O'zbekistondan xabarlar 47-qism

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev , O’zbekistonda Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi loyihalarni ishlab chiqish sifati va amalga oshirish sur`ati sezilarli darajada ortganini alohida ta`kidladi.

1310227
O'zbekistondan xabarlar 47-qism

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o’tgan haftada Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturining vazirlar darajasidagi konferentsiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Takexiko Nakao boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni ilgari surishda O`zbekistonning etakchi va ishonchli sherigi bo`lmish ushbu nufuzli xalqaro moliyaviy institut bilan o`zaro manfaatli munosabatlar rivojlanish dinamikasini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Mirziyoyev, O’zbekistonda Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi loyihalarni ishlab chiqish sifati va amalga oshirish sur`ati sezilarli darajada ortganini alohida ta`kidladi.

Uchrashuvda o`zaro hamkorlikning istiqbollari har tomonlama ko`rib chiqildi. O’zbekistonda irrigatsiya-drenaj va avtomobil yo`llari infratuzilmasini modernizatsiya qilish, jumladan, boshqaruv tizimini takomillashtirish, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish, kadrlar tayyorlash va boshqa masalalarga doir uzoq muddatli strategik va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga e`tibor qaratildi.

Mintaqaviy miqyosdagi, avvalo, transport yo`laklarini rivojlantirish, energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish, ekologik muammolarni hal etish bo`yicha loyihalarni ilgari surish ustuvor ahamiyatga ega ekani ta`kidlandi.

Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Takexiko Nakao O`zbekiston bilan hamkorlikning bugungi darajasi va samaradorligini yuksak baholadi, shuningdek, O’zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlarni to`liq qo`llab-quvvatlashini qayd etdi.

Takexiko Nakao O’zbekistonning barqaror taraqqiyoti va ravnaqi yo`lidagi maqsad va vazifalarga erishishda bank bundan buyon ham asosiy sherik bo`lib qolish istagidaligini bildirdi.  

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 noyabr kuni Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturining vazirlar darajasidagi konferentsiyasida ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan  jahon bojxona tashkiloti bosh kotibi Kunio Mikuriyani qabul qildi.

Uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyev O’zbekistonning jahon bojxona tashkiloti bilan konstruktiv hamkorligi tobora mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Uchrashuvda  xalqaro standartlarni joriy etish asosida bojxona organlari salohiyatini oshirish, bojxona maskanlarini zamonaviy kompleks va uskunalar bilan jihozlash, huquqbuzarliklarga qarshi kurashni kuchaytirish, xorijdagi etakchi markazlarda mutaxassislar tayyorlash borasidagi hamkorlikni kengaytirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

O`zaro hamkorlikni mustahkamlash bo`yicha "yo`l xaritasi"ni birgalikda ishlab chiqish va tez fursatda qabul qilishga kelishib olindi.

jahon bojxona tashkiloti bosh kotibi Kunio Mikuriya samimiy qabul uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirib, O`zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy yangilanishlarning natijadorligini, shuningdek, Markaziy Osiyoda yaxshi qo`shnichilik va sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan siyosatni yuksak baholadi.

Kunio Mikuriya O’zbekiston bojxona organlarini isloh qilishni davom ettirishda va mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishda tashkilot bundan buyon ham ko`maklashishga tayyor ekanini bildirdi.         

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 noyabr kuni O`zbekiston islom tsivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi.

O’zbek xalqining boy o`tmishini, ilm-ma`rifat rivojiga qo`shgan katta hissasini namoyon etadigan yaxlit majmuaga tashrif buyurgan Mirziyoyev, bu yerda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Mirziyoyevga markazda olib borilayorgan ishlar haqida ma’lumot berildi, Mirziyoyev shuningdek markaz barpo etilgach namoyish etiladigan eksponatlarni ko’zdan kechirdi.

Mirziyoyev tashabbusi bilan Toshkentning qoq markazida qurilayotgan markaz, qariyb ikki gektar maydonda qad ko`tardi. Uch qavatli binoning to`rt tomonida 34 metrlik peshtoqlar qurildi. Binoning simmetrik markazida ulkan sharqona gumbaz o`rnatiladi.

Birinchi qavatda muzey ombori, qadimiy qo`lyozma va osori-atiqalarni saqlash hamda restavratsiya qilish xonalari, nashriyot va kitob do`konlari joylashadi.

Ikkinchi qavatdagi ulkan foye markaziga Usmon Qur`oni joylashtiriladi. Shuningdek, bu erda Islom san`ati muze

yi, 435 kishiga mo`ljallangan konferentsiya zali bo`ladi. Ko`rgazmalarda O`zbekiston tarixi davrlar bo`yicha, har bir asr, har bir allomaga oid manbalar va ashyolar asosida namoyish etiladi.

Uchinchi qavatdan esa 100 minggacha qo`lyozmalar fondiga ega kutubxona, axborot-resurs markazi, ilmiy kafedralar va ma`muriy xonalar o`rin oladi.

Islom tsivilizatsiyasi markazi shu yo`nalishdagi ilmiy muassasalar uchun fundamental baza bo`ladi. Bu erda mahalliy va xorijlik mutaxassislar ilmiy tadqiqotlar olib boradi, ularning natijalari asosida qomuslar, ilmiy-ommabop to`plamlar, teleko`rsatuv, film va boshqa materiallar tayyorlanadi. O`zbekiston xalqaro islom akademiyasi o`qituvchi va talabalari ushbu maskanga kelib, bilimini mustahkamlaydi.

Markaz faoliyati bilan tanishgan Mirziyoyev, ushbu markazning asrlar davomida O’zbek xalqiga xizmat qilishi, uning har bir naqshi tarixga muhrlananishini, shuning uchun markazning bezagi, ma`no-mazmuni islomiy va ilmiy jihatdan asoslangan, chuqur o`ylangan bo`lishi kerakligini ta’kidlab, markaz bilan bog’liq butun dunyodan diniy ulamolar, islomshunos va tarixchi olimlar ishtirokida xalqaro anjuman tashkil etib, fikrlarini o`rganish, takliflar ishlab chiqish bo`yicha ko`rsatmalar berdi.

Mirziyoyev, jumladan shunday dedi:

         



Aloqador xabarlar