Armanistonning hujmi ortidan Qorabog‘dagi to‘qnashuvlar avj oldi

Yevroosiyo kun tartibi - 41

1509777
Armanistonning hujmi ortidan Qorabog‘dagi to‘qnashuvlar avj oldi

Dasturimizning bugungi sonida Qorabog‘ inqirozi haqida so‘z qilamiz.

2020 – yilning 27 – sentabri kuni Armanistonning hujum uyushtirishi ortidan Qorabog‘dagi to‘qnashuvlar avj oldi. Arman ig‘vogarchiligiga javob bergan Ozarbayjon Qurolli kuchlari jabhaning har burchagidan hujum qilib, arman askarlarini qochishga majbur qildi. Ortda qolgan 2 hafta mobaynida Ozarbayjon qo‘shini qariyb 40 ta turar – joy punktini ishg‘oldan qutqardi. Armanistonning yuzlab harbiy qurol –yarog‘i yo‘q qilinar ekan halok bo‘lganlar sonining qariyb 400 kishi ekani aytilmoqda.  

Bu gal Armanistonning kerakli yordamni homiylaridan ko‘rolmagani yaqqol o‘rtada. Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin to‘qnashuvlarning Armaniston tuproqlarida emasligini bildirgan holda, Yerevanga yordam beriladigan bir xusus yo‘qligini qayd etdi. Ma’lum bo‘lganidek Armaniston Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga a’zodir va qanaqadir hujum paytida tashkilotga a’zo davlatlarning yordamga kelish majburiyati bor. Arman yetakchiligi bundan foydalana olish uchun Qorabog‘dan tashqari Ozarbayjon turar – joy punktlariga hujumlar uyushtirmoqda. Armanlar Ozarbayjon tinch – aholisiga qarshi fosforli qurollar, urush uchog‘i bombasi, Smerch raketasi va antitank raketalardan foydalandi. Bugungacha tinch aholidan qariyb 40 kishi arman hujumlari oqibatida jon berdi. Armaniston tinch aholiga qarshi hujum uyushtirish orqali tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyat sodir etmoqda. Armanlar, Boku – Tbilisi – Jayhun neft quvir chizig‘i kabi xalqaro investitsiyalarga qarshi ham terakt uyushtirmoqda.

Dunyodagi arman diasporasi har doimgidek kirli ig‘vogarchiligini davom ettirmoqda. Arman tomoni Ozarbayjonning DEASh jangarilarini olib kelganini iddio etmoqda. Ozarbayjonning DEASh jangarilariga extiyoji yo‘qligi hammaga ma’lum. Ozarbayjonda fuqarolar o‘z ixtiyori bilan jabhaga yo‘l olmoqda. Buning aksiga yoshlarni majburlab harbiy xizmatga olib ketishga uringan Armanistonning PKK jangarilarini Qorabog‘da foydalangani haqida turli ma’lumot va hujjatlar ommaviy axborot vositalariga sizmoqda.

Ozarbayjonning bu haqli kurashini himoya qilganlar bu safar hardoimgidan ham qattiqroq hayqirmoqda. Turk kengashi to‘qnashuvlar boshlar - boshlamas Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini qo‘llab – quvvatlagan mazmunda bayonotlar berdi. Bundan keyin Ilhom Aliyev tashkilot tarkibidagi davlat rahbarlariga minnatdorchilik bildirib, maktub yo‘lladi. Shuningdek TURKSOY, Turk akademiyasi, TurkPA, Turk madaniyati va me’rosi fondi kabi Turk dunyosining xalqaro tashkilotlari ham Ozarbayjonning bu haqli kurashini qo‘llab – quvvatladilar. Mintaqa davlatlaridan Afg‘oniston, Pokiston, Vengriya, Bosniya – Gertsegovina va Ukraina ham Ozarbayjonni yolg‘iz qo‘ymadi.  

Turkiya boshidan beri Ozarbayjonning yonida. Ikkala mamlakat o‘rtasida mudofaa tarmog‘ida tuzilgan shartnomalarga muvofiq ozarbayjonlik ofitserlar Turkiyada yaxshi mashg‘ulot o‘tkazdi. Turkiya ishlab chiqargan mudofaa sanoat mahsulotlarini Ozarbayjon anchadan beri xarid qilib keladi. Bu vaziyat Ozarbayjon qo‘shinining Qorabog‘dagi arman jabha chizig‘ini to‘sishida alohida rol o‘ynadi.

9 – oktabr kuni Rossiyaning tashabbusi bilan Ozarbayjon bilan Armaniston Tashqi Ishlar vazirlari Moskvada uchrashib natijada, o‘q uzishni to‘xtatish e’lon qilindi. Lekin bunga amal qilishning qanchalik murakkabligi, birinchi kundagi paymollardan ma’lum. Prezident Ilhom Aliyev, “Diplomatik yo‘llarga oxirgi marotaba, yana bir bor imkon beraylik.” deb tasdiqlagan otashkesim, armanlarning hujumni davom ettirishi bilan foydasiz qoldi. Shunday ekan Qorabog‘ muammosi uning ishg‘olchilardan qutqarilishi yo‘libilangina hal bo‘lishi mumkin.  

 

 


Tanlangan kalimalar: #Qorabog‘ , #Ozarbayjon , #Armaniston

Aloqador xabarlar