Bularni bilasizmi 31-qism

Tibbiyotda balchiq bilan davolash yoki peloterapiya Turkiyada keng qo’llaniladigan davolash usullaridan biri ekanligini bilarmidingiz?

1462227
Bularni bilasizmi 31-qism

 

Turkiyaning turli viloyatlarida mavjud bo’lgan kurortlar, tabiiy buloqlar, mineral suvlar tarkibida temir sulfidlar va ko’plab mineral moddalar mavjud bo’lgan shifobaxsh balchiqlari bilan ham tanga davo hisoblanadi. Ushbu kurortlarda maxsus balchiqlar va minerallarga boy sho’r suvlar bilan bemorlar dardiga davo topilmoqda.

Balchiq revmatizm, intoksikatsiya, modda almashinuvining buzilishi va turli shikastlanishlar asorati, tayanch va harakat organlari xastaliklari va qorin bo‘shlig‘ining xronik yallig‘lanishini davolashda qo‘llanilmoqda. Shuningdek, balchiq bilan davolash surunkali kasalliklarda, suyak, muskul va boʻgʻim shikastlarida, periferik nerv sistemasi kasalliklarida, qorin boʻshligʻidagi ayrim kasalliklar va yalligʻlanish asoratlarini tugatishda qoʻllaniladi.

Balchiq bilan davolash butun organizmga taʼsir qiladigan kuchli vosita boʻlib, undan shifokor koʻrsatmasi va nazorati ostida foydalanish lozim.

Balchiq bilan davolashning bemorlarga salbiy ta’siri deyarli yo’q desak ham bo’ladi. Shu sababli juda ko’plab insonlar bundan keng foydalanadilar. Hatto, xorijlik sayyohlar ham Turkiyada balchiq muolajasiga juda katta qiziqish ko’rsatmoqda. Balchiq bilan davolash yoki peloterapiya usuli keng qo’llaniladigan kurortlar asosan Turkiyaning Mug’la, Afyonkarahisar, Chanoqqal’a va Manisa viloyatlarida joylashgan.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #balchiq bilan davolash

Aloqador xabarlar