Kun tahlili 37-qism

Usmoniy davlatiga qanday ko’z qarashda bo’lishlik masalasi har doim munozaralarga yo’l ochib kelgan.

Kun tahlili 37-qism

Ba’zan qandaydir bir muammoni hal qilishlik uchun to’g’ri bo’lishlik yetarli emasdir. Usmoniy davlati tomonidan bizga qoldirilgan meros ham huddi shunday turdagi masalalardan biridir.  Usmoniy davlatiga qanday ko’z qarashda bo’lishlik masalasi har doim munozaralarga yo’l ochib kelgan. Oxirgi marotaba Livan Davlat rahbari Michel Aoun, Livanga asos solinishining 100-yilligida, fransuzlarning qo’llab-quvvatlashi bilan mustaqilliklarini qo’lga kiritganliklarini ifoda etgan holda, Usmoniy davlatini, davlat terroriga qo’l urganlikda aybladi. Bunday ayblovlarni ba’zan G'arb davlatlari adabiyoti va ba’zi Arab davlatlarining darsliklarida ham uchratish mumkin.

Ha, albatta. Roppa-rosa 600 yil hukm surgan bir davlat va u davlat yo’lga qo’ygan siyosat hech shubhasiz bir necha jihatdan tanqid qilinishi tabiiy holdir. Lekin imperialist davlatlarga qarshi bemalol yo’lga qo’yila oladigan bosib olishlik, turli etnik guruh va madaniyatlarga qarshi tazyik o’tkazish ayblovlari Usmoniy davlati uchun ochiq-oydin tuhmatdir. Turkiya xalqining ba’zi qismlari aksincha Usmoniy davlatini mamlakatdagi turli etnik guruhlarga qarshi assimilyatsiya siyosati yo’lga qo’ymaganligi uchun tanqid qilib kelmoqda. Ular fikricha bunday siyosat yo’lga qo’yilganida edi, Usmoniy davlati tomonidan boshqarilgan hudud, bugungi kunda ham turk va musulmon tuprog’i bo’lib qolaverardi. Britaniya va Fransiya tomonidan boshqarilgan xalqlarning bugungi kunda shu mamlakatlarning mahalliy xalqlaridek fikr yuritib, ular kabi ko’z qarashga ega bo’lib qolganligini  e’tiborga olsak unda bu iddioning asossiz emasligini fahmlash unchalik ham murakkab emasdir. Lekin shuni aytib o’tish joizki Usmoniy davlatining bunday siyosatlarni yo’lga qo’ymasligi, uni imperialist kuchtagi davlatlardan ajratgan muhim unsurlardan biridir.

Uzoq vaqtgacha Usmoniy davlati tarkibida umr surgan hududlarning ko’pchiligi bugungi kunga kelib qon ko’liga aylandi desak mubolag’a bo’lmaydi. Usmoniy davlati Bolqon davlatlarini, Yaqin Sharqni, Afrikani bugungi kunda uchratish imkonsiz bo’lgan turli din va madaniyatga bo’lgan hurmat va tinchlik ichida boshqardi. Buning eng konkret ifodasi Usmoniy yetakchiligi ostida umr surgan hammaga o’z tili, madaniyati va dini bilan yashay olish imkonining berilganligidir. Eng e’tiborli tomoni shundaki ular Usmoniy davlati tarkibidan chiqqanidan keyin ham o’z yo’lini shunday davom eta olishidir. Usmoniy davlatining bag'rikengligi adabiyotlarda Pax Ottomana degan nom bilan ma’lumdir. Usmoniy davlati tomonidan o’z tarkibidagi turli etnik guruhga ko’rsatilgan samimiy munosabat, Amerikaning kashfiyotidan keyin Amerikaning mahalliy xalqiga bo’lgan muomala, mahalliy xalqining dini, tili va madaniyatining yo’q qilinishi; Britaniyaning Hint Alt qit’asida faqatgina qariyb 150 yil bo’lishiga qaramay, nomi tilga olingan hududlarda asos solingan davlatlarning rasmiy tilining ingiliz tili bo’lishi bilan solishtirilganida haqiqat yana-da yaqqolroq o’rtaga chiqadi.

Agar iddio etilganidek bir necha g’arblik imperialist davlatlaridek Usmoniy davlati ham tazyik o’tkazuvchi tusda siyosat yo’lga qo’yganida edi unda Livan Davlat rahbari nomining buguni kunda  “Michel Aoun” bo’lishi va xristian dinini yoqlashi judayam murakkab vaziyatga aylanardi. O’ziga o’xshab livanlik bo’lgan va xristian diniga mansub bir necha ajoyib asarning yozuvchisi Amin Maaloufning imperialist davlatlari va Usmoniy siyosatini solishtirish degan ma’noni ham anglatuvchi quyidagi so’zlarni, Livan Davlat rahbarining so’zlariga javob beradigan mohiyatdadir:

“Har bir dinda bag’rikenglik bor. Lekin bir-biriga raqib bu ikki dinni solishtirib ko’rgudek bo’lsak unda islom dini yomonga o’xshamaydi. Moboda otalarim, musulmon armiyasi tomonidan fath etilgan davlatlardan birida xristian bo’lish o’rniga xristianlar tomonidan fath etilgan davlatlardan birida musulmon bo’lganlarida edi unda ularning diniy ishonchlarini saqlab, o’n to’rt asr davomida qishloq va shaharlarda yashashni davom eta olishliklarini tasavvur qilolmayman. Haqiqatdan ham Ispaniyadagi, Sitsiliyadagi musulmonlarga nima bo’ldi? Yo’qolib ketdi. Chunki bitta qoymay qatl qilindi. Badarg’a yoki xristian dinini qabul qilishga majbur qilindi”.  

