Yevroosiyo kun tartibi 29 - qism

Dasturimizning bugungi sonida Ayasofiyaning takror jome’ masjidiga aylantirilishi haqida Yevroosiyoda chop etilgan ma’lumotlar haqida so‘z qilamiz.

1455670
Yevroosiyo kun tartibi 29 - qism

2020 – yilning 10 – iyuli kuni Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘anning imzosi bilan Ayasofiya muzeyi takror jome’ masjidiga aylantirildi. Covid – 19 pandemiyasiga qarshi qattiq kurashgan Yevroosiyo mamlakatlarida bu qaror keng ko‘lamli qo‘lga olindi. Mavzu haqida yuzlab axborot tarqab, tahlil qilindi. Chunki Ayasofiya, Yevroosiyo xalqlarini to‘g‘ridan – to‘g‘ri qiziqtirgan manaviy ma’baddir.

Yevroosiyoning provaslav e’tiqodiga amal qiluvchi mamlakatlarida diniy liderlar bilan ba’zi siyosatchilar nomi tilga olingan qarorga e’tiroz bildirar ekan mintaqaning turk va musulmon xalqlari qarorni katta xursandchilik bilan qarshi oldilar. Ijtimoiy tarmoqda yuz minglab sharh va tabirk so‘zlari qoldirildi. Qirg‘izistonlik bir oila yangi tug‘ilgan farzandiga “Ayasofiya” deb nom berdi.

Prezident Erdo‘g‘anning yuqorida nomi tilga olingan qarori haqidagi sharhlarda, Ayasofiyaning jome’ masjidiga aylantirilishi, “muhim burilish nuqtasi” deb baholanmoqda.

Qarorga e’tiroz bildirganlar orasida Turkiyada sekulyarizmning yo‘qolganini ta’kidlaganlar, bu e’tirozlarning diniy asosga tayanganligi va shuning uchun ham o‘zlarining qarama - qarshi vaziyatga tushganligidan bexabarlar. Ustiga – ustak o‘zlari tarixdan bugungi kungacha huddi shunday Islom ibodatxonalarini bekitgan, ularni cherkovga, muzeyga yoki boshqa davlat muassasasi binosiga aylantirgan mamlakatlarga mansublar. Oxirgi asrda ateizm siyosatini yo‘lga qo‘ygan Rossiya Kommunist partiyasining nomi tilga olingan qarorga e’tiroz bildirib, rus xalqini Turkiyaga bormaslikka taklif qilishi esa tragikomik vaziyat yaratdi.

Ba’zi rus yozuvchilar maqolalarida masala haqida haddan tashqari noto‘g‘ri ko‘z qarashlarini aks ettirdi. Ular Istanbulning fathini 11 – iyul voqealariga o‘xshashtirishgacha bordi. Tarixiy haqiqatlarning bunday emasligini aqli joyida bo‘lgan hamma yaxshi biladi. Bu yerda tarix bilan aloqali “Moskva uchinchi Rim” degan so‘zlarning keyinchalik paydo bo‘lgan shior ekanligini ham ta’kidlab o‘tish joiz.

Istanbul xalifalikning markazi deb e’lon qilingan kundan e’tiboran Yevroosiyo jug‘rofiyasida umr surgan musulmonlar haj ibodatini ado etar ekan, yo‘llari battar uzoqlashishiga qaramay Arabistonga Istanbul orqali ketishga alohida e’tibor berganlar. O‘smoniy podishohining huzuriga chiqib, Xalifa bilan birgalikda juma namozini o‘qib, Ayyub Sulton, Sulton Ahmad, Ayasofiya kabi Istanbulning eng go‘zal jome’ masjidlarida ibodat qilish, hajga ketayotgan ziyoratchilarning Istanbulda so‘zsiz amalga oshirmoqchi bo‘lgan istaklaridan biri edi. Yevroosiyo jug‘rofyasi musulmonlarining Istanbul bilan bo‘lgan aloqalari, shahardagi turli (O‘zbeklar, Buxoro v.b.) takyalar orqali amalga oshar edi. Shu jihatdan Yevroosiyo musulmonlari uchun Ayasofiyaninig ibodatga ochilishi alohida o‘ringa ega desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Turkiya oxirgi yillarda pravoslav olamida o‘z siyosatini yo‘lga qo‘ya boshladi. Mamlakatning Istanbul viloyatiga qarashli Fatih tumanidagi Fener aholi punktida joylashgan Yunon (grek) pravoslav patriarxati orqali Ukraina patriarxatining Moskvadan ajrashi, Ayasofiyaning takror jome’ masjidiga aylanishi yo‘lidagi muhim bosqichlardan biri hisoblanishi mumkin.

Pravoslav va sunniy musulmon vakillari yuz yillardan beri bitta jug‘rofyada umr surib kelmoqda. O‘zaro ta’sir, tushunmovchiliklar muqarrar bo‘lganidek birgalikda umr surishga ham majburlar. Shu o‘rinda pravoslav olamining Ayasofiyaning jome’ masjidiga aylantirilishini qabul qilishi va turli provakatsiyalarga e’tibor bermasliklari kerak. Ayasofiyaning ibodatga ochilishi Turkiya yetakchiligida turk – islom olamining o‘z istiqomatini o‘zi chizishi jihatidan fath ramzi desak adashmagan bo‘lamiz.

 



Aloqador xabarlar