Bularni bilasizmi 33-qism

Turk choyi turklarga xos tayyorlash va tortiq qilish usuli ekanligini bilarmidingiz?

1469849
Bularni bilasizmi 33-qism

 

Turk oshxonasi asrlar mobaynida Yaqin Sharq, Kichik va O‘rta Osiyo madaniyatlari ta'sirida shakllangan. Shuning uchun bo‘lsa kerak, u o‘zida turli xalqlarning, turli mintaqalarning an'analarini aks ettiradi. Turkiya, har doim kuchli qora choyi bilan mashhur. Choy va qahva tayyorlash va iste'mol qilish turk madaniyati va kundalik hayotining ajralmas qismi hisoblanadi. 5000 yillik o’tmishga ega bo’lgan choy turklarning hayotiga kechroq kirib kelgan bo’lsa-da, turk jamiyatida o’ziga xos madaniyat tashkil etgan.

Turkiyaning choy yetishtiriladigan mintaqasi, Gruziya chegarasidan mamlakatning shimoliy Qora dengiz sohillari bo'ylab, Rize viloyatigacha cho'zilgan. Rizeda asosan qora choy yetishtiriladi. Unga odatda turk choyi deyiladi. Biroq, turk choyi deganda, ko’pincha turklarga xos choy tayyorlash va taqdim etish usuliga aytiladi.

Kunimizda choyning juda ko’p xili va uni tayyorlash usullari bo’lsa ham, turk usuli choy qora maydalangan choydan damlanadi va o’ziga xos ingichka belli shisha stakanlarda iste’mol qilinadi. Turk usuli choy damlanganda ikki qavatli choynaklardan foydalaniladi. Choynakning pastki qavatida suv qaynaydi, ustki qavatida esa qora choy damlanadi. Suv qaynar ekan, uning bug’i bilan qora choy 10 daqiqa damlanadi. Tayyor bo’lgan choy ingichka belli stakanlarda yonida shakari bilan birga tortiq qilinadi.

Dunyoda choy ishlab chiqarish bo’yicha yetakchi davlatlardan biri bo’lgan Turkiyada choy tayyorlash turk madaniyatining ajralmas bir bo’lagiga aylangan. Ayni vaqtda choy madaniyati turklar uchun mehmondo’stlik ramziga aylangan desak mubolag’a bo’lmaydi.


Tanlangan kalimalar: #choy , #Turkiya

Aloqador xabarlar