Menga islomni anglat 8-qism

Olamlarga rahmat sifatida yuborilganini bildirgan Hazrat Payg'ambar, hayoti bo'yicha o'ziga vahiy qilingan amrlar tatbiq etilgan, dinini eng kichik tafsilotigacha amalga oshirgan. Hayotiga tatbiq etganlari bilan Musulmonlikni namoyandalik qilgan.

440055
Menga islomni anglat 8-qism

Olloh taolo, Hazrat Payg'ambarning Musulmonlar uchun nima ifoda etgan ma'nosi, “ Ey Payg'ambar!

Biz seni bir shahid, bir xushxabarchi, bir ogohlantiruvchi, Ollohning ruxsati bilan o'z yo'liga chaqirgan bir da'vatchi va yorituvchi bir sham sifatida yubordik."1 oyati bilan ochiq bir shaklda ifoda etgandir. Bu oyat Hazrat Payg'ambarning vazifalarini, o'rnak bo'lish, xush xabar berish, da'vat qilish, o'ziga berilgan oydinlik manbasi bilan insoniyatni yoritish shaklida izoh etilmoqdadir.

Olamlarga rahmat sifatida yuborilganini bildirgan1 Hazrat Payg'ambar, hayoti bo'yicha o'ziga vahiy qilingan amrlar tatbiq etilgan, dinini eng kichik tafsilotigacha amalga oshirgan. Hayotiga tatbiq etganlari bilan Musulmonlikni namoyandalik qilgan.

İnsoniyat uchun eng yaxshi o'rnak bo'lgan. Payg'ambarimiz Musulmonlarga o'rnaklik mavzusida Parvardigor “Albatta, sizlar uchun Allohning Rasuli; Kim Allohga va oxirat kuniga erishish uchun umid qilsa, Xudoga ko'p zikr qilish uchun yaxshi misol bordir. "1

Oliy axloqning eng yaxshi misolini tatbiq etib ko'rsatgan Payg'ambarimiz, ushbu yaxshi misollarini tarixning sahifalariga oltin harflar bilan yozdirgan.

Sahobalarini, jaholat deb atalgan davrda, shirk, kufr va zulm botqog'idan chiqarib misol bir jamiyat holiga keltirgan.

U, belki Qur'ondan so'ng uning eng katta mo'jizasidir. Uning ummati bo'lish iddaosida bo'lgan Musulmonlar ham, uning axloqiy bilan axloqli bo'lish va unsing yo'lida yurish bilan shubhasiz unga ummat bo'la olishning bir haqiqatidir.

Qur'on karimda “ Shubhasiz sen ulug'vor bir axloqqa egasin"1 oyati bilan Hazrat Payg'ambarning axloqiyi maqtalgan. O'zlari ham “ Men yaxshi axloqni bajarish uchun yuborilgan edim"1 deb aytganlar. Boshqa bir hadis sharifda esa imon bilan axloq o'rtasida bir aloqa o'rnatib “ Musulmonlar ishonchi eng komil, axloqiy eng yaxshi bo'lganlardir deb buyurganlar.

Alohida, “ ichlaringizdan eng ko'p yaxshi ko'rganim va qiyomat kuni menga eng yaqin bo'lgan, axloqiy eng yaxshi bo'lganlaringizdir"1deb buyurgan.

Payg'ambarimiz oliy axloqning eng yetakchi tamoyillaridan biri, uning ishonarli bo'lishi edi. U bergan va'dasini mutlaq ravishda bajo keltirardi. Durustlik yo'lidan ayrilmagan, hazil bilan ham bo'lsa hech yolg'on aytmagan. Ushbu xususiyati bilan o'zlariga payg'ambarlik berilmasdan oldin ichida yashagan jamiyat tomonidan uning ismiga “ amin" sifatini qo'shib “ ishonarli Muhammad" ma'nosida “ Muhammad ul amin “ deb ataganlar.