Isroillik tarixchi, professor, oxirgi yillarning mashhur yozuvchisi Yuval Noah Harariyning Hürriyet gazetasidagi maqolasida foydalanilgan ifodalar ham, Pax Ottomanani, Usmoniy tinchligini, bag’rikengligini ochiq-oydin o’rtaga qo’ymoqda: O’rta asrda Yevropada bag’rikenglik degan tushunchaning o’zi bo’lmagan… 1600-yillarda Parijda hamma katolik edi. Shaharga protestantlardan biri kirsa o’ldirar edi. Londonda hamma protestant edi. Shaharga katoliklardan biri kirgudek bo’lsa u ham o’ldirilardi. Ana shu vaqtlarda Yevropada yahudiylar badarg’a qilinardi. Hech kim musulmonlar bilan yashashni xohlamasdi. Holbuki huddi ana shu davrlarda Istanbulda turli mazhablardan musulmonlar, katoliklar, armanlar, pravoslavlar, greklar, bolgarlar yonma-yon, tinch-totuv yashar edilar”.

Usmoniy davlatiga qo’yilayotgan ayblovlarga qarshi yuqoridagidek yoki shunga o’xshash javoblar berilishi mumkin. Lekin asl masala bu emas. Asl masala imperializmning, “Bol, parchala va boshqar” degan strategiyasidir. Necha asrlardan beri parchalashlarning oldining olinishi va tinchlikning ta’minlanishida eng muhim qadriyatlardan biri bo’lgan islom dinining, bugungi kunga kelib referans qadriyat sifatida qabul qilinib, qilinmasligidir. Usmoniy davlatining parchalanishi ortidan Usmoniy geografiyasidagi mamlakatlar shu jumladan Bolqonlar, Yaqin Sharq va Afrika ham parchalanmoqchi. Mikro darajada tashkil topgan yoki tashkil etilgan etnik, diniy, madaniy va milliy jihatdan yuqorida nomi tilga olingan geografik hududlar yana parchalanmoqchi. Bolqonlardagi, Yaqin Sharqdagi va Afrikadagi urushlarning, yangi chegara chizib chiqish amaliyotlari shuni anglatadi.   

Shuning uchun ham Usmoniy davlatidan bizga qoldirilgan merosni baholash, o’tmishga oid masala emasdir. Bugungi kun va kelajak uchun tashlanadigan shaxdam qadamdir. Usmoniy va Respublika davrida yashagan olimlar, siyosatshunoslarning ko’pchiligi, g’arbliklashish virusi tufayli bu borada imtihondan yaxshi o’tolmadi. G’arbliklashish orqali o’z xalqidan, an’analaridan, qadriyatlaridan uzoqlashgan olim va siyosatshunoslar, G’arbda ishlab chiqarilgan va Usmoniy davlatini parchalagan fikrlarning figuranti bo’ldi. Bugungi kunda Usmoniy geografiyasidagi boshqa davlatlarning g’arbliklashish suzgichidan o’tgan olimlarning va siyosatshunoslarning Usmoniy davlati va o’z xalqiga bo’lgan ko’z qarashi ham huddi shu vaziyatdan farqli emasdir.

Holbuki Bolqonlar, Yaqin Sharq va Afrikadagi bugungi vaziyat o’tmishdan farqli emasdir. Bu mamlakatlar parchalinsh xavfiga yana-da yaqin. O’z xalqidan, tarixidan, an’anasidan uzoqlashgan olim va siyosatshunoslarning o’z yurtlarini yetaklaydigan nuqta, o’z xalqini yana-da parchalaydigan yerlardir. Shuning uchun ham imperialist maqsadlarni oldindan fahmlab, o’tmishga va bugunga tarixi, xalqi va mintaqasi bilan birgalikda, tinchlik ichida qarashi kerak.

Olimlar, ziyolilar, siyosatchilar, har bir mintaqaning donishmandlaribir xil ko’z qarash bilan mintaqaning yana-da parchalanishiga, bo’linishiga qarshi chiqishi kerak. Buni siyosiy maqsadlar uchun e'tiborsiz qoldirmaslik darkor. Tashqaridan kelgan parchalovchi mazmundagi emas, o’z tarixi, an’anasi va madaniyatini o’z ichiga olgan hammani toplaguvchi fikrlar qidirilishi kerak. Aks holda mintaqa davlatlari va insonlari, yana-da parchalanib, bir-biriga kiradi. Eng yomoni imperializmning o’yinchog’iga aylanadi.

Poytaxt Anqaradagi Yildirim Beyazit nomidagi universitetning Siyosiy fanlar fakulteti dekani professor doktor Kudret Bulbulning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.



Aloqador xabarlar