Turkiyada turizm 22- qism

5 ming yil  o’tmishga ega,  dastlabki chog’lardan buyon madaniy jihatdan katta ahamiyatga ega markaz: Harran…

Turkiyada turizm 22- qism

 

5 ming yil  o’tmishga ega,  dastlabki chog’lardan buyon madaniy jihatdan katta ahamiyatga ega markaz: Harran…

Turkiyaning janubi-sharqiy hududida Shanliurfa  viloyatiga  44 km uzoqlikda bo’lgan  Harran Mesopotamiya bilan O’rta  yer dengizni birlashtirgan bir hududdadir, Arxeologik qazilmalardan olingan mix xatli planshetlarga ko'ra, Harran nomi 4 ming yildir o’zgarmasdan davom etib kelmoqda. Ma'lumki, bu so'z sayohat, karvon, yoki “chorraha”  ma’nosiga ham kelmoqda. Harran, ma’nosiga mos ravishda  muhim savdo yo'llarining kesishgan joyida joylashgan, Anado’li bilan Mesopotamiya o’rtasidagi tijorat oqishi minglab yidir Harran orqali amalga oshirilishi, bu tarixiy shaharda boy madaniy birikmalarga sabab bo’lgan.

Ilm-fan, san'at, xususan, falsafada muhim qadamlar qo'yilgan. Bugun dunyodagi uchta asosiy falsafiy maktablardan biri "Harran maktabi" deb nomlanadi. Birinchi chog’lardan beri mavjud bo’lgan Harran universitetida dunyoga mashhur ko’plab olim yetishgan.

 Davrning  eng katta matematika bo’yicha olimlaridan  biri bo'lgan Sabit bin Kurra, Yunon faylasuflarining asarlarini arab tiliga tarjima qilgan 800- asrlarda yashab o’tgan Sabit bin Kurra, Yana ayni davrda dunyoning oyga bo’lgan masofasini hisoblagan olim Yevropaliklar  Albatanius  deb atagan Battani; Yunon faylasuflarining  aksiga modda parchalana olgan  eng kichik parchasi ajoyib bir energiyam bilan parchalanib yirik bir shaharni yo’q qila oladigan kuchda degan    Jabir ibn Hayyan materiyaning din olimi Shayxulislom Ibn Taymiyya; dunyoga mashhur olimlardan ba'zilari Harrandagi maktablarda ta'lim olgan.

Harran universiteti ajoyib ilmiy tadqiqotlar o’tkazilgan davrda,  butun dunyoda shuhrat qozondi.

Turk-islom  davlatlariga mezbonlik qilgan  Harran, 1260-yillarda mo'g'ullar tomonidan bosib olingan va so'ngra shaharning yorqin kunlari  yakunlaydi,  kichik bir  aholi punktiga aylanadi.

Harran shahridagi 22 metr balandlikdagi xaroba , juda katta maydonni tashkil qiladi va bizga  mintaqada ming yillar mobaynida uzluksiz aholi yashash joyi ekanligini ma’lum qiladi. Unda turli davrlarga oid me'moriy qoldiqlar mavjud bo'lib, ular juda qadimgi tarixni  bizga  namoyon qiladi.

Harran qal'asi mintaqadagi eng muhim tarixiy binolardan biridir. Ushbu manbalardan ma'lum bo'lishicha, kichik bir ma'bad 11 asrda yangilangan, kengaytirilgan va  qal’a devorlari  ham qurilgan.

8-asrda qurilgan Harran ulu jome- masjidi,  Anadolida  qurilgan birinchi ibodadxona  bo’lgan  buyk jome- masjidi, birinchi hovli va eng boy tosh bezaklari bilan birinchi masjid bo'lish xususiyatlariga egadir . Vaqt o'tishi bilan kengaytirilgan masjid Anado’li  jome- masjid  arxitektura  nuqtai nazaridan muhim  bir o'rin tutadi.

Miloddan avval  Bobil davrida. 2000-yillarda oy tangrisi Singa bag'ishlangan Sin ma’badi, Rim-Vizantiya davridagi Shayb shahrining xarobalari, 12 asrda yashagan buyuk islom olimi  shayx yahya  hayot al Harani nomiga bag‘ishlanib  qurilgan jome-masjid va maqbara, mintaqadagi boshqa muhim asarlar hisoblanadi.  

 Bugunki  kunda Harranning eng ko’p qiziqqan  jihati tarixiy va madaniy xazinasi bo’lgan Harran uylaridir.

Ushbu an'anaviy uylar,  konus shaklidagi gumbazidir . Bir-birining yonida joylashgan bitta qubbalar ichki hovlida kamar bilan bog'langan bo'lib, buning ichida katta yashash maydoni mavjud.

Uylarning noyob ko'rinishidan tashqari, eng muhim xususiyati shundaki, ular yozda sovuq va qishda issiq bo’lishlari, Arxeologik va shaharsozlik bo'lgan Harran shahrida ushbu  gumbazli uylar himoya ostidadir.

Yuzlab yillik o’tmishini bugunki kunga yetkazgan  Harran, go’yo bir ertak shari ko‘rinishdagi Harran, har yili yuzlab mahalliy va xorijiy sayyoh  tomonidan ziyorat etilmoqda. 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: Mesopotamiya , Shanli urfa , Harran , Turkiya

Aloqador xabarlar