Turk oshxonasi 21-qism

Bugun sizlarga turk oshxonasining o’ziga xos taomlaridan biri “Tas kabobi” haqida ma’lumot beramiz.

Turk oshxonasi 21-qism

                                 

Hurmatli tinchlovchilar! "Turk oshxonasi" dasturining yangi sonida yana uchrashib turibmiz. Bugun sizlarga turk oshxonasining o’ziga xos taomlaridan biri “Tas kabobi” haqida ma’lumot beramiz.

Tas kabobining tarixi juda qadimga borib taqaladi. Bu tansiq taom Usmoniy oshxona madaniyatining voz kechilmas taomlaridan biri bo’lgan. Turk tilida tas - kosa demakdir. O’sha davrlarda bu taom mis kosalarda pishirilganligi uchun unga “tas kabobi” ya’ni “kosa kabobi” deb nom berilganligi aytiladi.

Hozirda uylarda asosan oddiy qozonlarda pishirilishiga qaramay, ba’zi milliy urf-odatlar namoyish qilinadigan oshxonalarda qadimgi usulda, ya’ni mis kosalarda pishirilganligini uchratish mumkin.

Ushbu kabobni pishirish juda qulay. Odatda uylarda tas kabobi kartoshka pyuresi yoki palov bilan tortiq qilinadi.

Keling endi sizlarga lazzatli tas kabobining retseptini beraylik!

 

Tas kabobini tayyorlash uchun kerak bo’lgan masalliqlar quyidagilar.

Yarim kg qo’zi go’shti
1 osh qoshiq yog’
2 osh qoshiq saryog’
1 dona mayda to’g’ralgan piyoz
1 dona sabzi
3 dona kartoshka
4 tish sarimsoq
2 choy qoshiq tomat
3 stakan issiq suv
½  choy qoshiq tuz
 va murch

 

Tas kabobini pishirish uchun avvalo qozonni past olovda qizdirib, yog’ solinadi va unga saryog’ ilova qilinadi. So’ngra qozonga kubik shaklida to’g’ralgan qo’zi go’shti solinadi. Go’sht o’rta olovda suvi tortilgunicha pishiriladi. So’ngra, maydalab to’g’ralgan piyoz ilova qilinadi va qovuriladi. Bir necha daqiqa qovurilgach, sarimsoqlar ilova qilinadi. Piyoz va sarimsoqlar yumshagach, tomat solinadi va yaxshilab aralashtiriladi.

So’ngra 3 stakan issiq suv ilova qilinadi. Suv qaynab chiqqach, katta-katta to’g’ralgan kartoshka va ayni shaklda to’g’ralgan sabzi ilova qilinadi. So’ngra tuz va murch solinadi. Qozonning qopqog’i yopilib, past olovda 30 daqiqa pishiriladi.

Mana tas kabobimiz ham tayyor! Unday bo’lsa sizlarga yoqimli ishtaxa!

 


Tanlangan kalimalar: turk oshxonasi , kosa kabobi , Tas kabobi

Aloqador xabarlar