Bularni bilasizmi 30-qism

Istanbulda ishlab chiqarilgan qo’ng’iroqlar jahon musiqa industriyasida mashhur ekanligini bilarmidingiz?

1458356
Bularni bilasizmi 30-qism

 

17-asrda Ziljiyan usta tomonidan ishlab chiqarilgan qo’ng’iroqlar asrlar mobaynida o’z o’rnini saqlab kelmoqda. 1623 yili tashkil etilgan qo’ng’iroq zavodi 20 asrning ikkinchi yarmiga qadar o’z faoliyatini davom ettirgan. Zavodda ishlab chiqarilgan qo’ng’iroqlar butun dunyoda musiqashunoslarning eng asosiy cholg’u asbobiga aylangan.

1978 yili zavodning yopilishi bilan 10 yoshidan beri o’sha yerda mehnat qilgan va ishning sirlarini o’rgangan Mehmet Tamdeyer bu an’anani davom ettiradi. U “Istanbul Mehmet” emblemasi bilan ajoyib qo’ng’iroqlar ishlab chiqara boshlaydi.

Dunyoga mashhur bo’lgan “Istanbul Mehmet” qo’ng’iroqlarining o’ziga xos xususiyati shundaki, uning butunlay qo’l mehnati bilan yasalganidir. Bugungi kunda 50dan ortiq mamlakatga eksport qilingan qo’ng’iroqlar nafaqat Istanbulning, balki Turkiyaning dovrug’ini dunyoga doston qilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #qo'ng'iroq , #Ziljiyan usta

Aloqador xabarlar