Bularni bilasizmi 16-qism

urk lukumining dunyoda qanchalik mashhurligini, Napoleon, Winston Churcill va Picassoning bu turk shirinligi shaydolaridan faqatgina ba’zilari ekanligini bilarmidingiz?

1184114
Bularni bilasizmi 16-qism

Turk lukumining dunyoda qanchalik mashhurligini, Napoleon, Winston Churcill va Picassoning bu turk shirinligi shaydolaridan faqatgina ba’zilari ekanligini bilarmidingiz?

Lukum suv, shakar va kraxmaldan tayyorlangan an’anaviy turk shirinligidir. U rivoyat qilinishicha usmoniy turklari tilida, “tomoqqa rohat baxsh etgan” degan ma’noni anglatadi. Anadolu tuprog’ida XV asrda tanila boshlagan “lukum” XVII asrda, Usmoniy imperatorligi chegarasida keng tarqagan. Ingliz sayyoh orqali “Turkish Delight” degan nom bilan XVIII asrda Yevropada ham tanila boshladi. Avvallari asal yoki bekmes va undan tayyorlangan lukumning XVII asrda oq qand va ayniqsa kraxmalning topilib, mamlakatga olib kelinishi bilan tayyorlanish usuli va ta’mi o’zgargan.

Winston Churcill va Napoleon kabi bir necha dunyo liderining eng sevimli shirinliklaridan biri bo’lgan lukumni rassom Picasso ham konsentratsiyani orttiruvchi sifatida foydalangan.

Bugungi kunda lukumning oddiy, findiqli, pistali, yong’qoli, bodamli, kokosli, apelsinli, gul yaproqli, qulupnoyli, limonli, yalpizli, vanilyali, zanjabilli va shunga o’xshash ko’plab turlari bor.

 


Tanlangan kalimalar: #lukum , #Turk lukumi

Aloqador xabarlar