Turkiyaning madaniy xazinalari 46-qism

Ag’ri tog’i etaklaridagi Do’g’ubeyazit tumanida joylashgan Ishakpasha saroyi haqida ma’lumot...

620143
Turkiyaning madaniy xazinalari 46-qism

 

Bugungi dasturimizda Ag’ri tog’i etaklaridagi Do’g’ubeyazit tumanida joylashgan Ishakpasha saroyi haqida ma’lumot beramiz.

Do’g’ubeyazit tumani Turkiyaning eng sharqiy territoriyasida joylashgan bo’lib, Eron-Turkiya, Armaniston-Turkiya chegarasida o’rin olgan. Tumanga kirib borar ekansiz, uzoqdan Ag’ri tog’iga ko’zingiz tushadi. Ag’ri tog’i dunyoda Ararat tog’i deb bilinadi. Ag’ri tog’i uch tomondan o’rab turiladi, bir tomonida Armanistonning poytaxti Yerevan shahri, ikkinchi tomonida esa, Turkiyaning Ig’dir viloyati va uchinchi tomonida Do’g’ubeyazit tumani joylashgan.

Uchala tomondan ham Ag’ri tog’ining chiroyli manzarasi ko’rinib turadi.

Tarix mobaynida ushbu hudud rimliklardan Eronliklar qo’liga o’tgan. Mo’g’ullarning Anadoluga kelib joylashgan Huloukiuylar qavmi islomni qabul qilishi bilan mintaqa ularning qo’liga o’tdi. Keyinchalik, Akkoyunlu va Qorakoyunlu turkman davlatlarining qo’liga o’tdi. Usmoniy Imperatorligi Fatih va Yovuz Sulton Selim davrida ushbu ikki davlatni mag’lub etib, Chaldiran urushi bilan kunimizgacha davom etgan turk hokimiyati davrini paydo qildi. Do’g’ubeyazit tumani Usmoniy Imperatorligiga qarashli mahalliy turkman oilasi Childiro’g’ullarining Sanjakxoni sifatida xizmat qilgan hududdir.

U yerda joylashgan Ishakpasha saroyi Ag’ri tog’ining qiymatini yanada oshiradi. Saroyni tomosha qilar ekansiz, undagi muhtasham tosh o’ymakorligi sizni hayratga soladi. Ishakpasha saroyi 1685 yili 2-Ishak pasha va Cho’lak Abdi pasha tomonidan qurdirilgan. Bu saroy 1784 yilga kelib so’ngi ko’rinishiga ega bo’lgan. Saljuqiy, Usmoniy va Eronga xos me’rosiy tuzilishga ega bo’lgan saroy asosan, toshdan qurilgan. Hashamatli saroy Saljuqiy san’atidan qator xususiyatlarni o’zida namoyon qilib turadi. Ruslarning ishg’oli paytida saroyning oltin eshigi chiqarilib, Sankt Peterburgdagi muzeyga olib ketilgan. Umid qilamizki, bir kun kelib, saroyning oltin eshigi o’z joyiga keltirib qo’yiladi.

O’tgan yillarda saroy qayta ta’mirdan o’tkazilib, hovlisining usti yopildi va bu shaklda tabiat hodisalarida zarar ko’rishining oldi olindi. Saroy hovlisiga kirilganda, avvalo salobatli jome’ga ko’ringiz tushadi.

Hovlida joylashgan maqbara diqqatingizni tortadi. Saroy egalariga tegishli bu maqbaraning yonidagi darvozadan saroyning asosiy qabulxonasiga kirish mumkin.

Salobatli taxt joylashgan ulkan zalda marmarlarga o’yib ishlangan uchta oy tasviri Usmoniylarni eslatib turadi. Hovlidan g’arbga tomon yurib borganingizda saroyning haram bo’limiga duch kelasiz.  Marmarlar tagidan issiq suv va bug’ o’tkazish yo’li bilan isitilgan saroy, ayni paytda ajoyib kanalizatsiya sistemasiga ega. O’sha davrlarda Parijdagi Louvre saroyida tualet bo’lmagani uchun karshoklardan foydalanilgan. Lekin, Louvre muzeyiga nisbatan kichik hajmda bo’lgan bu saroyda o’sha  davrlarda kanalizatsiya sistemasining borligi Usmoniylarda bir paytlar madaniyat jihatidan g’arbdan qanchalik yuqorida ekanini ko’rsatadi va bundan faxrlansa arziydi.

Ishakpasha saroyi ayni paytda, bir qal’ani eslatib turadi. Tahlika paytida saroyning bo’raro’sida joylashgan qoyalik ustiga qurilgan qal’aga saroy bilan o’rtasida bir osma ko’prik orqali o’tilgani aytiladi.

Osma ko’prikning yerdan balandligi taxminan 300 metrni tashkil qiladi. O’sha davrlarda Usmoniylarda bo’g’oz ko’prigi balandligida bir osma ko’prikning borligi ham taqdirda loyiqdir. Biron hujum bo’lgan taqdirda, saroyning dushman tomonidan bosib olinish ehtimoliga qarshi olingan bir xavfsizlik chorasidir. Bu saroy 1925 yili Yusuf Mazharning gazetaga yozgan bir maqolasi natijasida dunyoga tanilgan. Keyinchalik, saroyning tarixi haqidagi tafsilotlar 1961 yili arxeolog Mahmud Akok tomonidan ma’lum qilindi. Ishakpasha saroyi 2000 yili UNESCO dunyo madaniy meros ro’yxatiga olindi. Xorijdan Turkiyaga kelgan sayyohlar ushbu tarixiy saroyga katta qiziqish ko’rsatmoqda.

Agar yo’lingiz Turkiyaga tushsa, albatta Ag’ri tog’ini va Ishakpasha saroyini tomosha qilishni unutmang!



Aloqador xabarlar