Turk oshxonasi 29-qism

Dasturimizning bugungi sonida tarixi Bolqonlar va Albaniyaga borib qaralgan, keyinchalik u yerdan Usmoniy oshxonasiga kirib kelgan o’ziga xos taomlardan biri “Elbasan tava” retseptini beramiz.

1239794
Turk oshxonasi 29-qism

 

                                   

Hurmatli tinchlovchilar! Turk oshxonasi dasturining yangi sonida yana uchrashib turibmiz. Tarix mobaynida bir qancha madaniyatlarga mezbonlik qilgan Anadolu ko’xna tarixiy va madaniy boyliklarga ega. Bu esa tabiiy ravishda oshxona madaniyatiga ham ta’sir ko’rsatgan. Shu sababli Turkiyaning shimoldan janubigacha, sharqidan g’arbigacha turli xilma-xil taomlarni uchratish mumkin.  Turkiyaning janubi sharqida arab madaniyatidan ta’sirlanganligiga guvoh bo’lasiz. Chunki, u yerlarda ko’pgina ziravorli taomlar pishiriladi. Mamlakatning g’arbida esa, Bolqonlardan va O’rta yer dengizi minntaqasidan ta’sirlanganligini kuzatish mumkin.

Dasturimizning bugungi sonida tarixi Bolqonlar va Albaniyaga borib qaralgan, keyinchalik u yerdan Usmoniy oshxonasiga kirib kelgan o’ziga xos taomlardan biri “Elbasan tava” retseptini beramiz.

 

Keling endi Elbasan tava uchun kerak bo’lgan masalliqlar nimalardan iborat, bunga quloq solaylik.

 

4 osh qoshiq saryog’

2 osh qoshiq kungaboqar yog’i

1 kg suyakli qo’zi go’shti

10 dona arpajik piyoz

½ choy qoshiq tuz

2 stakan qatiq

2 dona tuxum sarig’i

½ stakan un

1 choy qoshiq qizil qalampir

½ choy qoshiq murch

1 stakan suv

 

Endi navbat taomni pishirishga. Avvalo qozon qizdirib olinadi, saryog’ va yog’ solinadi. Qizigan yog’ga go’sht solinadi va yaxshilab qizaqtirib olinadi. So’ngra, arpajik piyoz ya’ni mayda piyozchalar to’rg’almagan holda ilova qilinadi. 2-3 daqiqa qovuriladi. So’ngra ustiga issiq suv va tuz ilova qilinadi.

Go’shtlar yaxshilab pishishi uchun past olovda 1 soat dimlab qo’yiladi. Go’shtlar pishar ekan, bir tomondan laganchaga qatiq, tuxumning sarig’i, un va suv ilova qilinib yaxshilab aralashtiriladi. So’ngra, 1 soat pishirilgan go’shtlar suyaklardan ajratiladi va piyozlar bilan birga duxofka listiga teriladi. Ustiga murch va qizil qalampir sepiladi. So’ngra go’shtlarning ustiga qatiq, un va tuxumdan tayyorlangan qorishim hamma tomonini qoplaydigan shaklda to’kiladi. 180 C da isitilgan duxofkaga solinib, usti qizargunicha taxminan 25 daqiqa pishiriladi.

Mana Elbasan tava ham tayyor bo’ldi. Unday bo’lsa sizlarga yoqimli ishtaxa!

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #taom , #turk oshxonasi , #Elbasan tava

Aloqador xabarlar