Xitoyni, qanday yoki qay jihatdan qo'lga olishimiz kerak?

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an iyun oyining oxirida Yaponiyada o’tkaziladigan G-20 sammitida ishtirok etkanidan keyin rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasida bo’ladi.

Xitoyni, qanday yoki qay jihatdan qo'lga olishimiz kerak?

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an iyun oyining oxirida Yaponiyada o’tkaziladigan G-20 sammitida ishtirok etkanidan keyin rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasida bo’ladi.  

Qachon oliy darajali rasmiy tashrif haqida gap ketsa Xitoy ommaviy axborot vositasini bilmaymanu lekin Turkiyada Xitoyga qarshi nimalardir kun tartibiga olib chiqilmoqda. Ulardan ko’pchiligi uyg’urlar masalasidan iborat.

Uyg’urlar masalasi haqida ommaviy axborot vositalarida kun tartibiga olib chiqilganlarning qay daraja to’g’ri, qay darajada G’arb ommaviy axborot vositalari ta’siri ostida qolganligi yoki qanchaligining Turkiya-Xitoy munosabatlariga ziyon yetkazish maqsadida ekanligini ochiqchasi bilmayman lekin bularning hammasining Xitoy haqida, jiddiy ravishda chigallikka yo’l ochkanligi aniq. Shuning uchun dasturimizning bugungi sonida nozik va murakkab masala bo’lishiga qaramay yana-da keng ko’lamli Xitoyning qanday qo’lga olinishi kerakligi masalasiga to’xtalishni to’g’ri deb topdim. Chunki bu chigallik na Turkiyag, na Xitoyga, na uyg’urlar masalasiga ijobiy hissa qo’shayotgani yo’q. Faqatgina butun tomonlarda shubha uyg’otmoqda, hatto shubhalarni orttirmoqda.

Poytaxt Anqaradagi Yildirim Beyazit nomidagi universitetning Siyosiy fanlar fakulteti dekani professor doktor Kudret Bulbulning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qilamiz.   

Shu yilning 12-iyunidan boshlab 20-iyunigacha Xitoyning Anqaradagi elchixonasining taklifi va Eron Tadqiqot markazining uyushtiruvi bilan, ba’zi axborot-analitik markaz rahbarlari, akademik va ommaviy axborot vositasi vakillaridan iborat yetti kishilik bir guruh Xitoyda bo’lib qaytdik. Shu doirada Xitoyda nufuzli axborot-analitik markazlari, davlat xodimlari bilan Pekin, Shanxay, Hangzhouda uyushtirilgan ijtimoiy dasturlardagi shaxsiy kuzatuvlarimni siz bilan bo’lishmoqchiman.

Umumiy olib qaraganda: Xitoy 1.4 milliard doimiy aholi soni jihatidan dunyoning doimiy aholi sonining 20 foizini tashkil etadi. Umumiy maydoni dunyoning ba’zi mamlakatlarining maydoniga qaraganda yana-da yirikroqdir.

Xitoyda birinchilardan bo’lib e’tiborimizni o’ziga tortgan masalalardan biri daromad taqsimotidir. Xitoy daromad taqsimotlarida ma’lum nisbatni qo’lga kiritgan. Bu vaziyat eng asosiy infratuzilma muammolarning yirik qismini hal qilgandek. Chunki biz borgan nuqtalarda kishi boshiga tushgan 10 ming dollarlik daromat o’zini yaqqol ko’rsatmoqda. Yo’llar, infratuzilmalar, mashinalar, magazinlar, markalarda bu vaziyatni kuzatish mumkin.

Pekin va Shanxayda o’zingizni unchalik ham Xitoyga kelgandek his qilmaysiz. Chunki biz tilga olgan shaharlar Yaponiya yoki G’arb davlatlari joylashgan shaharlardan farqli emas. Balki qishloqlarda bu yana-da keskin his qilinishi mumkin. Dunyoning ba’zi davlatlarida tez-tez duch kelingan va rejasiz, keldi-ketti qurilgan shaharlarni Xitoyda, biz borgan nuqtalarda unchalik ham uchratmadik.

