O'zbekistondan xabarlar 21-qism

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-may kuni Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

1418965
O'zbekistondan xabarlar 21-qism

 

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar.

 

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Qozogʻiston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sogʻlik, farovonlik va yangi zafarlar, qardosh Qozogʻiston xalqiga esa tinchlik va ravnaq tiladi.

Sardoba suv omboridagi favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish, shuningdek koronavirus infeksiyasi tarqalishining ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha yoʻlga qoʻyilgan samarali hamkorlik va amalga oshirilayotgan ishlar alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

Prezidentlar yangi xatarlar va umumiy tahdidlarni yengib oʻtish uchun yaqin hamkorlikni davom ettirish muhim ekanini taʼkidladidar.Oʻzbekiston-Qozogʻistonmunosabatlariningdolzarbmasalalarikoʻribchiqildi.Muloqotninginstitutsionalmexanizmlarinihamdaoʻzarosavdovainvestitsiyalarkoʻrsatkichlarinioshirishgaqaratilganbirgalikdagisaʼy-harakatlarnifaollashtirish, sanoat, qishloqxoʻjaligi, transportvalogistikasohalari, boshqaustuvortarmoqlardaistiqbolyoʻnalishvaloyihalarniilgarisurishzarurligialohidataʼkidlandi.

Xalqaro siyosatga oid qator masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Muloqot yakunida Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi Prezidentlari qardosh mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashda qatʼiy ekanliklarini tasdiqladilar.

Suhbat har doimgidek samimiy va doʻstona ruhda oʻtdi.

 

Xitoy elchixonasidan insonparvarlik yordami...

Joriy yilning 11 May kuni Xitoy Xalq Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi vakili Chjan Venchuan boshchiligidagi delegatsiya Sirdaryo viloyatiga gumanitar yordam olib keldi.

Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Har bir xalq millati, eʼtiqodi, irqi, tilidan qatʼiy nazar boshiga tashvish tushganda bir-biriga yordamga shoshiladi, bir-biriga koʻmak qoʻlini choʻzadi va bu millatlararo doʻstona munosabatlarda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasining “Saxovat koʻmagi” yuklangan insonparvarlik yordamini viloyat hokimining oʻrinbosari D.Madrimov va viloyat prokurori R.Masharipov kutib oldi.

Xitoy elchixonasining hamkorlari “AILE WEI FOOD” korxonasi Xan Jiangxong va Alena Pak tomonidan 2 tonna un, 2 tonna guruch, 1 tonna pista yogʻi keltirilgan oziq-ovqat mahsulotlari “Sardoba” suv omboridagi oʻpirilish oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinidan aziyat chekkan fuqarolarga tarqatiladi.

 

Jang sanʼati va yopiq inshootlardagi VI Osiyo oʻyinlari Tailandda oʻtadi.


Osiyo Olimpiya kengashi 2021-yilda Jang sanʼati va yopiq inshootlardagi VI Osiyo oʻyinlarini (AIMAG) Tailandning Bangkok va Pattayya shaharlarida oʻtkazishga qaror qildi. Mazkur musobaqada sportning 24 turi boʻyicha bahslar oʻtkaziladi.

– Biz Tailandning Milliy olimpiya qoʻmitasi va Tailand Qirolligi hukumati koʻp yillar davomida Osiyo Olimpiya harakatini faol qoʻllab-quvvatlab kelayotganini yuksak qadrlaymiz, – dedi Osiyo Olimpiya kengashining raisi shayx Ahmad al-Fahad as-Sabah. – Bu yerda 2005-yilda yopiq inshootlardagi, 2009-yilda esa Jang sanʼati turlari boʻyicha birinchi Osiyo oʻyinlari boʻlib oʻtgan edi. Tailand hamma vaqt bu musobaqalarning ommaviyligiga munosib baho berib kelgan.Ishonchimiz komilki, 2021-yilgi musobaqa ham muvaffaqiyatli oʻtadi.

Eslatib oʻtamiz, 2017-yili Turkmanistonning Ashxobod shahrida oʻtgan Jang sanʼati va yopiq inshootlardagi V Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi 24 oltin, 33 kumush, 74 bronza, jami 131 medalni qoʻlga kiritgan edi.

