Yevroosiyodan dolzarb mavzular 149-qism

Dasturimizning bugungi bo’limida Qirg’iziston-O’zbekiston munosabatlari haqida so’z qilamiz

606873
Yevroosiyodan dolzarb mavzular 149-qism

Aziz dasturimiz muxlislari, Qirg’iziston-O’zbekiston munosabatlari ikki mamlakat o’rtasida abadiy do’stlik shartnomasiga qo’l qo’yilishiga qaramay siyosiy, mintaqaviy va chegara muammolari tufayli oxirgi yillarda yomonlashib ketgan edi. Lekin songgi ikki oy mobaynida yuz bergan voqelarga nazar tashlagudek bo’lsak unda bu vaziyatning ijobiy o’zgarishlar tomon yo’l olganligining guvohi bo’lamiz. Shunday ekan keling, avvalom bor ikki mamlakat munosabatining qayta tiklanishiga sabab bo’lgan voqealarga nazar tashlaylik.

2016-yilning 24-iyuni kuni Toshkentda bo’lib o’tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida Qirg’iziston Prezidenti Almazbek Atambayev davrning O’zbekiston Respublikasi Prezidenti marhum Islom Abdug’aniyevich Karimov bilan uchrashdi. Ushrashuv chog’ida ikki lider ikki mamlakat hamkorligining dolzarb masalalarini qo’lga olib, mamlakatlararo iqtisodiy hamkorlikning orttirilishining ahamiyati va siyosiy muloqatni kengaytirish kerakligiga e’tibor qaratgan edi.

Avgust oyida Qirg’iziston o’zining Toshkentdagi elchisini o’zgartirdi va Daniyar Sidikov Qirg’izistonning yangi Toshkent elchisi etib tayinlandi. 3-sentabr kuni Samarqandda o’tkazilgan Islom Karimovning dafn marosimida Qirg’iziston nomidan Bosh vazir Sooronbay Jeenbekov ishtirok etdi. Dafn marosimi ortidan Jeenbekov O’zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi. Uchrashuv chog’ida Bosh vazirlar tomonidan savdo va iqtisodiy hamkorlikning kelajagi, qishloq-xo’jaligi sohalaridagi hamkorlik, chegara muammolari va transport infratuzilmasi masalasi muhokama qilindi.  

Shu yilning 15-sentabri kuni Qirg’iziston Prezidenti Almazbek Atambayev O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovni qabul qildi. Ertasi kuni esa Qirg’iz Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida, Qirg’iziston va O’zbekiston Tashqi ishlar vazirlari Erlan Abdildayev bilan Abdulaziz Kamilov uchrashdi. 

2016-yilning 1-oktabri kuni esa O’zbekiston tomonining taklifiga binoan Qirg’iziston Bosh vazirining birinchi o’rinbosari Muhametkaliy Abulgaziyev boshchiligidagi qirg’izistonlik delegatsiya rasmiy safar bilan Andijonga bordi. Ziyorat doirasida ikki mamlakatning chegaradosh uch viloyati o’rtasida o’zaro hamkorlik to’g’risidagi deklaratsiya imzolandi.  Ushbu deklaratsiya Qirg’izistonning Osh, Batken va Jalol-Obod viloyatlari hokimlari va O’zbekistonning Andijon, Farg’ona va Namangan viloyatlari hokimlari tomonidan imzolandi.

Huddi shu yilning 26-oktabri kuni esa o’zbekistonlik delegatsiya javob tariqasida rasmiy safar bilan Qirg’izistonni ziyorat qildi. O’zbekiston Bosh vazir o’rinbosari Adham Ikromov boshchiligidagi hay’at Qirg’izistonning Osh shahriga kelar ekan u yerda Qirg’iziston bilan O’zbekiston o’rtasidagi ta’lim va madaniyat sohalaridagi munosabatning mustahkamlanishi uchun memorandum imzoladilar. Ushbu ziyorat doirasida madaniy tadbirlar ham bo’lib o’tdi.  

Qirg’iz chegara soqchilari, 1-oktabrdan e’tiboran O’zbekiston chegarachilarining chegaradan o’tish tartibini qulaylashtirganligini va shuning uchun ham oxirgi kunlarda chegaradan o’tganlar sonining ikki barobarga o’sganligini ma’lum qildi.  

10-oktabr kuni O’zbekiston Markaziy saylov komissiyasi 2016-yilning 4-dekabri kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi uchun Qirg’iziston delegatsiyasini xalqaro kuzatuvchi sifatida O’zbekistonga taklif qildi.

Qirg’iziston Davlat chegara xizmati bo’limi Matbuot xizmati 18-oktabr kuni o’zbekistonlik politsiya xodimlarining O’ngartepadan chiqib ketganligi haqida ma’lumot tarqatdi.

19-oktabr kuni Qirg’iziston Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev bilan O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Toshkentda uchrashdi. Islom Hamkorlık Tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi doirasida bo’lib o’tgan uchrashuvda ikki mamlakat Tashqi ishlar vazirlari  ikki va ko’p tomonlama shakldagi O’zbekiston- Qirg’iziston hamkorligining dolzarb masalalarini muhokama qildi. Shuningdek, Qirg’iziston va O’zbekiston o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning yana-da rivojlanishi va mustahkamlanishi masalasiga to’xtaldi. Uchrashuv yakunida 2016-2017 yillarga mo’ljallangan vazirliklararo hamkorlik dasturi imzolandi.

Joriy yilning 25-oktabri kuni esa Prezident Atambayev bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev o’rtasida telefon orqali muloqat bo’lib o’tdi. Ushbu muloqat chog’ida liderlar ikki mamlakat munosabatni yana-da mustahkash borasida kelishib oldilar.

Hurmatli dasturimiz kuzatuvchilari tarixi, dini, ajdodi va kelajagi bir bo’lgan ikki qardosh xalqning o’z munosabatini mustahkamlashga bel bog’lashi mintaqa xalqi tomonidan quvonch bilan qabul qilindi. Aslida ham shunday bo’lishi kerak emasmidi? 32 millionlik aholisi bilan mintaqaning lider davlatlaridan biri hisoblangan O’zbekistonning mintaqaviy mavzularda va qo’shni munosabatida yana-da faol va yana-da konstruktiv hamkorlikni rivojlantirishi hammaning foydasiga. Oxirgi vaqtlarda yuz bergan bu ijobiy o’zgarishlar mintaqa kelajagiga umid bilan qarashimizga yo’l ochmoqda. Shuni ishonch bilan aytishimiz mumkinki O’zbekiston yuritgan bu siyosatning davom etishi mintaqaning, ayniqsa, Farg’ona vodiysining muammolarini hal qiladi. O’zbekistonning eng qisqa vatq ichida Turk Respublikalarining xalqaro tashkilotlariga a’zo bo’lib ham qardoshlarining, ham o’zining kelajagiga hissa qo’shishini tilab qolamiz.      

 

 

 



Aloqador xabarlar