Yevroosiyodan dolzarb mavzular 135-qism

Dasturimizning bugungi bo’limida, 15-iyul kuni Turkiyada yuz bergan to’ntarish tashabbusi to’g’risida Yevroosiyo mintaqasida joylashgan ba’zi davlat liderlarining bayonoti haqida so’z qilamiz.

543854
Yevroosiyodan dolzarb mavzular 135-qism

Aziz dasturimiz muxlislari, 15-iyul kechasi Turkiyada turk hukumatini to’ntarishga tashabbus qilindi. Bu tashabbus siyosiylarning ziyrak va hushyor muomalasi va turk xalqining ko’chalarga chopib qarshilik ko’rsatishi oqibatida bostirildi. 15-iyul kechasidan beri Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li chet ellik kasbdoshlaridan Turk hukumatini qo’llab-quvvatlagan qo’ng’iroqlar ola boshladi. Ertasi kuni ham dunyoning bir necha davlatidan turk xalqi va rahbariyatiga atab, ularni qo’llab-quvvatlagan maktublar kelib tushdi. Shunday ekan keling, avvalom bor Yevroosiyo davlatlari va bu davlat liderlarining Turkiyaga yo’llagan qo’llab-quvvatlash haqidagi maktublarini ko’rib chiqaylik.

Qozog’iston Prezidenti Nursultan Nazarbayev 16-iyul kuni Prezident Erdog’anga telegraf yuborib, demokratik yo’llar orqali saylangan davlat lideri yetakchilik qilgan turk xalqining, barcha qiyinchiliklarga qaramay demokratiyani himoya qilajagiga ishonchi komil ekanligini bildirdi. Nazarbayev telegrafta, fojiali voqeada jon berganlar oilasiga ta’ziya izhor etdi. Tan jarohati olganlarga esa shifo tiladi. Shuningdek, qardosh turk xalqini birdamlikga va sabrga undadi.

Huddi ana shu kuni Qirg’iziston Prezidenti Almazbek Atambayev, Qirg’izistonning do’st davlati hisoblangan Turkiyaning qonuniy yo’llar orqali saylangan Davlat rahbarini qo’llab-quvvatlaganligini aytdi. Atambaeyv, “Iqtidorning bulog’i xalqdir. Qirg’iziston, demokratik va erkin saylov orqali saylangan Davlat rahbarini to’ntarish uchun harbiy kuchdan foydalanishning qabul qilinmay turgan darajada noto’g’ri ekanligini ta’kidlaydi. Turkiya, Qirg’izistonning strategik hamkoridir. Ikki davlatning xalqlari esa bir-biriga tarixiy va qardoshlik rishtalari bilan bog’langan. Biz konstitutsiyaviy tartib asosidagi inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga mone’lik qilgan har qanday to’siqni oshib o’tishga qodir turk xalqining donoligiga ishonamiz. Qirg’iziston xalqi, Turkiyaning qonuniy hukumatini qo’llab-quvvatlashini bildirib ularni Turkiyada tinchlik, qonun va tartibni himoya qilishga undaydi” dedi.    

Qirg’iziston Majlis raisi Chinibay Tursunbekov esa 22-iyul kuni Anqaraga tashrif buyurib, Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Ismail Kahraman bilan uchrashdi. Uchrashuv chog’ida Tursunbekov, Turkiyada yuz bergan voqealar tufayli terang qayg’uda ekanligini ifodaladi. O’z so’zini turk tilida davom etgan Tursunbekov qahramon turk xalqinining, siyosatchilarning, jurnalistlarning birlik va birdamlik ichida demokratiyani himoya qilganligini, buning esa katta muvaffaqiyat ekanligini belgilab o’tdi.  

Voqeaning ertasi kuni yani 16-iyul kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Prezident Erdog’anga telegraf yubordi. Aliyev o’z telegrafida Anqaradagi to’ntarish tashabbusini keskin qoraladi. Ozarbayjonning har doim Turkiyaning va turk xalqining yonida ekanligini ta’kidlab o’tgan 

Prezident Aliyev, Turk fuqarolarining demokratik yo’llar orqali saylagan iqtidorini oxirigacha qo’llab-quvvatlaganligini ifodaladi. Aliyev undan tashqari 18-iyul kuni Prezident Erdog’anga qo’ng’iroq qildi. Turkiya Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’li bilan uzluksiz aloqada ekanligini bildirgan Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Elmar Mammedyarov, to’ntarish tashabbusining qabul qilinmay turgan darajada noto’g’ri ekanligini aytdi.

Yana 16-iyul kuni Turkmamiston Davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhammedovdan, turk xalqini va Turkiyani qo’llab-quvvatlaganligini ifodalagan va Turkiyada barqarorlikning qayta tiklanishiga ishonchi komil ekanligini bildirilgan telegraf keldi. Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligidan bayon qilinishicha, Turkiyada tashabbus qilingan to’ntarish haqidagi axborotlar Turkmanistonda jiddiy xavotirchilik bilan kuzatildi. Berdimuhammedovning turk xalqini va davlatini qo’llab-quvvatlagan, Turkiyadagi barqarorlikning qayta tiklanishiga ishonchi komil ekanligini bildirilgan telegrafida Turkmaniston bilan Turkiyaning bir-biriga tarixiy va qardoshlik rishtalari bilan bog’lik ekanligi ifoda etildi.

Gruziya Prezidenti Georgiy Margvelashvili, 16-iyul kuni “Avvalom bor Turkiyada demokratik yo’llar orqali saylangan hukumatni qo’llab-quvvatlashimizni ifoda etmoqchiman. Shaxsim nomidan ham Prezident Rajap Tayyip Erdog’anni qo’llab-quvvatlayman” dedi. Gruziya Bosh vaziri Georgiy Kvirikashvili esa 17-iyul kuni Bosh vazir Binali Yildirimga qo’ng’iroq qildi. Kvirikashvili turk xalqi va hukumatini demokratiya uchun kurashib, kurashni muvaffaqiyatli ravishda tamomlaganliklari uchun tabrikladi. Turkiya-Gruziya oliy darajali strategik hamkorlik kengashi yig’ilishi uchun Anqaraga tashrif buyurgan Gruziya Bosh vaziri Georgiy Kvirikashvili 2016-yilning 19-iyuli kuni Turkiyaning oliy darajali davlat arboblari bilan uchrashuv o’tkazdi.       

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin esa, 17-iyul kuni Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdog’anga qo’ng’iroq qilib tashabbus qilingan to’ntarish tufayli tashvishlanganligini bildirib, Turkiyaning kelajagi uchun yaxshi tilaklarini bildirdi. To’ntarish tashabbuschilariga qarshi kurash chog’ida jon bergan tinch aholi va xavfsizlik kuchlari uchun o’z ta’ziyasini izhor qilgan Putin, takror kuchli konstitutsiyaviy tizimning tashkil topishi, barqarorlikning ta’minlanishini tiladi.

Shu bilan birga Rossiya razvedka tashkilotlarining, Turkiyada to’ntarishga tashabbus qilinishi haqida avvaldan ma’lumot olganliklari va bu haqida Anqaraning ogohlantirganligi iddio qilindi. Bu iddio bo’yicha Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bexabar ekanligini aytdi. Bunga qaramay Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li televizor orqali bergan bayonotida, “To’ntarish tashabbusi doirasida bizni eng ko’p qo’llab-quvvatlagan davlatlardan biri Rossiya edi” dedi.

Ukraina Davlat rahbari Petro Poroshenko ham, Turkiyada yuz bergan to’ntarish tashabbusini keskin qoralab, Ukrainaning Prezident Erdog’anni va turk hukumatini qo’llab-quvvatlaganligini bildirdi. Poroshenko, 17-iyul kuni Twitter hisobi orqali, “Demokratiyaning eng asosiy qoidalariga hurmat ko’rsatish darkor. Ukraina demokratik yo’llar orqali saylangan Turkiya Prezidenti va hukumatini qo’llab-quvvatlaydi” degan ifodalarga o’rin berdi.

Xitoy Xalq Respublikasi Turkiyadagi to’ntarish tashabbusini keskin qoralaganligini yozma ravishda bildirdi. Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi voizi Lu Kang bu haqidagi bayonotida, “Turkiyadagi vaziyatni yaqindan kuzatib kelyapmiz. Umid qilamizki eng qisqa vaqt ichida Turkiyada tinchlik va barqarorlik qayta tiklanadi” dedi.

Aziz dasturimiz kuzatuvchilari, Yevroosiyo mintaqasida joylashgan davlat liderlarining bayonotlarida ko’rib turganimizdek, 15-iyul kechasi Turkiyada yuz bergan to’ntarish tashabbusi qabul qilinmay turgan darajadadir. Turkiyaning barqarorligi Yevrooosiyo mintaqasida joylashgan davlatlar uchun katta ahamiyat kasb etadi. Yevroosiyoning yetakchi davlatidan biri hisoblangan Turkiya Respublikasi va uning xalqi 15-iyul va keyingi jarayonda, demokratiya uchun olib bo’rgan kurashi orqali bunday tashabbuslarni vaqtni qo’ldan boy bermay zudlik bilan bartaraf qilajagini do’st va dushman oldida namoyon etdi.  

Hurmatli muxlislar, shu bilan dasturimizni yakunlaymiz. “Yevroosiyodan dolzarb mavzular” dasturini Turkiya ovozi radiosi uchun Abdrasul Isaqov bilan Guldona Mirzakulovalar tayyorladilar.



Aloqador xabarlar