O'zbekistondan xabarlar 3-qism

O`zbekiston Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Koreya Respublikasi Adliya vaziri Pak Sang Gi bilan uchrashdi.

1127575
O'zbekistondan xabarlar 3-qism

O`zbekiston Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Koreya Respublikasi Adliya vaziri Pak Sang Gi bilan uchrashdi.

Pak Sang Gi boshchiligidagi Koreya Respublikasi delegatsiyasi O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining adliya sohasidagi keng ko`lamli islohotlar jarayonida faoliyati bilan tanishish, tajriba almashish maqsadida O'zbekistonga tashrif buyurdi.

Tomonlar hamkorlikni yana rivojlantirish, xususan, korruptsiyaga qarshi kurash, qonun hujjatlarni ishlab chiqish va ekspertiza qilish, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish, xususan, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va investitsiya iqlimini yaxshilash, yuridik xizmatlar sifati va tezkorligini oshirish sohasidagi masalalarni muhokama qildi.

2017 yilning 23 noyabrdagi ikki mamlakat Adliya vazirliklari o`rtasida hamkorlik to`g`risidagi memorandumga muvofiq qo`shma loyihalarni amalga oshirish bo`yicha "Yo`l xaritasi"ni ishlab chiqish muhimligi ta`kidlandi.

Ruslanbek Davletov, Janubiy Koreyalik hamkasblarini O`zbekistonda Harakatlar strategiyasi doirasida, xususan, qonun ustuvorligini ta`minlash va sud-huquq tizimini isloh qilish sohasida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli o`zgarishlar to`g`risida xabardor qildi.

Bu yo`nalish fuqarolar, tadbirkorlar, xususan, xorijiy investorlarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklarning, ayniqsa davlat hokimiyatining barcha darajasidagi korruptsiyaning oldini olish bo`yicha chora-tadbirlarning samarasini oshirish, shuningdek, yuridik yordam va huquqiy xizmat ko`rsatish tizimini takomillashtirishga yo`naltirilgani ta`kidladi.

Koreya Respublikasi delegatsiyasi inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qonunchilikni ishlab chiqish sohasida O`zbekiston bilan o`zaro hamkorligini kengaytirishdan manfaatdorligini bildirdi.

Ochiq va konstruktiv muloqot doirasida Koreya Respublikasi Adliya vaziri Pak Sang Gi O`zbekiston adliya organlari va muassasalari faoliyatidagi ijobiy o`zgarishlarni yuqori baholadi va ularni xalqqa yaqinlashish, faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta`minlashga imkon berishini aytib o`tdi.       

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O`zbekistonga 240 million dollar kredit ajratadi.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O`zbekenergoga davlat kafolati ostida Tallimarjon issiqlik elektrostantsiyasi uchun quvvati 900 megavatt bo`lgan gaz turbinalarini o`rnatish uchun 240 million dollargacha miqdorda kredit ajratadi.

Bu xaqda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki matbuot xizmati xabar qildi.

Yevropa banki tomonindan ajratiladigan mablag`lar Tallimarjon issiqlik elektrostantsiyasiga 900 megavatt quvvatga ega gaz turbinalarini o`rnatish hamda tegishli infratuzilmalarni yaratishga yo`naltiriladi.

Loyihaning qolgan qismi Osiyo taraqqiyot banki hamda O`zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi tomonidan birgalikda moliyalashtiriladi.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki xabarida ta`kidlanishicha, mazkur loyiha O`zbekistondagi elektr ta`minoti samaradorligi va ishonchliligini oshirishga yordam beradi va elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun yangi quvvatlarni tashkil etish bo`yicha vazifalarni hal etishga xizmat qiladi.           

O`zbekiston temiryo'l orqali barcha turdagi yuklarni olib o`tish uchun Qirg`izistonga chegirmalar taqdim etdi.

Bu haqda "Kırgız temir jolu" matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent shaxrida O'zbekiston Temir Yollari Kompaniyasi bilan "Kırgız temir jolu" milliy kompaniyasi o'rtasida xamkorlik protokoli imzolandi.

Tomonlar o'rtasida imzolangan mazkur bitimga ko'ra, O'zbekiston tomonidan "Kirgiz temir jolu" milliy kompaniyasi janubiy bo`linmasi stantsiyalaridan va stantsiyalariga yo`nalishlar bo`yicha 2019 yil uchun O`zbekiston hududi orqali yuklarni tranzit tashish bo`yicha amaldagi 30 foizlik chegirma saqlab qolindi.

Mazkur bitimga asosan, shuningdek 2019 yilga alohida tranzit uchastkalari bo`yicha 35 foizdan 40 foizgacha bo`lgan miqdorda chegirmalar xam taqdim etildi.         

O'zbekistonda "Andijon-farm" erkin iqtisodiy zonasi tashkil etildi.

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Andijon-farm" erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish to`g`risida"gi farmonni imzoladi.

Farmonga ko`ra, "Andijon-farm" erkin iqtisodiy zonasi O`zbekistonda yuqori texnologiyali farmatsevtika ishlatmalarini tashkil etish bo`yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishga investitsiyalarni faol jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ichki bozorni mahalliy dorivor o`simliklar xom ashyosini chuqur qayta ishlash asosida ishlab chiqarilgan yuqori sifatli dori vositalari bilan to`ldirish, shuningdek, Andijon viloyatining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanish asosida yangi ish o`rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Yuqori qo`shilgan qiymatli, farmatsevtika mahsulotlari va dori vositalarini ishlab chiqaruvchi zamonaviy firmalarni tashkil etish uchun eng avvalo Hindiston Respublikasi yetakchi kompaniyalarining to`g`ridan-to`g`ri investitsiyalari va ilg`or texnologiyalarini jalb etish, dorivor o`simliklar xom ashyosini qayta ishlash va tayyor dori vositalari, tibbiyot buyumlari, tibbiy texnikalar, yordamchi va qadoqlash materiallari ishlab chiqarish bo`yicha yangi zamonaviy ishlab chiqarish va quvvatlarni tashkil etish, mahalliy dorivor o`simliklar xom ashyosi va materiallari negizida farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish "Andijon-farm" erkin iqtisodiy zonasining asosiy vazifalari va faoliyat yo`nalishlari etib belgilandi.

Farmonga asosan "Andijon-farm" erkin iqtisodiy zonasida faoliyat yuritadigan muddat davomida uning hududida alohida soliq va bojxona tartiblari amal qilinishi belgilandi.

 


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Yangiliklar

Aloqador xabarlar