Undan tashqari dunyoning ba’zi davlatlarida shaharning qoq markaziga xanjardek sanchilgan, tarixiy tuzilishi, xususiyatini, o’zligini, iqlimini buzgan baland binolar Xitoyda unchalik ham ko’zga tashlanmaydi. Keng  keng yo’llar, kattakon bog’lar, baland daraxtlar, keng va yam-yashil ko’kalamzor maydonlar, tartibli tuzilgan arxitekturasi, baland binolarning, insonlarning ustidagi yomon tushlarni bartaraf qilmoqda. Baland binolar degan tushuncha mamlakatning bir necha nuqtasida shaharlardan chetlatilar ekan arxitekturasi, tabiati va atrof-muhiti bilan o’ziga xos dizayn qilinganligi uchun Pekin va Shanxayda shahar chiroyiga chiroy qo’shmoqda.

Doimiy aholi soni ko’pligi tufayli Xitoy ham Hindistondek gavjum bo’lsa kerak degan fikrda edik lekin unday emas ekan. Ko’chalarda insonlar soni Istanbulga qaraganda kamroq. Roppa-rosa 25 millionlik Shanxay va 22 millionlik Pekinning farqi Istanbul va Anqaradek desak mubolag’a bo’lmaydi.

Xitoyda jadal rivojlanish natijasida paydo bo’lgan kamchiliklardan biri standartlashish masalasidir. Ayniqsa xizmat tarmog’ida ajoyib dasturlar yo’lga qo’yilgan. Albatta buning aksiga duch kelish ham mumkin.

Jadal rivojlangan dunyoning ikkinchi yirik iqtisodiyoti: Xitoy bugunig kunda AQShdan keyingi dunyoning ikkinchi yirik iqtisodiyotiga ega. Dunyo iqtisodiyotidagi ulushi 1978-yili 1.8 foizni tashkil etar ekan, 2017-yili 18.7 foizga ko’tarildi. Roppa-rosa 3.12 trillion AQSh dollari bilan dunyoning eng ko’p valyuta resursiga ega. 2018-yili 6.6 foiz o’sgan Xitoyning 2050-yili dunyoning Yalpi ichki mahsulotining 20 foiziga ega bo’lishi kutilmoqda. Bu nisbatni Hindistonning kuzatishi va AQShning uchunchi qatorda o’rin olishi tahmin qilinmoqda. Yevropa ittifoqi nisbatining 9 foizda qolishi aytilmoqda.

Mazkur iqtisodiy rivojlanish masalasining ijtimoiy hayotga ham aks etganligi ifoda etilmoqda. Xitoy Xalq Respublikasiga asos solingan 1949-yildan tashqi siyosatini e’lon qilgan 1978-yilgacha faqatgina 200 ming xitoylik chet elga sahoyat qilar ekan o’tgan yilning o’zida 130 million kishi chet elga sayohat qilgan.

Rivojlangan moddiy/ texnologik madaniyat: Texnologiya tarmog’ida Xitoynnig judayam rivojlangan davlat ekanligi aytilishi mumkin. Buni Xitoyda, kundalik hayotda kuzatish mumkin. Biz tashrif buyurgan “Huawei” nomidagi tadqiqot markazida uzoqdan turib amaliyot qilish, uzoqdan turib qishloq xo’jaligi va vositadan foydalanish kabi dizaynlarni ko’rish mumkin.

