Jahon iqtisodiyoti 10-qism

Qora dengizdan o'tadigan gaz quvurining Turkiya jihatidan nima ahamiyati bor?

691645
Jahon iqtisodiyoti 10-qism

Rus tabiiy gazini Qoradengidan Yevropaga yetkazishni mo’ljallagan Janubiy Oqim layohasi bekor qilingandan keyin maydonga chiqgan Turk Oqimi tabiiy gaz quvur tarmog’i loyihasi, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Turkiya ziyorati chog’ida kun tartibiga kelgan edi. Uzoq muddat ikki o’lka o’rtasida davom etgan taranglik tufayli qoldirilgan loyihaning Turkiyaga gaz yetkazadigan birinchi tarmog’i bilan bog’liq ikki o’lka 2016 yili kelishuv tuzgan edi. Loyihaning Yevropaga gaz yetkazadigan ikkinchi liniyasi bilan aloqali hanuz bir kelishuv tuzilmagan edi.

Yillik Turkiyaga 14 milliard kub metr tabiiy gaz yuborgan quvur tarmog’ining 2019 yili faoliyati to’xtatilishi kutilgani uchun Rossiya gazini Turk Oqimi loyihasi bilan ta’minlash imkoni topilgandir. Loyihaning Turkiya-Rossiya qismining qurilishi 2018 yili boshlanishi nazarda tutilmoqda. Ushbu loyiha bilan Rossiya, Turkiyaga 15,75 va Turkiyadan Janubiy Yevropa davlatlariga esa 17,75 milliartd kub metr gaz eksport qilishni mo’ljallanmoqda.

Bu loyihaning Rossiya, Turkiya va Yevropa davlatlariga yangi imkoniyatlar yaratishi kutilmoqda. Yevropa nazaridan qaraganda vaziyat ancha aralash ko’rinmoqda. Yevropa davlatlari tabiiy gaz mavzusida Rossiyaga to'belikni kamaytirishni istar ekan ayni paytda boshqa yo’llar izlashga boshlagandir. Lekin boshqa alternativalar mavjud vaziyatning kun o’tgan sari ortib borayotgan gaz talabiga javob bera olmasligini ko’rsatmoqda.

Rossiya hozirgi kungacha Yevropaga G’arbi va Shimoliy tarmog’ 1 orqali gaz berayotgan edi. 2019 yil G’arbiy tarmog’dan gazning uzilishi nazarga olinganda Yevropaning Turk Oqimiga e’htiyoji bo’lishi ma’lum. Qayta ishlab chiqarilgan energiya va tabiiy gazni farqli davlatlardan import qilishiga olib kelgan va sarmoya kiritilayotgan bo’lsa ham xalqaro energiya tashkilotlari ham diqqat qaratganidek Yevropada gaz iste'mol qilish ortib bormqoda.

Boshqa tomonda Yevropa Ittifoqi va Amerika Qo’shma Shatlarining embargolariga uchragan Rossiya iqtisodiyoti salbiy ta’sirlanishga davom etmoqda. Tabiiy gaz tijoratida eng katta bozorlardan biri bo’lgan Yevropani boy bermaslik uchun Rossiya hukumati, Turk Oqimi loyihasining Yevropa qismi bilan bog’liq shartnoma tuzmoqchi. Mana Turk Oqimi loyihasi Rossiya-Yevropa o’rtasidagi taranglikni kamaytiradigan xususiyatda ekanini aytish mumkin.

Turk Oqimi loyihasiga katta sarmoya kiritgan davlat sifatida Turkiya, mavjud geografik imtiyozlaridan foydalanmoqchi. Boy energiya zaxiralariga ega Sharq bilan energiya talabi bo'lgan G’arb o’rtasida ko’prik vazifasini o’tashi, Turkiyani ishonchli bir o’lka va energiya tijoratida markazga aylanishiga olib kelmoqda.

Turk Oqimi loyihasi bilan Turkiya boshqa davlatlarning ham ishonchini qozongan ham gazni jamlagan ham eksport qilgan bir davlat bo’lish uchun izlagan siyosati soyasida energiya bazasiga aylanish bosqichiga kelgan.

Mana shuning uchun, energiya mavzusida so’z haqiga ega bo’lgan Turkiyaning mintaqada kuchiga kuch qo’shilishi kutilmoqda. Bu nuqta-i nazardan Turk Oqimi loyiha bilan birga Turkiya, energiya bozorida boshqa loyihalarga ham o’rin bermoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #jahon iqtisodiyoti

Aloqador xabarlar