Yevroosiyodan dolzarb mavzular 124-qism

Dasturimizning bugungi bo’limida Yaponiya-Rossiya munosabatlari va bu munosabatning mintaqa davlatlariga ko’rsatgan ta’siri haqida so’z qilamiz.

489703
Yevroosiyodan dolzarb mavzular 124-qism
Kuril adaları
Putin Abe
kuril adaları.jpg

Aziz dasturimiz muxlislari, 6-may kuni Rossiyaning Sochi shahrida Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe uchrashuv o’tkazdi. Uchrashuv 3 soatdan ortiq davom etar ekan ko’proq, Kuril orollaridagi Rossiya-Yaponiya tortishuvi qo’lga olindi.

Sochida bo’lib o’tgan navbatdagi Putin-Abe uchrashuvida ikki davlat o’rtasidagi orollar muammosi va uning yuzasidan tinchlik shartnomasini tuzish masalasi muhokama qilindi. Uchrashuvda, Kuril orollari haqidagi yanqi fikrlar ham o’rtaga tashlandi. Bugungacha, har ikki davlat Tashqi ishlar vazirliklari tomonidan amalga oshirilgan faoliyatlarning qo’llab-quvvatlanganligi belgilab o’tildi. Iyun oyida, Tashqi ishlar vazirliklari tomonidan tinchlik shartnomasining takror qo’lga olinishi, ikki davlat Mudofaa vazirliklarining ham bu masalani hal qilish uchun hissa qo’shish maqsadida chora ko’rishi ifodalandi. Undan tashqari bu uchrashuvning, Xavfsizlik Kengashlari orqali davom etishi ham ma’lum bo’ldi.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov uchrashuvda, Afg’oniston masalasining ham qo’lga olinganligini belgilab, giyohvand moddalarga qarshi kurash masalasida ikki davlatning politsiya xodimlariga bu borada ta’lim berish loyihalari ishga tushajagini aytdi. Ayni vaqtda, Markaziy Osiyoda ham ba’zi loyihalarning muhokama qilinajagi ifodalandi.

Rossiya bilan Yaponiya, Koreya yarimorolining yadroviy quroldan tozalanishi haqidagi mavjud kelishuvlarga amal qilinishi to’g’risida fikr almashdi.

Yaponiyaning Rossiyaga joriy etgan sanktsiyalari uchrashuvda kun tartibiga olib chiqilmadi. Uchrashuvda, undan tashqari ikki davlat ortasidagi savdo hajmining orttirilishi va yirik investitsiya loyihalarining muhokama qilinganligi aytildi. Rossiya va Yaponiyaning 8 moddadan tashkil topgan iqtisodiy hamkorlik loyihasini amalga oshirishi kun tartibida.

Putin, Yaponiya Bosh vazirini 2-3-sentabr kunlari Rossiyaning Vladivostok shahrida bo’lib o’tadigan iqtisodiy forumga taklif qildi. Uchrashuvda Putinning Yaponiyaga qaratilgan ziyoratiga ham o’rin berildi.

Rossiya-Yaponiya o’rtasida 70 yildan beri Kuril orollari tortishuvi davom etib kelmoqda. Sovet ittifoqi 1945-yilning 8-avgustida Yaponiyaga urush e’lon qilib, 56 oroldan tashkil topgan Kuril orollariga bostirib kirgan edi. Kuril orollariga bostirib kirgan Sovet ittifoqi 1945-yilning 23-avgusti kuni Shumshu orolini qo’lga kiritib janubiy tomon yo’l oldi, yaponlar esi ortga chekinishga majbur bo’lgan edi. Rossiya va Yaponiya o’rtasida Iturup, Kunashir, Shikotan va Habomay orollari to’g’risidagi bahslar davom etmoqda.

Aziz dasturimiz kuzatuvchilari global siyosatdagi o'zgarishlar, ba’zi davlatlar munosabatini qayta ko'rib chiqishlariga, eski muammolarni hal qilish istagining tug’ilishiga yo’l ochmoqdadir. Sochidagi Putin-Abe uchrashuvi bunga bir o’rnakdir. Sochida, Rossiya bilan Yaponiya o’z munosabatlarini mustahkamlashtirshni xohlaganligini ochiq oydin bayon etdi. Shunday ekan, ikki davlatning ham niyati bu kunlarda bir-biriga mos tushmoqda. Rossiya Yaponiyadan, investitsiyalarni jalb qilish niyatida ekan Yaponiya, Rossiyaning Uzoq Sharq mintaqasida turli va kuchli faoliyatlar yuritish payida. Shuning uchun ham Yaponiyaning Rossiyaga ijro etgan sanktsiyalar bu uchrashuvda kun tartibiga olib chiqilmadi.

Undan tashqari Yaponiyaning, Markaziy Osiyo davlatlari bilan bo’lgan munosabatlari mustahkamlashmoqdadir. Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe, o’tgan yili ish safari bilan Markaziy Osiyo davlatlariga tashrif buyurib, muhim shartnomalarga qo’l qo’ygan edi. Bu shartnomalarning bajarilishi Yaponiya bilan Markaziy Osiyo davlatlari munosabatlarini yangi va yuqori saviyaga olib chiqadi. Rossiya bilan Yaponiyaning Afg’onistonda mushtarak loyihalar olib borishi olqishga sazovordir.

Kuril orollari tortishuvi, G’arb davlatlarining Rossiyaga sanktsiya ijro etishi masalalari, Rossiya bilan Yaponiya munosabatini rivojlantirishga to’sqinlik qilmayapdi. Davlatlararo munosabatlar aslida ham huddi mana shunday bo’lishi kerak.           

Hurmatli muxlislar, shu bilan dasturimizni yakunlaymiz. “Yevroosiyodan dolzarb mavzular" dasturini Turkiya ovozi radiosi uchun Abdrasul Isaqov bilan Guldona Mirzakulovalar tayyorladilar. Keyingi hafta, yana xuddi mana shu soatda, takror uchrashguncha xayr omon bo'ling.

 



Aloqador xabarlar