Qo’ldan boy berilgan va kim ekanligini tasdiqlovchi xususiyat, madaniyat, oitlik hissi yoki Xitoyga o’xshab zamonaviy bo’lishlikning imkoni bormi? Moddiy/ texnik madaniyat, qo’l yetkazilmaydigan darajada iroqda emas. Turkiyada ham kuzatkanimizdek qaysidir mamlakatning moddiy ko’rinishi 10-15 yil ichida butunlay o’zgarishi mumkin. Eng muhimi moddiy madaniyatni qanday yaratkanligimizdir. Uni o’zligimiz va madaniyatimizga ziyon yetkazmagan holda paydo qilishimizdir. Xitoyga borishdan avval har doim yangi super kuch sifatida tug’ilayotgan Xitoyning o’zligini yo’qotmasdan buni amalga oshirib oshirolmasligi, o’ziga xos zamonaviylik yaratib yaratolmasligi yoki dunyoning bir necha nuqtasida namunasiga duch kelingan G’arbning zamonaviylik tushunchasiga taslim bo’lib bo’lmasligi masalasi meni judayam qiziqtirgan edi. Lekin Xitoyning zamonaviy yuzini ko’rsatkan makonlarda oldingi o’ringa chiqarilgan xususiyatlarning ko’pchiligi G’arb madaniyati, g’arblik firmalar, uslub, kiyim-kechak va modalarning borligidan xabardor bo’lishlik bu qiziqishimni butunlay bo’lmasa ham ma’lum nuqtagacha yo’qotdi. Magazinlarda Xitoy madaniyatini aks ettiruvchi rasmlar yo’q desam ham bo’ladi. Xitoy super kuch bo’lishi mumkin lekin mamlakatga kirib borgan madaniy jarayonni hisobga olgudek bo’lsak unda Xitoy, o’ziga xos zamonaviylik yarata olmagandek. Bu jihatdan dunyoga bo’lgan ta’siri eng ko’p Yaponiyadek bo’ladi degan fikrdaman.

AQSh bilan savdo kurashi? AQShning Xitoy oldida 2018-yili bergan tashqi savdo kamomadi 419 milliard dollar. Trump tomonidan “o’g’irlik” sifatida baholangan bu kamomad AQSh-Xitoy savdo kurashining eng asosiy sabablaridan biridir. Xitoyning faqatgina AQSh iqtisodiyoti oldida bergan ortiqchilik, Turkiya iqtisodiyotining yarmidan ham ko’p.

Butun dunyo AQSh bilan Xitoyning savdo kurashini gapirar ekan biz uchrashuv o’tkazgan xitoyliklar buni “kurash” deb qo’lga olishlikdan o’zini tortmoqda. Bu vaziyatni yana-da kichik profilli tushunchalar bilan qo’lga olishlikni afzal ko’rmoqda. Obama davrida AQSh tomonidan oldini oluvchi raqobat, Trump davrida esa “qurshovga duch kelmoqda” degan fikrdalar. Bu vaziyatning qayergacha davom etishidan tashvishdalar. Odilona raqobatga tayyor ekanliklarini ham ifoda etmoqdalar. 800 milliard dollardan ortiq ikkilamchi savdo ekanligini, shuning uchun ham bu munosabatlarni to’xtatuvchi qadamlarning murakkab ekanligini, shu doirada Xitoy-AQSh munosabatlarining, AQSh-Eron munosabatlaridek bo’lishi imkonsiz ekanligini qayd etmoqdalar.    

Xo’sh, Xitoy super kuchmi yoki yo’q? Xitoylik rasmiylar o’zlarini super kuch deyishdan iloji boricha iroqlar. Bu vaziyat osiyoliklarga xos kamtarinlikmi yoki strategiya, uni bilolmadim. O’zlarini “super kuch” deb tanishtirmas ekan o’zlarini tanishtiruvchi boshqa tushunchalardan ham foydalanganligini uchratmadim desam ham bo’ladi. Dunyoga bo’lgan ko’z qarashlarini ifoda etar ekan, Rossiya ham doxil dunyoning hech qaysi davlati bilan ittifoqchi emasligini lekin sheriklari borligini qayd etmoqda.

Davomi bor...

Poytaxt Anqaradagi Yildirim Beyazit nomidagi universitetning Siyosiy fanlar fakulteti dekani professor doktor Kudret Bulbulning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik. 


Tanlangan kalimalar: Xitoy , iqtisodiyot , super kuch

Aloqador xabarlar