Islomni menga anglat 2-qism

Menga Islomni anglat nomi bilan siz uchun tayyorlanayotgan ushbu suhbat dasturimizga Ollohning nomi bilan boshlaymiz bizlarni yo'qdan bor qilgan, bizni Islom dini bilan sharaflantirgan va bizga Musulmon sifatida hayot shuuri bergan Ollohga hamd, Uning Pay

423464
Islomni menga anglat 2-qism

Islom nima demoqdir?

Menga Islomni anglat nomi bilan siz uchun tayyorlanayotgan ushbu suhbat dasturimizga Ollohning nomi bilan boshlaymiz bizlarni yo'qdan bor qilgan, bizni Islom dini bilan sharaflantirgan va bizga Musulmon sifatida hayot shuuri bergan Ollohga hamd, Uning Payg'ambariga salat va salomlar bo'lsin. Dasturimizning xayrlarga va Rabbimizning rizosiga vosila bo'lishini umid qilamiz.

Bugun, Islom tushunchasi borasida to'xtalib o'tamiz. Qur'on Karim, Islomni qanday ta'rif qilganini Islomning qaysi xususiyatlari bilan shuhrat topganini tushuntirishga harakat qilamiz.

Har bir Musulmonga Islom nimadir? Deb so'ralsa, “Dinimizning nomidir. Oxirgi dindir. Eng mukammal dindir." Kabi bir necha jumla bilan ifoda etadi. Faqat bir Musulmon bundan yana ko'prog'ini bilishi kerakligini barchamiz bilamiz.

Islom lug'atida esa taslim bo'lish, itoat qilish va tinchlik ma'nolaridadir.

Termin sifatida Islom “ Olloh tomonidan payg'ambarlar vositasi bilan insonlarga bildirilgan, dunyoda va oxiratda insonlarni baxtiyor qiladigan Islom dini, ilohi buyuriq larining jamining nomidir.

Dinlar umuman bir qavmning yoki asoschisining nomiga ko'ra ataladi. Yahudiylik va Hinduizm, u millatga nisbat bilan, Xristianlik Hz. Isga, Budizm ham asoschisi bo'lgan Budaga ko'ra nom berilgan. Islomning nomi bizzat Olloh tomonidan berilgandir. Hz. Muhammad ham Islomning asoschisi emas, payg'ambaridir.

Islom dinining eng muhim asosi bo'lgan tinchlik va taslimiyatni o'ziga nom sifatida tanlagandir. Shu bois Islom, ayniqsa nomi bilan rahbarlik qilmoqda.

Islom, Ollohning irodasiga bo'yin egish, taslimiyat qilish demakdir. Qaysi irq, millat, yoki guruhga mansub bo'lsa bo'lsin. Qaysi irq, millat yoki guruhga mansub bo'lsa bo'lsa bo'lsin, xahlagan har kes bu dinni qabul qilishi mumkin.

Olloh yaratgan insonning ichki huzuri va baxtiyorlikka erishi ham, dunyo va oxiratda baxtiyorlik faqat Ollohning irodasiga taslim bo'lishi bilan mumkindir.

Islom, Ollohning insonlarga qilgan rahbarlikning nomidir.

Olloh taolo, Qur'on karimning muqtadilari uchun, yangi hayotini Ollohning irodasi jihatida yashamoqchi bo'lganlar uchun rahbar kitob sifatida bayon etgandir. 1

Olloh tarix bo'yicha farqli hududlarga va jamiyatlarga rahbarlik qilish uchun juda ko'p sonda

Payg'ambar yuborgandir. Islom olimlariga ko'ra, payg'ambarlar insoniyatga keltirgan asos dinning nomi Islomdir. Bir oyatida, “ Dinni yaxshi qabul qilib va undan ayrilmanglar!deb Nuhga buyurgan, sana vahiy etganini, Ibrohimga, Musoga va Isoga buyurganini sizga din qildi."1 deb buyurib barcha payg'ambarlarga keltirgan dinning Islom ekanini bildirilgandir.

Farqli ismlar bilan atalsa ham, Olloh payg'ambarlariga vahiy qilgan din Islom dinidir va hidoyatlari mushtarakdir.

Hz. Adamdan payg'ambarimizgacha insonlarga berilgan asos payom , muxtoblar tahvid asosini qabul etib Ollohning kuch va qudratiga taslim bo'lishlaridir.

Payg'ambarlarning oxirgisi bo'lgan Hz. Muhammadga vahiy qilingan Islom dini bilan abadiyan jori bo'ladigan hukmlar yuborgandir.

Olloh taolo bu xususda, “ Bugun siz uchun diningiz kamolga erishtirdi. Sizga ne'matimni yakunladim va siz uchun din sifatida Islomni tanladim" 1 deb buyurib abadiyan jori, oxirgi va Olamshumul din Islom dini ekanini bildirgandir.

Islom, tug'ilishdan o'limgacha inson hayotining butunini qamrar.

Islom, Olloh tomonidan yakunlangan kamchiliksiz bir nizomdir, xurofot va bid'atni hech qachon qabul qilmas.

Olloh taolo Islomni mukammal qilgan, ishonch, ibodat, axloq, ijtimoiy hayot, iqtisodiyot, huquq kabi insonni aloqador etgan har masalaga doir hukm Qur'on karimda izoh etilgandir.

Qur'on karim bu xususda “ Senga bu kitobni, har narsani izoh etgan va Musulmonlarga yo'l ko'rsatuvchi, rahmat va xushchi xabar sifatida nozil qildik “ 1 deb buyurganlar.

Islom, kishining qalbini, aqli tushunchalarini va amallarini isloh etib, ularga dunyo va oxirat saodatini hosil qilishni maqsad qilib oladi.

Islom, vahiyga tayangan tavhid dinidir. G'oyasi Ollohning rizosidir.

Inson yaratilishiga mosdir. Inson payg'ambarlar vositasi bilan insoniyatga yuborilgandir.

Insonga, ayniqsa inson aqliga katta ahamiyat beradi.

Insonni islohga, tinchlikka yaxshi narsaga, mehnatga va rivojlanishga jihat beradi.

Islom, qiyomatgacha barcha insonlarni o'z ichiga oladi. Payomi barcha zamonlarga, barcha dunyoga, barcha insoniyat uchundir.

O'rta yo'lni tanlar, haddan tashqarilik yo'q. Quloylik bilan tatbiq etiladi.

İshonch asoslari soda va ravshandir. Tushunish va qabuli quloydir. Aql va mantiqqa mosdir.

Olloh bilan quli o'rtasida bir vosita yo'qdir.

Dunyo hayotini, fard va jamiyat hayotini, badan va ruhiy, aql va qalbini muvozanatda tutmoqda.

Suhbatimizga bir oyat bilan yakunlaymiz. “ Kim Islomdan boshqa bir din qidirsa, bilsin ki, u din qabul qilinmas va u oxiratini boyberganlardan bo'ladi"1

Rabbimiz dinimizni to'g'ri anglashni va amal qilishni bizlarga nasib qilsin!

Ollohga omonat bo'ling. 1


Tanlangan kalimalar: #İslom , #o'rganamiz , #Din , #Payg'ambar

Aloqador xabarlar