Turkiya nazaridan yaqin sharq 38-qism

Tunisda barqarorlik o'rnatilmasa nima bo'lishi qayg'ulantirmoqda.

574294
Turkiya nazaridan yaqin sharq 38-qism

Arab Bahoridan keyin yakka o’zi oyoqda qolgan o’lka Tunis, juda muhim iqtisodiy va siyosiy xavflar bilan qarama-qarshi. Yangi hukumatni vujudga keltirish bilan vazifalantirilgan bosh vazir Yusuf Shahid vujudga keltirgan Milliy Birlik hukumati 26-Avgust kuni 127 ovoz bilan parlamentdan ishonch ovozi oldi. Shahid hukumati, 2011-yilgi to’ntaruvdan beri vujudga kelgan yettinchi hukumat bo’ladi. Erkin teknokratning sobiq bosh vaziri Habib Essid hukumati,  ish boshida bo'lgan 18 oy bo’yicha, asosan iqtisodiy sohasidagi muvaffaqiyatsizligi tufayli parlament tomonidan tarqatildi. Shahid tomonidan vujudga keltirilgan Milliy Birlik hukumati Tunis tarixida ko'p qirrali hukumat bo’lish xususiyatiga ega. Nida Tunis Partiysi bilan Nahda Partiyasining vujudga keltirish e’htimoli bo’lgan bir koalitsiya Majlisda ko’pchilikka ega bo’lganiga qaramay Sahid tarkibida siyosiy va ijtimoiy tomonlarni qamdagan bir hukumat vujudga keltirishni avfzal ko’rdi. Bu qarorga Tunisdagi muammolar va olinishi kutilgan radikal qarorlar bor. Lekin o’lka siyosiy kelishmovsizliklar va urushlar bilan vaqt boy beradigan ahvolda emas. Mana shuning uchun hammaning birlashib bir siyosiy yechim topshi yagona chora.

Deyarli barcha siyosiy tashkilotlanishni o’z ichiga olgan yangi hukumat ayni paytda yosh va sakkiz nafar ayoldan tashil topishi bilan ham diqqatlarni o’ziga jalb qilmoqda.

İshonch ovoz olishdan oldin  so’zlagan nuqtida Shahidning quyidagi xususlarga diqqat tortishi muhim:

-Shafoflik va Tunis xalqiga javob berish mas’uliyati,

-Mavjud taranglikni bartaraf qilish uchun iqtisodiyot vaxfsizlik sohasida tadbirlar olish,

-Tadbirlar  olishda asosiy maqsadning siyosiy barqarorlikni ta’minlash va

-2011 to'ntaruvining ruhiga sadoqatli bo’lish.

Yangi kabinetda diqqat tortgan bir boshqa xusus, oldingi hukumat mudofaa etgan, ichki va tashqi ishlar vazirlarining o’z joyida qolishi. Bu bir oldingi hukumatning xavfsizlik sohasida boy berganini qabul qilish ma’nosiga keladi. Lekin o’lkada asosan qashshoq hududlarda faol bo’lgan Al Qoidaning hujumlari vaziyatning qanchalik vahimalik bo’lganini ko’rsatoqda. Tunisning 11,5 million aholisi bor, ammo shimoliy Afrika davlatlaridan Deashga eng ko’p jangar bu o’lkadan qo’shilgani kuzatilmoqda. Tunis iqtisodiyoti asosan turizmga bog’li vaziyatda. 2011 yilidan beri davom etgan muvozanatsizlik va avjiga ko’tarilgan terror hujumlari bu sektorga zarba urgan. Shuningdek Yevropa Ittifoqi bilan mavjud iqtisodiy sherikligi va Xalqaro Pul Fondidan olgan kredit kafolati o’lka jihatidan o’ta muhim. Yangi hukumat, olinadigan chora-tadbirlar bilan daromatni ortirish va davlat xarajatlarini kamaytirishni mo’ljallamoqda. Bu albatta ijtimoi xavfsizlik va davlat dastaklagan salomatlik sektoriga salbiy aks etadi. Bundan kam daromad tabaqaning ta’sirlanishi oshikor. Qolaversa davlat sektoridan ham xodimlar ishdan bo’shatiladi. O’lkadagi ishsizlikka qaraganda buning achchiq natialari bo’lishiga bir shubxa yo’q. Mana bu nima uchun milliy bir hukumatga e’htiyoj bo’lganini ko’rsatmoqda.

Iqtisodiy taranglik ichida bo’lgan Tunus uchun IMF Iyun oyi 2,9 milliad dollar kredit bergan edi. Ayni paytda AQSh yârim milliard dollar kredit berishini ma'lum qilgan. Tunisda avvalo ish imkoni yaratadigan bir iqtisodiyot bo’lishi kerak. So’ngi bir necha yildan beri 2 % o’tmagan bu rivojlanish nispati Tunisda taranglikni avjlantirgan xolos. Shahid hukumati nozuk muvoznatni ta’min etib buni mudofaza etisi kerak. Iqtisodiy va moliyaviy qiyinchilklarni bartaraf qilish, charchagan va bezgan bir xalqni barqarorlikning natijasiga ko’ndirish va ijtimoiy bir hodisa bo’ladigan bo’lsa demokratik haqlar va erkinikni hurmat qilishni kafolat ostiga olish. Bir xavfsizlik masalasi va nozuk bir siyosiy vaziyat daslab hukum surmoqda. Bu vaziyat uning iqtisodiyot sohasida tashlaydigan qadamlari jihatidan qayg’u uyg’otmoqda. Lekin bu qiyinchliklarga qaramay 2011 yildan beri Tunisda demokratiklashuv sohasida muhim o’zgarishlar kuzatildi. Shahid tomonidan vujudga keltirgan va o’lkada keng ko’lamli siyosiy va ijtimoiy guruhni qamdagan Milliy Birlik hukumati ham mavjud vaziyatni qo’ldan boy berishni istamagan bir milliy irodaning natijasidir.


 


Tanlangan kalimalar: #tunisda , #iqtisodiy , #vaziyat og'ir , #ahvolda

Aloqador xabarlar