Yevroosiyo kun tartibi 8-qism

Dasturimizning bugungi sonida Amerika Qo‘shma Shtatlari va Markaziy Osiyo davlatlarining Tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida O‘zbekistonda C5+1 formatida bo‘lib o‘tgan uchrashuv va AQShning Markaziy Osiyo siyosati haqida so‘z qilamiz

1363033
Yevroosiyo kun tartibi 8-qism

Joriy yilning 3-fevrali kuni O‘zbekiston poytaxti Toshkentda “C1+5” formatida Tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi bovlib o‘tdi. Besh yildan, yani 2015-yildan beri bo‘lib kelayotgan ushbu yig‘ilishda AQSh, Qozog‘iston, Qirgviziston, Ovzbekiston, Tojikiston va Turkmaniston Tashqi ishlar vazirlari ishtirok etdi. Unda AQShning Markaziy Osiyo Respublikalari bilan bovlgan munosabatlari, elektr energiya, mintaqaviy xavfsizlik, xalqaro terror va ekstremizmga qarshi kurash, chegara xavfsizligi, Afg‘oniston muammosi masalalari qo‘lga olindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatga tashrif uyushtirgan AQSh Dalvat kotibi Mike Pompeoni qabul qildi.

Mike Pompeoning mintaqaga bo‘lgan tashrifining hamon ortidan AQShning 2019-yildan 2025-yilgacha mo‘ljallangan yangi Markaziy Osiyo strategiyasi e’lon qilindi. Mazkur strategiyaga muvofiq, AQSh mintaqa davlatlarining yana-da mustaqil va demokrat bo‘lishi tarafdori. Xavfsizlik va iqtisodiy aloqalarning rivojlantirilishi ham strategiyaning muhim mavzularidan biridir. AQSh Afg‘onistondagi yukini yengillashtirish uchun Markaziy Osiyo mamlakatlarining masalaga aralashishni xohlaydi. Xitoy va Rossiyani o‘rab olish uchun ham Turkistonning strategik o‘rni Vashington uchun muhimdir. Ma’lumki, Rossiya va Xitoyning kuchi va ta’siri AQSh uchun asosiy tahdid sifatida qabul qilinadi.

AQSh NATO orqali mintaqadagi davlatlar bilan xavfsizlik tarmog‘idagi hamkorligini mustahkamlamoqda. Vashingtonning mintaqadagi fuqarolik jamiyati kuchiga-kuch qo‘shishlik sa’y-harakatlari har bir mamlakatda ham kutilgan natijani bermadi. AQSh yetakchiligi shunga qaramay demokratiyani mustahkamlash va ekologik muammolarning oldini olish doirasida mintaqa davlatlarini qo‘llab-quvvatlashni davom ettirmoqda.

Oxirgi vaqtlarda AQShning mintaqa mamlakatlaridan Qozog‘iston va O‘zbekiston bilan yana-da yaqinroq faoliyat olib borish istagida ekanligi kuzatilmoqda. Nomi tilga olingan bu ikki mamlakat mintaqaning yirik davlatlari hisoblanadi. Turkmanistonning yopiq pozitsiyasi, Qirg‘iziston bilan Tojikistonning xavfsizlik masalasi jihatidan Rossiya, iqtisodiy masalalar jihatidan Xitoy ta’siri ostida qolishi AQShning har qanday sharoitda ham Qozog‘iston bilan O‘zbekistonga yo‘nalishiga yovl ochmoqda. Shu bois, Mike Pompeo avvalom bor Qozog‘istonga uchrab, Nur-Sulton va Toshkentdagi bayonotlarida AQSh kompaniyalarining ushbu mamlakatlardagi faoliyatini ta’kidlab o‘tdi. Bundan tashqari, Xitoyning nozik masalasi hisoblangan Sinjonga yaqinroq bo‘lish uchun AQSh mintaqadagi mamlakatlar bilan, ayniqsa Qozog‘iston bilan yaqin hamkorlik qilishi kerak.

Shavkat Mirziyoyevning prezident bo‘lishi bilan O‘zbekistondagi o‘zgarishlarni o‘z foydasiga o‘zgartirish maqsadida AQSh so‘nggi yillarda Toshkent yetakchiligi bilan yaqindan hamkorlik qilishga alohida e’tibor qaratmoqda. Yaqinda Mike Pompeo koronavirusga qarshi kurashda O‘zbekistonga yordam berishlarini e’lon qildi. AQShning Toshkentdagi elchisi Deniel N. Rozenblum ham O‘zbekistonga nisbatan qo‘llanilgan Jekson-Vanik qonunining bugungi kunga kelib o‘z kuchini yo‘qotganini qayd etdi. AQSh O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga emas, balki Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi uchun mehnat qilmoqda.

AQSh yetakchiligi Afg‘oniston muammosining hal qilinishi va global raqobatchi davlatlarga qarshi kuchli bo‘lishi uchun Markaziy Osiyo mintaqasidagi kuchiga-kuch qo’‘shishi kerak. Rossiya va Xitoyning mintaqadagi hozirgi ahvoli AQShning Markaziy Osiyoda samarali bo‘lishiga to‘sqinlik qiluvchi muhim omillar sifatida qo‘lga olinishi mumkin. Boshqa tomondan qaraganda, Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lgan Hindiston bilan Pokiston ham so‘nggi yillarda mintaqadan o‘rin egallash uchun Saudiya Arabistoni’y-harakatlarini kuchaytirmoqda.

Sovet ittifoqi tarqaganidan keyin Turkiya Turkistondagi birodarlarini qo‘llab-quvvatlash orqali eng katta ko‘makni ko‘rsatishga urindi. Buning natijasida Turkiyaning mintaqa davlatlari bilan bo‘lgan munosabati oliy darajaga ko‘tarildi. AQSh Markaziy Osiyoda muhim o‘rin egallab olishi uchun Turkiyaning yordamiga muhtoj.

 

 



Aloqador xabarlar