Turkiyada turizm 25- qism

Tarixi va madaniyatiga qiziqqanlarning aloqasini jalb etadigan juda ko’p asarlarni  qamramoqda. Gaziantep, tarix bo’yicha Anado’lida tashkil topgan barcha davlatlar uchun muhim bir markaz bo’lib kelgan.

Turkiyada turizm  25- qism

 

G’aziantep Turkiyaning janub sharq Anado’li hududida joylashgan bir shahar…

Tarixi va madaniyatiga qiziqqanlarning aloqasini jalb etadigan juda ko’p asarlarni  qamramoqda. Gaziantep, tarix bo’yicha Anado’lida tashkil topgan barcha davlatlar uchun muhim bir markaz bo’lib kelgan. Rim imperiyasi paytida bir chegara shahar ekan. 395- yilida imperiya bo’lingandan keyin Sharqiy Rim tuproqlarida  ichida qolib ketgan. Islomiyat  keng  tarqala boshlagandan keyin Abbosiylar hokimiyatiga o’tgan. Gaziantep va atrofi 1067- yilida Turklarining hukmronligiga o’tib,  Anado’li Saljuqiy davlati chegaralari ichida qolgan. 13- sarning o’rtalarida Mo'g'ullar tomonidan bosib olingan. Istilodan esa   Mamluk davlati tomonidan qutqarilgan. Hududda barqarorlik Usmonli   ma’muriyatining kelishi bilan ta’min etilgan. Birinchi jahon urushidan keyin ishg’olga  uchrasa ham buyuk kurashdan keyin takror Turk tuprog’iga qo’shilgan.

Gaziantep,  turli madaniyatlar   bir joyga kelib, bir-biri bilan  sintezlashgan  bir  tarixga ega. birinchi asrlardan buyon mintaqada jamiyatlarning izini va asarlarini  bu hududda ko’rish mumkin. Tarixiy Ipak yo’li ustida joylashgan madaniyatlarning  uchrash joyi bo’lgan. Har davr madaniyat va savdo  markazi bo’lish xususiyatini  himoya qilgan. Gaziantepda bo’lgan tarixiy asarlarning turliligi, shaharning madaniyat boyligining bir ko‘rsatkichidir. 

Gaziantepda ko’riladigan joylar boshida qal’alar joy olmoqda.  Qurilishi 2- asrga qadarga borgan Gaziantep qal’asi, Anado’lidagi eng buyuk qal’alardan biri. Viloyat chegaralari ichida Araban qal’asi, Rumkale, Tilbashar qal’asi kabi inshooti asrlarga  tayangan qal’alar mavjud.

Gaziantepning Araban tumani chegaralari ichida, Anado’li yodgorlik qabr me’morisiga  xos bo’lgan uchta  Rim davriga oid yodgorlik qabr joy olmoqda. 

Usmonli davrida,  shaharda yashagan musulmon bo'lmagan fuqarolarga xizmat bergan cherkovlar,  ular shahar funktsiyalariga va ularning joylashgan joylariga qarab, ularning  xususiyatini aniqlashda muhim vazifalar o’z zimmasiga olardi.

Kendirli cherkovi, Aziz Bedro’s cherkovi, Nizip Fevkani cherkovi shahardagi cherkovlardan bir nechtasi.

1200- yillarning boshida insho etilgan Ali Najar jome- masjidi, O’meriya jome- masjidi, 16- asrda insho etilgan Shayx Fetullah jome- masjidi va majmuasi, Eyubo’g’lu, jome- masjidi, Alaybek jome- masjidi. 17- asrga oid Shirvani jome masjidi, Qurtulish jome- masjidi, Shahardagi muhim jome- masjidlari sirasiga kiradi.

Gaziantepda, Saljuqiylar  va Usmonlilar  sivilizatsiyasi arxitekturasida  muhim o'rin tutadigan Gaziantepda ko'plab  karvonsaroy  mavjud.

Hishva Xon, Bayazxon, Budeyri Xon, Bug' Xon, Gumrukxon, Shakarxon, Tuz-Xon, Tamaki Xon, asrlar bo’yi savdo maqsadli karvonsaroylar bo’lib  yo'lovchilarning  qulay va xavfsiz kechani  tunashlarini ta'minladilar. Ayni zamonda uzoq diyorlardan kelgan tovorlar  almashtirilgan bir savdo markazi sifatida xizmat qilgan.  Gaziantepda

Usmonli arxitekturasining muhim binolari bo'lgan hammomlar  hali  hozir ham Gaziantepda  bir qismi qo'llanilmoqda.

Gaziantepga tashrif buyuradiganlar  eng muhim joylardan biri Zeugma Antik sharidir. Nizip tumanidan 10 km uzoqlikda joylashgan.   Iskandar Zulqarnaynning generallaridan  1- Selevkos Nikator tomonidan tashkil etilgan. 300- yilida qurilgan shahar san’at sohasida davrning juda  ham ilgarisida edi. Binolarni bezatib turuvchi ajoyib mozaik  plitalari dunyodagi  misollarini orqada qoldiradigan sifatda edi.

Mintaqaning faqatgina bir bo’limida olib borilgan qazuv  paytida topilganlar bu yerning  mozaika shahari ekanini ko’rsatmoqda.

Qadimgi Zeugma shahridan  chiqarilgan asarlar bugunki kunda , dunyodagi eng muhim muzeylardan biri bo'lgan Gaziantep Mozaik muzeyida namoyish etilmoqda. Dunyoga mashhur " Lo’li qizi " mozaikasi ham shu yerda namoyish etilmoqda ...

Gaziantep, har yili yuz minglab mahalliy va xorijiy turistga  mezbonlik qilmoqda. Agar siz shaharga boradigan bo'lsangiz, ta'mirlangan Antep uylariga tashrif buyurib, qadimiy kumush, mis, marmar, yemenicilik kabi mahalliy hunarmandlik mahsulotlarini sotib olishni tavsiya etamiz va mahalliy kofe, Menengichni tanovul qilishingizni tavsiya qilamiz.

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: Gaziantep , Zeguma

Aloqador xabarlar