Imon keltirmaganlar hatto uni yolg'on aytish bilan tuhmat qil olmaganlar.

Hazrat. Payg'ambar, har kasning to'g'ri va ishonarli bo'lishini istaganlar, to'g'rilik va xayrga, natijada Jannatga olib borishini xabar bergandir.1

Uni Musulmon tomonidan o'rnak olishi kerak bo'lgan oliy axlog'ini tadqiq qilganimizda shularni ko'rishimiz mumkin: Hz. Rasululloh; Bag'rikeng, do'stona, muloyim va xushmuomala edilar.

Qattiq tabiatli, qo'pol emasdi. Ular hech qachon qattiq va qo'pol gapirmaganlar.

Hech kimning aybni yuziga aytmaganlar. Gapirayotgan birovning gapini uzib aralashmaganlar, so'zini yakunlanishigacha tinglardi. Kimsaning shaxsi hayotini tadqiq qilmasdi. Juda iffat va hayoli edi. O'zi uchun istagan bir narsani boshqalari uchun ham istardi.

O'zlariga qilingan yomonliklarni kechirardi, hech kimsani ranjida qilmasdi.

Umuman barchaning taklifiga ishtirok etishga harakat qilardi. Ijtimoiy statusiga qaramasdan, ozod- qul, boy- kambag'al, katta- kichik demasdan barcha insonlar bilan teng muomala qilardi. Ayniqsa, kambag'allarga, yetimlarga yana ham ko'piroq aloqa ko'rsatardi.

Kasallarni ziyorat etardi. Shikoyati bo'lganlar bilan bizoat aloqa ko'rsatardi.

Dardlarini tinglardi. Juda ham saxiy edi. Kamtarin bir hayot tarzi bordi.

Ollohga qul bo'lishni eng katta sharaf bilardi. Dunyoning o'tkinchi ne'matlariga ahamiyat bermasdi.

Bolaligidan e'tiboran taxminan o'n yil Hz. Payg'ambarning xizmatida bo'lgan Hz. Enasining aytgan shu so'z uning axloqining to'liq bir xulosasi mohiyatidadir:

“Hz. Payg'ambarga o'n yil xizmat qildim. Hatto bir daf'a ham g'azablanib, uf, nima uchun buni bunday qilding, nimaga shuni qilmading deb ta'na bermadi"1 deb buyurgan.

Hz. Payg'ambar, ibodat mavzusida ham ummatga misol bo'lgan.

U, ibodatlarda, samimiyat va davomiylik mavzusini juda ham ta'kidlab o'tgan. Qullik shuurini jonli tutish ma'nosiga kelgan taqvoni tavsiya qilganlar. Imonning mazasini faqat ibodatlar va yaxshi amallar bilan himoya qilinganda olish mumkin.1

Ibodatlarni juda sevishiga qaramasdan ummatini mushkul vaziyatga qoldirmaslik uchun, ularni bezar qilmaslik uchun hamisha quloylikni tanlagan.

Namoz o'qir ekan hatto bolalarni , onlarni va keksalarni o'ylab qisa ado qilganlar:1

Hz. Muhammad Musulmonlar uchun boshqa muhim bir ma'nosi esa uning duosi mo'minlar uchun rahmat vosilasi va hisob kuni ummati uchun shafoatchi bo'lishidir.

Bu mavzuda" har payg'ambar ummati uchun bir duosi bordir. Men ham duomni qiyomat kuni ummatimga shafoat uchun saqladim." 1 deb buyurgandir.

Barcha ushbu xususiyatlarni muhokama qilgan Islom olimlari, Hz. Payg'ambarga ummat bo'lgan, Ollohning birligini qabul etib shirk qo'shmagan Musulmonlar hisobini bergandan keyin Hz. Payg'ambarning shafoati bilan kechirilishini aytganlar.



Tanlangan kalimalar: #Din , #Islom , #Payg'ambar , #ilohiy , #Kitob

Aloqador xabarlar