Bularni bilasizmi-37 qism

700 ming kvadrat mertlik maydonni qamrab olgan To’pkapi saroyi dunyoning eng yirik muzeylaridan biri ekanligini bilamidingiz?

1485811
Bularni bilasizmi-37 qism

 

Istanbul zabt etilgach, Fotih Sulton Mehmetning buyrug’i bilan 1460 yillarda qurila boshlagan To’pkapi saroyi 1478 yili qurib bitkazilgan. Marmara dengizi, Istanbul bo’g’ozi va Halich o’rtasidagi tarixiy Istanbul yarim orolida joylashgan saroy taxminan 400 yil davomida Usmoniy imperatorligining boshqaruv, ta’lim va san’at markazi bo’libgina qolmay, ayni vaqtda podsholarning uyi bo’lib ham xizmat qilgan.

To’pkapi saroyi 19-asrga kelib zamonaviy talablarga javob bera olmaydigan vaziyatga kelishi bilan, 1850 yillar boshida Dolmabahche saroyi insho etilgan. Ko’p o’tmay saroy ahli Dolmabahche saroyiga ko’chib o’tgan.

1922 yili Usmoniy hukmronligiga barham berilgach, To’pkapi saroyi 1924 yil 3 aprelda Mustafo Kamol Otaturkning buyrug’i bilan muzeyga aylantirilgan. Hozirgi kunda To’pkapi saroyi o’ziga xos memoriy tuzilishi, boy kollektsiyasi va taxminan 300 ming hujjat arhivi bilan dunyoning eng yirik muzeylaridan biri hisoblanadi.



Aloqador xabarlar