o’chmas iz qoldirgan desak mubolag’a bo’lmaydi. Bir qator davlatlar uning g’oyalaridan o’rnak olgan, ko’plab tadqiqotchi va yozuvchilar Otaturk haqida kitoblar yozishgan.

Buyuk Britaniya hukumatining topshirig’iga binoan, yozuvchi Lord Kinross tomonidan yozilgan  “Otaturk – bir millatning qayta tug'ilishi” nomli kitob ulug’ yetakchi Otaturk haqida yozilgan kitoblar orasida eng ahamiyatlisi hisoblanadi. Ushbu kitobning birinchi nusxasi 1960 yili chop etilgan. Kitobda Otaturkning hayoti, faoliyatlari, harakteri, xususiyatlari, Usmoniy davlatining oxirgi yillari va Turkiya Respublikasi tashkil topgan ilk davrlar haqida hikoya qilingan.

Qolaversa, ingliz yozuvchi Andrew Mango qalamiga mansub “Otaturk – Zamonaviy Turkiyaning asoschisi” nomli kitobda Otaturkning hayoti va faoliyatlari atroflicha hikoya qilingan.  Amerikalik yozuvchi Austin Bayning “Otaturk – Zamonaviy Turkiyaga asos solgan doxiy generaldan yetakchilik bo’yicha ibrat olish” nomli kitobi Otaturkning liderlik qobiliyati, harbiy zakovati haqida hikoya qilingan biografik asar hisoblanadi. Turk tili va tarixi haqida ilmiy tadqiqotlari bilan tanilgan Klaus Kreiser qamaliga mansub “Otaturk” nomli kitob ham Germaniyada ko’p marotaba nashr qilingan. Ushbu kitob nafaqat talabalar uchun, balki akademiklar uchun ham muhim qo’llanma hisoblanadi.

 



Aloqador xabarlar