Turkiya nazaridan yaqin sharq 8-qism

Anqaraning markazida uyushtirilgan hujum va bunga bog'li o'zgarishlar!

437818
Turkiya nazaridan yaqin sharq 8-qism

17- Fevral chorshanba kuni Anqarada uyushtirilgan terror hujumi natijasida 28 kishi hayotini yuqotgan 61 kishi esa yaralangan. Prezident Rajab Tayyib Erdo'g'an Anqarada harbiy xodimlarni olib borgan moshina karvoni o'tgan paytda sodir etilgan bombali hujum bilan aloqali quyidagicha ma'ruza qildi: “Axoliy va insoniy jihati bo'lmagan bu hujumni uyushtirganlar va ularning ortida turganlarga qarshi qatiy'lik bilan kurashishga davom etamiz. Bizning butunligimizga rahna solishni istagan harakatlarga javob beramiz, bunga o'zshash faoliyatlar ortmoqda. Turkiya o'zini mudofaa etish haqqidan har doim, har yerda foydalanadi. Terror tashkiloti orqali o'lkamizni va millatimizni maqsadidan voz kechirmochqi bo'lganlar xato qiladi.”

Bunga ikki hodisa olib keldi. 2013 yili Misrda saylov bilan kelgan davlat rahbari Muhamed Mursining harbiy to'ntaruv bilan vazifadan uzoqlashtirish jarayonida AQSH norozichilik ko'rsatmadi. Hattoki to'ntaruvni qonuniylashtirgan uslubi Turk hukumati tomonidan tanqid qilindi.

Bir boshqasi esa, mintaqaviy va kurraviy kuchlar ham aralashgan bir urushga aylangan Suriya tarangligida boshidan beri AQSH izlagan uslubdir. Esad rejimi isyonni bostirish uchun muvozanatsiz shiddat, ximyoviy qurollarni ishlatishgacha borishiga qaramay, AQSH boshqaruvi masalaga umuman yechim topishdan bosh tortgan. 2014 yili DEASHning Suriya va Iroqda o'z ismidan so'z ettgan bo'lib chiqishi, AQSHning Suriyada Kurt tashkilotlaridan PYD va uning qurolli qo'li YPG bilan yaqin aloqaga o'tishiga sabab bo'ldi. Bu, Turkiya jihatidan boshidan beri muammo edi. Chunki PYD, 1970 yillardan beri Turkiyaga qarshi shiddat ko'rsatib Turkiya tomonidan terror tashkioti sifatida qabul qilingan PKK bilan yaqin bo'lgan. Hattoki Turkiya jihatidan, PYD-YPG, Suriyadagi PKKdir.

So'ngi bir yilda, daslab AQSHdan va 2015 yil Oktabr oyidan e'tiboran Rossiyadan dastak olgan PYDning davomli kengayib borishini, Turkiya, o'z xavfsizligi jihatidan bir tahdir sifatida baholagan. Asosan so'ngi ikki hafta ichida Turkiya bilan AQSH o'rtasidagi kelishmovsizlik avjiga ko'tarildi. Esad rejimining muxoliflarga qarata Rossiya boshlatgan hujumlar, PYD-YPG uchun muhit yaratdi. Tashkilot, Suriyaning shimolida, Turkiya chegarasini o'z ichiga olgan maydonlarni nazorat qiladigan darajaga kelgan. AQSHning PKKni terror tashkioti sifatida ko'rishiga qaramay PYDni farqli baholashi, PYDni jasoratlantirmoqda. Tashkilot Turkiyaning e'tirozlariga qaramay muxoliflar qo'lida bo'lgan Menag havo bazasini va Tel Rifat qishlog'ini oz nazoratiga olgan va Azezga yaqlashgan. Menag bazasidan chiqmasligi, Turkiyaning to'plar bilan Suriyadagi PYD-YPG maqsadlarini nishonga olishiga sabab bo'lgan.

Turk vakillar tanqid qilgan, “Piyonning orqasidagi kuch” sifatida ma'lumotlar Rossiyaga qaratilgandir. Esad rejimining quruqlikdan ildamlashini dastalash doirasida havodan yordam betishni ilgari surib, Hapab atrofidagi muxolif kuchlarga qarshi hujumga o'tgan Rossiya, maktab va shifoxona kabi joylarni ham ajratmasdan bombalamoqda. Biroq, Esad rejimining oyoqda turishi uchun so'ngi to'rt oy ichida 22 shifoxona va 27 maktab bomabangan, yuzlab begunoh insonning hayotini zomin bo'lgan Rossiya, PYDga qaratilgan harakatlari tufayli Turkiyani Xavfsizlik Kengashiga shikoyat qilgan. Turk hukumati nazarida esa, Rossiya, PYDdan piyon sifatida foydalangan kuchning o'zidir. Tinch aholini nishonga olish va rejimni dastaklash bilan bir qatorda, Turkiya jihatidan qabul qilinmas bir boshqa vaziyat Arablarning va Turkmanlarning uylaridan ketishga jajburlanishidir. PYD oraga kirgandan keyin hududdagi etnik tuzilish o'zgaradigan darajada insonlar uylaridan baradg'a bo'lgan. Haqiqat esa, Rossiyaning operatsiyalarda DEASHni kamdan-kam nishonga olgan.

Rossiya bu hujumlarda ko'proq Turkiyadan Halabga borgan muxoliflar foydalangan koridorni yopish uchun harakat qilgan. YPG ham Rossiyaning rejasini dastaklash ham o'z manfaatlari uchun hujum qilgan. Bunga qarshi Turkiya uchun ikki yo'l qolgandir. Birinchisi, AQSHni, PYDni dastaklashining Turkiyaga zarar berganiga ishontirish. Ikkinchisi esa, PYDning ilgarlashini oldini olish uchun harbiy amaliyot o'tkazish bo'lgan.

Lekin AQSHning PYD mavzusida Turkiya bilan ayni fikirda bo'lmagani va BMT Xavfsizlik Kengashida bog'lovchi bo'lmasa ham Turkiyaga qarshi qaror olinishi, siyosy jihatdan Turkiyaga salbiy ask etgandir. Shubxasis buning ortidan esa Anqarada harbiy xodimlarga qaratilgan hujum Turkiya hukumati tomonidan qattiq norozichilikka sabab bo'lgan.

Terror hozirgi kunda xalqaro jamoatchilik ro'yxatida brinchi o'rinda. Terrorga qarshi kurash, faqat barcha millatlarning mushtarak negizda harakat qilishi bilan ijobiy samara beradi. Bo'lmasa terror balosidan hech kim qochiq qurtulmaydi. 35 yildan beri terrordan jabr ko'rgan bir o'lka va bir jamiyat sifatida Turkiyaning xalqaro jamoatchilikdan muvozanatli bo'lishini kutishi tabiiydir.



Aloqador xabarlar