O'zbekistondan xabarlar 31-qism

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan telefon orqali muloqot qildilar.

1462742
O'zbekistondan xabarlar 31-qism

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan telefon orqali muloqot qildilar.

Turkiya yetakchisi Shavkat Mirziyoyevni tugʻilgan kuni bilan samimiy muborakbod etdi.
Suhbatda ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Davlat rahbarlari joriy yil fevral oyida Anqara shahrida oʻtgan oliy darajadagi uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni keng koʻlamli amalga oshirish muhimligini qayd etdilar.
Savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlik boʻyicha qoʻshma loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida oʻtkaziladigan hukumatlararo muloqotlarga muhim eʼtibor qaratildi.
Davlat rahbari Turkiya yetakchisiga pandemiyaga qarshi kurashda koʻrsatilayotgan koʻmak uchun minnatdorlik bildirdi.

 

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni tugʻilgan kuni bilan muborakbod etdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Vladimir Putin davlat rahbarini tavallud kuni bilan chin dildan muborakbod etib, farovonlik va muvaffaqiyat tiladi.

Liderlar oʻtgan oyda Moskva shahrida boʻlib oʻtgan amaliy uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalasiga alohida eʼtibor qaratdilar.

 

Valentina Matviyenko bilan telefon orqali muloqot toʻgʻrisida

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko bilan telefon orqali muloqot qildi.

Rossiya parlamentining yuqori palatasi yetakchisi Shavkat Mirziyoyevnitavallud kuni bilan samimiy tabrikladi.

Suhbat chogʻida mamlakatlar strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qilayotgan parlamentlararo aloqalar va almashinuvlar ancha faollashgani qayd etildi.

 

Qozogʻistonning Birinchi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev telefon orqali muloqot qildilar.

Nursulton Nazarboyev davlat rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi.

Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.

 

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari telefon orqali soʻzlashdi

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Qasim-Jomart Toqayev davlat rahbarini tavallud kuni bilan samimiy qutladi.

Suhbat chogʻida ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

 

Qirgʻiziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot boʻlib oʻtdi

24 IyulkuniOʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov telefon orqali muloqot qildilar.

Sooronbay Jeenbekov Qirgʻiziston xalqi va shaxsan oʻz nomidan ShavkatMirziyoyevni tugʻilgan kuni bilan samimiy qutlab, mustahkam sogʻlik, farovonlik va muvaffaqiyat tiladi.

Oʻzaro manfaatli hamkorlikning yangi oʻsish nuqtalarini shakllantirish masalalari koʻrib chiqildi, mintaqaviy kooperatsiya va muhim infratuzilma loyihalarni ilgari surish istiqbollari muhokama qilindi.

 

Emomali Rahmon Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Tojikiston Prezidenti davlat rahbarini tugʻilgan kuni bilan samimiy muborakbod etdi.

Ikki tomonlama doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarining joriy holati va ularni kengaytirish istiqbollari koʻrib chiqildi.

 

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Turkmaniston rahbari PrezidentShavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, Oˊzbek xalqiga farovonlik tiladi.

Suhbat chogʻida davlat rahbarlari oʻzaro manfaatli amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida toʻxtaldilar.

 

Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi bosh direktori oʻrinbosari bilan muzokaralar toʻgʻrisida


Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Furqat Sidiqov Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi (KAITJ) Bosh direktori oʻrinbosari Marvan Abdulloh al-Gʻonim bilan videokonferensiya shaklida muzokara oʻtkazdi.

Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va KAITJ oʻrtasidagi moliyaviy-texnik hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Jamgʻarmaning Oʻzbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarda, xususan qishloq hududlarida uy-joylar qurish, suv taʼminoti tizimini yaxshilash va aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash sohasidagi ishtirokiga alohida eʼtibor qaratildi.

KAITJ Bosh direktori oʻrinbosari koronavirusga qarshi kurash doirasida Oʻzbekiston tibbiyot muassasalarini zamonaviy uskunalar bilan jihozlash uchun 5,6 million dollar miqdoridagi Jamgʻarma mablagʻlarini yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston tomoni taklifini qoʻllab-quvvatladi.
Muzokaralar yakunida hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan KAITJ ishtirokida turli loyihalarni amalga oshirish boʻyicha kelishuvga erishildi.


Tanlangan kalimalar: #Shavkat Mirziyoyev , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar