Bularni bilasizmi 49-qism

Markaziy Osiyo Turklari tomonidan yasalgan “tarhana”ning, dunyoning birinchi tayyor sho’rvalaridan ekanligini bilarmidingiz?

1316916
Bularni bilasizmi 49-qism

Markaziy Osiyo Turklari tomonidan yasalgan “tarhana”ning, dunyoning birinchi tayyor sho’rvalaridan ekanligini bilarmidingiz?

Tarhana un, qatiq, xamirturush, sabzavot va ziravorlarning aralashtirilishi, achitilishi, quritilishi va yanchilishi natijasida yasalgan an’anaviy fermentlangan don mahsulotlaridan biridir. Markaziy Osiyo Turklari tomonidan yasalgan “tarhana”ning dunyoning birinchi tayyor sho’rvalaridan ekanligi aytilib kelinmoqda. Saljuqiylar orqali Yaqin Sharq va Anado’luga olib kelingan tarhananing nomining kelib chiqishi haqida aniq ma’lumot yo’q. Uni greklar “trhana” deb ataydilar.

Tarhana so’zining asil kelib chiqishi haqida turli rivoyatlar bor. Ular orasida eng keng tarqagan rivoyat “dar hane”, o’zbek tilida so’zma-so’z tarjima qilganda “tor xona”, ma’no jihatidan tarjima qilganda esa “tor honadon” deyishimiz mumkin. Mazkur rivoyatlarga ko’ra ramazon oylaridan birida Sulton, kambag'al mahallalardan birini aylanib chiqishni xohlaydi. Iftor vaqtida birinchi duch kelgan honadonga kirib mehmon bo’ladi. Dasturxonda sho’rva va nondan boshqa hech narsa yo’q edi. Sulton sho’rvani judayam lazzatli deb topar ekan ortidan qiziqib uning qanday sho’rva ekanligini so’raydi. Honadan egasi hijolat bo’lib, “Sultonim, dar hane yani tor honadan sho’rvasi hisoblanadi. Shu bilan mehmon qila oldim xolos. Osh bo’lsin” deydi. Mana “dar hane”, “tor xona” yoki “tor honadon” deyilgan sho’rva vaqt o’tishi bilan tarhanaga aylanipdi.

Turkiyada tarhana madaniyati mamlakatning Kahramanmarash viloyatida keng tarqagan. Viloyatda tarhananing judayam ko’p turini uchratishingiz mumkin. Shuningdek Ushak, Afyonkarahisar, Malatya viloyatlari bilan Bandirma, Go’nen, Gediz, Beypazari tumanlari ham tarhanalari bilan mashhurdir.

 

 



Aloqador xabarlar