Bularni bilasizmi 21-qism

Dunyoning qator davlatlarida Otaturk nomi bilan atalgan joylar va uning haykallari borligini bilarmidingiz?

1419671
Bularni bilasizmi 21-qism

 

                                        

Dunyoda katta hurmat qozongan turk qahramon Otaturkning nafaqat Yevropada, balki Hindiston, Meksika, Yaponiya, Tunis, Peru, Yangi Zelandiya va boshqa ko’plab davlatlarida haykallari qad rostlagan. Shuningdek, uning nomi qator maskanlarda barhayot yashamoqda.

Masalan, Chili poytaxti Santiagodagi istiroxat bog’ida xalqqa o’rnak bo’lishi uchun Otaturk haqida ibratli so’zlar bitilgan yodgorlik o’rnatilgan. Unda quyidagi so’zlar bitilgan: “Turkiya Respublikasiga asos solgan vatan qahramoni… Butun hayotini Turk xalqiga bag’ishladi, xalqiga o’z ruhini, otashini berdi. Uning xotirasi turk xalqida mangu mash’ala kabi abadiy yashaydi!”

Isroilning Yahud shahrida Mustafo Kamol Otaturk xotirasiga atab qurdirilgan yodgorlikda uning “Yurtda sulh, jahonda sulh” degan ibratli so’zlari bitilgan. Ushbu so’zlarning tagiga esa, Turk xalqi va Turkiyani hurmat qilgan Isroil xalqi sendan abadiy minnatdor bo’lib qoladi” ifodasi yozilgan.

Kubada ilk va yagona xorijlik davlat arbobining haykali Otaturkning haykali hisoblanadi. Ushbu haykalning ostiga turkcha va ispan tillarida “Turkiya Respublikasining asoschisi – Yurtda sulh, jahonda sulh” deb yozilgan.

2011 yili Kuba davlat vakillarining istagiga binoan, haykaltarosh Metin Yurdanur tomonidan bunyod etilgan ikkinchi Otaturk haykali esa poytaxt Gavanadagi mashhur “Puerto” ko’chasidagi istiroxat bog’laridan biriga joylashtirilgan.

 

 



Aloqador xabarlar