Turk oshxonasi 13-qism

Behidan tayyorlangan oddiy shirinlik tarifi!

1170066
Turk oshxonasi 13-qism

 

Mana bugungi dasturimizda taomlardan keyin taqdim etilgan mazalli “shirinlik”larning Turk oshxonasidagi o'rniga diqat qaratamiz. Turk shirinligi deganda avvalo suttan tayyorlangan shirinliklar yodga keladi. Suvoq shaklda iste’mol qilingan sutli shirinliklar, yengil bo’lgani uchun asosan issiq havolarda iste’mol qilinar ekan, mevadan tayyorlangan shirinliklar ham shunday iste’mol qilinmoqda. Mavsumiga ko’ra mevadan tayyorlangan shirinliklar o’zgarib turadi. Qish mavzusi, behi, olma, nok kabi mevalar va osh qovoq shirinligi tayyorlanilar ekan, yoz mavzumi, shaftoli, zardoli, anjir  kabi mevalar ishlatiladi. Mana bugun sizlarga “Ayva” yani behi shirinligini tafir etamiz.

 

Behi shirinligi uchun kerakli masaliqlar

3 ta behi

½ stakan shakar

1 dona dolchin

5 dona chinnigul

1 ½ stakan suv

3 osh qoshig’i qaymoq


 

Endi esa behi shirinligini pishirish vaqti keldi

Avvalo chuqur bir idishda suv to’ldirib limonda kuttirish kerak. Behilarni ikki parchaga bo’lib donagini chiqaring va behining po’chog’ini arching. Chiqarilgan donaklarni alohida ajrating, pishirganda shirinlikka rang berishi uchun foydalanishingiz mumkin. Archilgan behilarning qorarmasligi uchun, limonli suvda tursun. Dolchinni, chinnigullarni va behining donagani ham qozonga soling. Qozonga suv ham solgandan keyin qopqog’ini yopib suv qaynaguncha o’rta olovda behilar ustiga shaka solingan shaklda 1-1,5 soat pishiring. Pishgan behilarni servis idishiga soling. Sovugan ayvalarning ustiga daslab behi pishgan suvidan to’king, keyin esa 1,5 qoshiq qaymoq bilan taqdim etishingiz mumkin.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turk oshxonasi

Aloqador xabarlar