Bularni bilasizmi 32-qism
Turkiyada joylashgan Kaz tog’i yonbag’rida etnografiya muzeyi joylashganligini bilarmidingiz?
Turkiyaning Balikesir viloyati Edremit tumaniga qarashli Taxtakushlar qishlog’ida o’ziga xos etnografiya muzeyi joylashgan. Ushbu muzey Taxtakushlar qishlog’ida tug’ilib o’sgan o’qituvchi Alibey Kudar tomonidan turkman madaniyatini saqlab qolish maqsadida tashkil etilgan. Muzeyda O’rta Osiyodan kunimizgacha yetib kelgan Taxtachi turkmanlarining madaniyat merosi namoyish qilinadi. Aytishlaricha, ushbu turkman qabilasi taxtaga ishlov berishga ustaligi tufayli ularga “Taxtachi turkmanlar” yoki “Taxtachilar” deb nom berilgan ekan. Muzeyda turkmanlar tomonidan qo’llanilgan chodirlar, uy asbob-anjomlari, ashyolar, turkman milliy liboslari, pul haltalari, xurjunlar va sholcha-gilamlar o’rin olgan. Qolaversa, muzey ichidagi xonalardan birida o’ziga xos san’at asarlaridan iborat galereya ham mavjud.
Muzeyda diqqat jalb etgan eng noyob eksponatlardan biri usti teri bilan qoplangan ulkan dengiz toshbaqasidir. Aslida Janubiy Amerika sohillarida yashaydigan bu toshbaqa Egey sohillarigacha kelib qoladi va 1997 yili baliqchilar qarmog’iga ilinib, nobud bo’ladi. Ushbu dengiz toshbaqasi 360 kg og’irlikda va 197 sm uzunlikda bo’lib, uning chirimasligi uchun har yili ustiga maxsus kimyoviy modda suriladi. Uning yonginasida 105 yoshli keksa dengiz toshbaqasini ham ko’rish mumkin.
Aloqador xabarlar
Yevrosiyo kun tartibi-49
Dasturimizning bugungi sonida Turkiy Respublikalar kun tartibidagi muhim voqealarga to‘xtalamiz.