O'zbekistondan xabarlar 19-qism

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-may kuni Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

1410411
O'zbekistondan xabarlar 19-qism

 

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar.

Suhbat avvalida davlat rahbarlari Sardoba suv omboridagi favqulodda hodisa bilan bogʻliq joriy vaziyatni hamda uning mamlakatlar chegaraoldi hududlaridagi oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha yaqin hamkorlikni tashkil etish masalalarini batafsil muhokama qildilar.

Prezidentlar hukumatlarga ishni muvofiqlashtirgan holda taʼminlash va yuzaga kelayotgan barcha masalalarni tezkor hal qilish boʻyicha topshiriq berdilar.

Shuningdek, ikkimamlakatlda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va uning ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarga salbiy taʼsirini kamaytirish borasida amalga oshirilayotgan samarali chora-tadbirlar qoʻllab-quvvatlandi.

Muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash masalalariga hamda koʻp qirrali hamkorlikni yana-da kengaytirish istiqbollariga alohida eʼtibor qaratildi.

Ikki davlat Bosh vazirlari boshchiligidagi Hukumatlararo qoʻshma komissiyaning faol ishini davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida, shu jumladan, Kostanay shahridagi qoʻshma korxonada avtomobil ishlab chiqarishni kengaytirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, uchinchi mamlakatlar bozorlariga chiqarish, zamonaviy transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha qator yangi dastur va loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Prezidentlar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi navbatdan tashqari sammitida erishilgan kelishuvlarga muvofiq oʻtgan sogʻliqni saqlash va transport vazirlari onlayn anjumanlarining samarali natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi.

Suhbat anʼanaviy samimiy va doʻstona ruhda oʻtdi.

 

Prezident tashrifi aholi ruhini koʻtardi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga yetib keldi.

27-aprel kuni Oʻzbekistonga Turkmaniston hududidan kuchli shamol kirib kelgan, Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida sekundiga 9-40 metrgacha tezlikda shamol esgan edi. Oqibatda bir necha fuqaro jarohatlanib, bir kishi halok boʻldi. Shuningdek, uy-joylar, avtotransport vositalari, infratuzilma obyektlari va ekin maydonlariga zarar yetdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev  zudlik bilan Buxoro viloyatiga yetib bordi. Vertolyotda Qorakoʻl va Olot tumanlaridagi holatni koʻzdan kechirdi.

Olot tumani markazida mahalliy aholi vakillari, faollar bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Davlat rahbari kechagi kuchli shamol kutilmagan va ilgari kuzatilmagan tabiiy ofat boʻlganini, odamlar turmushi, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarga salbiy taʼsir qilganini afsus bilan qayd etdi.

Oʻzbek xalqi hamjihat boʻlib, bunday sinovlarni koʻp yengib oʻtgan. Bu safar ham zarur chora-tadbirlar koʻrilib, talofat oqibatlari tezda bartaraf etiladi. Eng muhimi, ruhni tushirmay, birgalikda kurashsak, bu qiyinchiliklardan kuchli boʻlib chiqamiz, deb taʼkidladi prezident.

Turar joylar va infratuzilma obyektlarini taʼmirlash, aholiga har tomonlama koʻmaklashish boʻyicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Qishloq xoʻjaligi, iqtisodiyot tarmoqlari, jamoat xavfsizligi yuzasidan tezkor chora-tadbirlar belgilandi.

 

General Motors kompaniyasi Oʻzbekistonga tibbiy jihozlar joʻnatdi.

 

Koreya Respublikasidan Oʻzbekistonga qiymati qariyb 2 milliard soʻmlik insonparvarlik yordami sifatida joʻnatilgan tibbiy jihozlar keltirildi.

Mazkur doʻstona yordam “General Motors” kompaniyasi va Koreyalik avtobutlovchi qismlar yetkazib beruvchilar tomonidan Oʻzbekistondakoronavirusga qarshi kurashni qoʻllab-quvvatlash maqsadida taqdim etildi.

“Oʻzavtosanoat” AJning eng yaqin hamkorlari tomonidan amalga oshirilgan ushbu xayrli tashabbus doirasida Oʻzbekistonga 36 ta kardiomonitor va 25 ta portativ ultratovushli skaner yetkazildi.
“GM kompaniyasi va Koreyalik yetkazib beruvchilardan beminnat yordam tarzida Oʻzbekistonga olib kelingan bu tibbiy jihozlar insonlarning bebaho hayotini saqlab qolishda yordam beradi, deb umid qilamiz. Biz ushbu xavfli virus bilan kurashishda sizlarni qoʻllab-quvvatlab, eng yaxshi tilaklarimizni bildiramiz”, deyiladi “General Motors” xabarida.

 

Turkiya kompaniyasi Qibrayda zamonaviy uylar qurmoqchi...

 

Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatida “Invest Village” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur loyiha Qibray tumanining “Tuzel” qishloq fuqarolar yigʻini hududida amalga oshirilishi belgilangan. Uning umumiy qiymati 25 million AQSH dollariga teng. Shundan 20 million dollari Turkiyaning “Toleza Tekstil Sanayı lç ve Diş Tic.Ltd. Șir.”Kompaniyasi tomonidan kiritilayotgan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya mablagʻi boʻlsa, 5 million dollari mahalliy kichik biznes subyekti “Super Garden” MCHJga tegishlidir.

Qarorda qayd etilishicha, “Invest Village” loyihasining roʻyobga chiqarilishi natijasida zamonaviy turarjoy binolari qurilib, uning 5 foizi Toshkent viloyati hokimligiga beriladi.Shuningdek, bu yerda 100 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.

 

Prezident Sirdaryoga yetib keldi

Joriy yilning 1-may kuni soat 05:55da Sirdaryo viloyatida joylashgan “Sardoba” suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgan. Natijada Sardoba tumani Qoʻrgʻontepa aholi yashash punktiga suv kirgan.

Bunda, asosan, suv ekin maydonlariga zarar yetkazganligi maʼlum boʻldi. Qayd etish joiz, Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (FVB) va Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat quyi tizimiga (FVDT) kiruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda Sardoba tumani “Qoʻrgʻontepa” MFY suv omborining atrofidagi qator aholi yashash punktlari Mirzaobod tumaniga evakuatsiya qilindi. Xususan, “Qoʻrgʻontepa“, “Doʻstlik“, “Yurtdosh“ MFYlardan jami 11598 nafar aholi shular jumlasidandir.

Bundan tashqari, suv bosish xavfi boʻlgan “Quytosh”, “Ota yurt”, “Birlik” MFYlaridan aholisi evakuatsiya qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev zudlik bilan Sirdaryo viloyati Sardoba tumaniga yetib keldi.

Voqea joyiga respublika hukumati rahbari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati hamda Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar boshqarmalari, Milliy gvardiya (MG) va boshqa tegishli tashkilotlar rahbarlari yetib borib, evakuatsiya tadbirlarini tashkillashtirish, favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirdilar.

Mazkur tadbirlarga Sirdaryo viloyati FVBdan 430 nafar shaxsiy tarkib va 5 avtotexnika, Jizzax viloyati FVBdan nafar 120 shaxsiy tarkib, 6 ta avtotexnika, MVBRQMdan nafar 60 shaxsiy tarkib, 6 ta avtotexnika, MGdan nafar 276 shaxsiy tarkib, 43 avtotexnika hamda hududiy FVDT xizmatlari jalb etildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Sardoba , #Shavkat Mirziyoyev , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar