Turkiyaning madaniy xazinalari 22-qism

Turkiyaning Suriya chegarasida joylashgan Hatay viloyati haqida ma’lumot ...

497011
Turkiyaning madaniy xazinalari 22-qism

                   

Turkiyaning Suriya chegarasida joylashgan Hatay viloyati haqida ma’lumot beramiz.

Hatay Turkiyaning janubida joylashgan bo’lib, bir tomondan Suriyaga, bir tomondan esa, O’rta Yer dengiziga tutashib ketgan.

Suriya territoriyasidan oqib kelgan Osiy daryosi Hataydan o’tib, O’rta Yer dengiziga borib quyiladi va u yerda yashagan insonlarga mo’l-ko’lchilik va baraka ulashadi. Hatayda bir qancha madaniyatga oid tarixiy asarlarni uchratish mumkin. Turkiyaning Istanbuldan keyingi madaniy, diniy, etnik xususiyatlarga boy viloyatlaridan biridir. U yerda turli dindan bo’lgan insonlar hamjihatlikda, tinch-totuv hayot kechiradilar. Masjitlardan kelgan azon ovozi cherkovdagi bong ovozi bilan aralashib ketgandek. Hatay UNESCO tomonidan tinchlik shahri sifatida qabul qilingan. Hatay turli madaniyatlarning birgalikda tinch-totuv yashashiga katta o’rnak bo’lmoqda.

Hatay viloyatining markazi bo’lgan Antakiya tarix mobaynida bir qancha tarixiy voqealarga guvoh bo’lgan. Buyuk Iskandar u yerda forslar bilan jangga kirib, Mezopotomiya va Misrni zabt etdi. Keyinchalik, Rim hokimiyatiga o’tgan Antakiya Mezopotomiya, Falastin va Suriyaga o’tishni ta’minlagan muhim tijoriy guzargoh ustida o’rin olishi va tijoratning rivojlanishi bilan katta boylikka ega bo’ldi.  Xristianlikning dastlabki yillarida Quddusdan butun dunyoga tarqalgan havoriylardan biri Sen Piyer Antakiyada dastlabki qoya cherkovini qurishga muvaffaq bo’lgan. Dunyoda Iso payg’ambarga e’tiqod qilganlar ilk marta u yerda xristian nomini tilga olganlar. Sen Piyer cherkovi kunimizda xristian dunyosi uchun ibodat markaziga aylangan. Qur’onda mavjud bo’lgan Yosin surasida ham Antakiyaning nomi tilga olingan. Iso payg’ambarning havoriy ya’ni shogirdlaridan biri Yunus va Yahyo Antakiyaga keladi. Ular Antakiya xalqini xristianlikka da’vat qiladi, lekin mahalliy xalq elchilarga ishonmaydi. U yerda Habibiy Nejjar ismli kishi birinchilardan bo’lib, ularga ishonadi. Nejjar uzoq yillardan beri betob ekanini, Rim diniga oid tangrilarga ehson qilganini, lekin bunga qaramasdan tuzalib ketmaganini aytadi. O’sha payt elchilarning duosi va Allohning xohshi bilan darhol kasallikdan forig’ bo’ladi.  So’ngra, ularga ishonadi va o’sha yerda iymon keltiradi.

Qur’onda Allohning diniga da’vat qilish uchun Antakiya xalqiga ikkita elchi jo’natilgani va Antakiya xalqi bu elchilarga ishonmagani va ularni haydab yuborgani tilga olingan.  Habibiy Nejjar bu voqeadan xabardor bo’lishi bilan yugurib yetib keladi va Antakiya xalqini Allohning diniga iymon keltirishini aytadi. Bunga g’azablangan Antakiya xalqi uni o’ldiradi. Habibiy Nejjar islom paydo bo’lgunga qadar mavjud bo’lgan xristianlikning ilk shahidlaridan biridir. Qur’onda o’tgan Yosin surasida Antakiyada yashagan va ilohiy buyruqni qabul qilmagan budparastlarning juda kuchli ovoz to’lqini bilan yo’q qilingani aytiladi. Keyinchalik Yunus va Yahyo ismli havoriylar Habibiy Nejjarning yoniga dafn etiladi. Arablar 636 yili Antakiyani zabt etgach, u yerga bir masjit qurdiradilar. Va bu masjitga “Habibiy Nejjar” deb nom beradilar. Bu masjitning hovlisida joylashgan maqbarada yotgan havoriylar va xristianlar ham musulmonlar uchun muqaddas hisoblanadi.

1-Jahon urushida Usmoniy Imperatorligi mag’lubiyatga uchragach Hatay, Suriya bilan birga Fransiya hokimiyati ostiga o’tadi. 1921 yili Turkiya hukumati bilan Fransiya o’rtasida imzolangan shartnoma asosida Hatayda turklar gavjum yashagan Iskandarun territoriyasi Suriyadan ajratildi. 1936 yili Fransiya Suriya va Livandan chekinganda, Hatay Suriya davlatiga qo’shilish arafasida edi. Bundan bezovta bo’lgan Otaturk “40 asrlik turk yurti yovlarga tashlab qo’yilmaydi” deya darhol harakatga tushadi. 1936 yili Fransiyaga berilgan nota bilan Suriya kabi Hatayning ham mustaqil bo’lishi talab qilinadi. Uzoq davom etgan muzokaralardan so’ng 1938 yili Hatay Turk Respublikasi tashkil topdi. So’ngra, 1939 yili Turkiya bilan birlashish to’g’risida qaror qabul qilinib, Turkiyaga qo’shildi.

Hataydagi madaniy boyliklarning sanog’iga yetib bo’lmaydi. U yerda olib borilgan qazilma faoliyatlarida dunyoning eng mashhur mozaika qoldiqlari topilgan. Ushbu tarixiy asarlar hozirda  Antakiyadagi arheologiya muzeyida saqlanmoqda. Har yili amalga oshirilgan qazilma faoliyatlarida yuzaga chiqarilgan asarlar bilan yanada boyigan Arheologiya muzeyiga butun dunyodan sayyohlar kelmoqda.

Hatay va Antakiya turli madaniyatlarga xos lazzatli taomlari bilan ham mashhur. Hatayga xos bo’lgan kunefe shirinligi butun Turkiyada sevib iste’mol qilinadi.  Asosan yoz oylarida 24 soat xizmat bergan qandolat do’konlarini uchratish mumkin.  Agar Hatayga yo’lingiz tushsa, albatta kunefe shirinligini ta’tib ko’rishni unutmang!

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Suriya , #viloyat , #madaniyat , #Hatay , #Antakiya

Aloqador xabarlar