Turk oshxonasi 5-qism

Sarma Turkiyada ham gosht bilan ham go'shtsiz tayyorlangan bir taom.

1134112
Turk oshxonasi 5-qism

 

Dunyoning ko’plab joyida insonlar sabzalarning ichini to’ldirgan holga taomlar tayyorlaydi. Kimi, O’rta va Janubiy Amerikada bo’lgani kabi makkajo’xori va banan po’chog’ini, kimi uzoq sharqda bo’lgani kabi palma yoki bambu bargininig ichini to’ldirib taom tayyorlaydi. Turkiyada ham deyarli barcha sabzalarning ichi doldirilgan holda taomlar pishiriladi. Baqlajondan artishokka, karamdan pomidorga, qalampirdan kabachkaning ichini to’ldirib pishiriladi. Zotan ko’p tillarda  “dolma yohud dolmades” deb aytilgan turkchada “o’ramoq” ma’nosiga kelganini ham aytish joiz. Bu taomlarning deyarli hammasiga “dolma” bar, karam, turp bargining ichiga nachinka solib o’rlagan taomlarga “sarma” deyiladi.

 

Go’shtli barg dolmasi uchun kerakli massaliqlar quyidagicha;

250 gram tuzlangan uzum bargi

 

Nachinkasi uchun;

1 ta mayin to’g’rangan piyoz

250 gram qiyma

1 suv stakani guruch

2 osh qoshig’i mayda to’g’rangan petrushka

1/2 choy qoshig’i tuz

¼ choy qochig’i murch

 

Pishirish uchun:

1 osh qoshig’i tomat pastasi

3 osh qoshig’i zaytun moyi

1,5 suv stakani qaynoq suv

1/2 choy qochig’ tuz

 

 

Endi esa go’shtli sarmalarni tayyorlashga o'taylik;

Namakobdan chiqarilgan uzum bargini, tuzining ketishi uchun issiq suvga 5 daqiqa solib qo’yish kerak. Tuzi ketgan bargni suvdan chiqarib sovuq suvda yuviladi.

 

Mana sarmaning nachinkasini tayyorlash uchun, piyoz, yuvilgan guruch va qiymani bir idishga soling. Petrushka, murch va tuzni ilova eting. Idishdagi massaliqlarni qorishrtirish uchun qo’l bilan yo’giring.

 

Endi esa barg sarmasini o’rash vaqti;

Uzum bargini stolni ustiga yoyib, bagrning o’rtasiga bir choy qoshig'i nachinka qo’ying. Bargning atrofini qatlab, rulet  shaklida oraysiz.

 

Mana tayyor barg sarmalarini bir zoqonga zich qilib terib chiqing. Ikki qavat uch qavat qancha bo’lsa.

Bir kosada aralashtirgan issiq suv, o’simlik moyi, tomat pastasi va tuzni qozondagi sarmaning ustiga soling.

Qozonning qoqog’ini yopib past olovda 40 daqiqa atrofida pishiring. Issik yohud iliq istasangiz ustiga qattiq solib iste’mol qilishingiz mumkin.

 

Yoqimli ishtaha

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turk oshxonasi

Aloqador xabarlar