Bularni bilasizmi 35-qism
Turkiyaning Hatay viloyati UNESCO tomonidan “Gastronomiya shahri” unvoniga ega ekanligini bilarmidingiz?
8000 yillik o’tmishga ega bo’lgan Hatayda ko’xna madaniyat va turli din mansublarining mavjudligi u yerga xos oshxona madaniyatining paydo bo’lishiga sabab bo’lgan desak mubolag’a bo’lmaydi. Tarixiy Ziravor yo’li va Ipak yo’li ustida joylashgan Hatay Mezopotomiya va Yaqin sharqqa ochilgan darvozadir ayni vaqtda.
Shuning uchun bo’lsa kerak, shaharning boy oshxona madaniyati asrlar davomida qo’llanilib kelinayotgan asbob-anjomlari va o’ziga xos lazzatli taomlari bilan avloddan avlodga o’tib, kunimizgacha yetib kelgan.
Hatay O’rta yer dengizi iqlimi va o’ziga xos o’simlik florasiga ega viloyat hisoblanadi. Shuning uchun bo’lsa kerak, Hatay oshxonasi turli xil sabzavotlar, zaytunyog’i va dukkakli mahsulotlarga boy.
Hatay oshxonasini boshqa oshxonalardan ajratib turgan xususiyati shuki, taomlarida turli xil ziravorlar ko’p ishlatiladi. An’anaviy usulda tayyorlanadigan taomlarini ta’tib ko’rgan kishi Hatayning nafaqat tarixiy va tabiiy boyliklarini, balki tansiq taomlarini ham unuta olmaydi.
2017 yilning iyun oyida UNESCOning Ijodiy shaharlar- Gastronomiya yo’nalishiga murojaat qilgan Hatay 2017 yil 1 noyabrda UNESCOning “Gastronomiya shahri” unvoniga muyassar bo’lgan.