Bularni bilasizmi 39-qism

Usmoniy Imperatorligida “Paxlava lashkari” nomli davlat marosimi borligini bilarmidingiz?

1494086
Bularni bilasizmi 39-qism

 

Kunimizda sevib iste’mol qilingan paxlava Usmoniy saroyida bugungi chiroyli shaklini olgan desak to’g’ri bo’ladi. Usmoniylarda paxlavaning o’rni haqidagi ma’lumotlar Fotih sulton davriga oid. O’sha davrda To’pkapi saroyidagi oshxona daftarida mehmonlarga paxlava tortiq qilingani yozilgan.

17-asrning o’rtalarida Bitlis beyi saroyida mehmon bo’lgan Avliyo Chalabiyga ham paxlava tortiq qilingani qayd etilgan. Bu kabi ma’lumotlardan ma’lum bo’ladiki, paxlava Usmoniy saroylarida, mehmonxonalarda, ziyofatlarda va bayramlarda oliy martabali mehmonlarga tortiq qilingan va sevib iste’mol qilingan. Eng mahoratli paxlava ustalari faqat saroylarda mehnat qilgan.

Saroylarda paxlavaning ahamiyati nafaqat boylikning ramzi, balki nozik ta’bni ko’rsatish jihatidan ham muhim bo’lgan. 18-asr boshlarida an’anaga aylangan “Paxlava lashkari” marosimiga ko’ra, podsho har Ramazon oyida iltifot sifatida saroydan Yenicheri askarlariga paxlava yuborardi.

Istanbul xalqi paxlava lashkarlarini tomosha qilish uchun ko’chalarga chiqishar, podsho va askarlarga hurmat bajo keltirardi. Paxlavani Usmoniy saltanatining ramziga aylantirgan bu an’ana Yenicheri qo’shini tarqatilguniga qadar davom etgan.


Tanlangan kalimalar: #Usmoniy , #paxlava , #baklava

Aloqador xabarlar