Turkiyada turizm 7- qism

Pamukkale Turkiyaning tabiiy go’zallikka ega  hududlardan biri... Hududdagi antik shahar Hieropolis bilan birgalikda 1988- yildan beri YuNESKO jahon meros ro’yxatiga kiritilib  ham madaniy hamda tabiiy meros sifatida qabul qilinmoqda.

1142897
Turkiyada turizm 7- qism

Pamukkale Turkiyaning tabiiy go’zallikka ega  hududlardan biri... Hududdagi antik shahar Hieropolis bilan birgalikda 1988- yildan beri YuNESKO jahon meros ro’yxatiga kiritilib  ham madaniy hamda tabiiy meros sifatida qabul qilinmoqda.

Pamukkkale, Turkiyaning g’arbida, Egey hududining  Denizli viloyatining chegaralari ichida joy olmoqda. Chaldag’ining janub tomonidan oqib   kelgan kaltsiy oksidini o’z ichiga olgan suvlardan  tashkil topgan muhtasham oq travertenlar bilan  ajoyib bir go’zallikka ega...

 

Pamukkale  travertenlar 2700 metr masofada va 160 metr balandlikda... Shu bois  porloq oq rangi bilan kilometrlar uzoq  masofadan hatto ko’riladi. 

Denizliga 2 kilometr. Masofada bo’lgan hu soha, bundan  tashqari turli kasalliklarga yaxshi ekanligiga ishonilgan shifo baxsh suvlari bilan mashhur. Issiqligi 35-36 daraja bo’lgan beshta suv manbai mavjud. Hududdagi Hierapolis shahri, antik asrlardan beri bo’lib bugungacha yetib kelgan ajoyib markazlardan biri hisoblanadi.

Unda kech yunon va erta Xristian davrlariga oid  qoldiqlarni  qamramoqda.

Antik shahar miloddan oldin 2- asrda Bergama Qirollaridan 2- Eumenes tomonidan qurilgan, nomi Bergamaning asoschisi bo’lgan  Telephosning rafiqasi Heiraning nomi qo’yilgani gumon qilinmoqda.

Xristianlikning tarqalishida  muhim roli bo’lgan Hierapolis, ayn paytda isoning o’n ikki havoriylardan biri bo’lgan Aziz  Flippus o’ldirilgan shahar hisoblanadi.  

Shu bois miloddan so’ng 4- asrda uning xotirasiga din markazi deb e’lon qilingan.

Keyin Sharqiy Rim imperiyasiga o’tib va Episkopiya markaziga aylandi. Manbalarga ko’ra Hieropolis, vaqtida metall va toshni qaytadan  ishlab va to‘qimachilik matolari bilan mashhur bir shahardir... 

Betakror tabiiy go’zallikka ega Pamukkaleni va antik shahar Hieropolisni ziyorat qilsangiz, hududdagi shifobaxsh suvlardan foydalanmasdan, oppoq travertenlar ustida quyoshning botishini  tomosha qilmasdan,  yaqinlaridagi go’rlar va favvoralarni ko’rmasdan qaytmang.

Bundan tashqari mashhur to'quv matolaridan va mahalliy lazzatlardan  go’shtli non (Pide)  va kaboblardan  tatib ko’rishingiz albatta ki   tavsiya qilamiz.

 


Tanlangan kalimalar: #Pamukkale , #Denizli , #Turizm

Aloqador xabarlar