 

SHARH:Oʻzbekiston tashabbuslarini butun dunyo qoʻllamoqda.

 

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga global miqyosda oʻt ochishni toʻxtatishga daʼvatni qoʻllab-quvvatlagani uchun minnatdorlik maktubi yoʻlladi.

Maʼlumki, shu yil 23-mart kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish dunyo mamlakatlarini uning qurolli nizolarni toʻxtatish va koronavirusga qarshi kurash yoʻlida birlashish toʻgʻrisidagi taklifini qoʻllab-quvvatlashga chaqirdi. “Nizolarni bas qilib, hayot uchun kurashadigan vaqt keldi. Men urushayotgan tomonlarga murojaat qilaman: harbiy harakatlarni toʻxtating, ishonchsizlik va dushmanlikdan voz keching, toʻplarni jim turishga majbur qiling, artilleriya otishmalarini, aviazarbalarni toʻxtating”.

Bunday daʼvatni tinchlikni oliy qadriyat deb biladigan Oʻzbekiston birinchilaridan boʻlib qizgʻin olqishladi. Zero, qoʻshni Afgʻonistondagi 40 yildan beri davom etib kelayotgan urush olovi mintaqa xavfsizligiga, uning taraqqiyotiga tushov boʻlib kelayapti. Boz ustiga, mamlakat rahbariyati oʻz tashqi siyosatini olib borar ekan, har doim xalqaro maydondagi ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar tinch, siyosiy va diplomatik yoʻllar bilan yechish taklifini ilgari surib keladi.

Xalqaro tashkilot rahbarining chaqirigʻi bejiz ketmadi, albatta.Hatto diniy adovatga, mazhablararo nizoga ega davlatlar yangi virus pandemiyasi sharoitida qurolli nizolarga chek qoʻydi. Yamanda “qonuniylikni qoʻllab-quvvatlash” deb ataladigan arab koalitsiyasining ikki hafta muddatga mamlakatda oʻt ochishni toʻxtatish haqidagi qarori xalqaro maydonda va arab dunyosida qizgʻin olqishlandi. Shu kunga qadar tinchlik nimaligini bilmay kelayotgan Afgʻonlar qiziq voqealarning guvohiga aylanyapti.Toliblar Afgʻoniston armiyasi ortidan koronavirusga qarshi kurashga qaratilgan chora-tadbirlarda faol ishtirok etmoqda. “Tolibon”ga boʻysunuvchi hududlarda jangarilar tinch aholiga koronavirusga qarshi qanday kurashish boʻyicha maslahatlar bitilgan varaqalar, sovun va tibbiyot niqoblari tarqatmoqda. Suriyalik kurdlarning “Suriya demokratik kuchlari” koronavirus epidemiyasi ortida oʻt ochishni toʻxtatishga rozi boʻldi.

BMT Bosh kotibining tinchlik daʼvati butun koʻplab davlat va hukumat rahbarlari, mintaqaviy sheriklar, fuqarolik jamiyati va din rahbarlari tomonidan ijobiy qabul qilindi. Antoniu Guterrish Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga yoʻllagan maktubida mojarolardan nomutanosib jabr koʻrgan va pandemiya oldida yana-da zaif boʻlib qolganlar taqdiridan xavotirda ekani, tinch aholi, ayniqsa, xotin-qizlar, bolalar va marginal guruhlarni himoya qilish uchun barcha masʼul ekanini taʼkidladi. Bosh kotib shu munosabat bilan Oʻzbekistonning mintaqada jabr koʻrgan davlatlarga, jumladan, Afgʻoniston Islom Respublikasiga insonparvarlik yordami koʻrsatish borasidagi saʼy-harakatlari uchun minnatdorlik bildirdi.

Taʼkidlash kerak, Oʻzbekiston nafaqat Afgʻoniston, balki koronavirus pandemiyasidan jabr koʻrgan Xitoy, Rossiya, Eron, Qirgʻiziston, Tojikiston, Ozarbayjon va Vengriyaga insonparvarlik yordamlarini joʻnatdi, bu bilan dunyo va mintaqa taqdiriga befarq boʻlmagan davlat ekanini namoyon etdi. Buni hatto BMT Bosh kotibi ham oʻz maktubida eʼtirof etdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Shavkat Mirziyoyev , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar