Turkiya va xalqaro jarayon 154-qism

Xavfsizlik masalasi, joriy yilning 03-04-dekabri kunlari Marmara universiteti, Siyosiy fanlar fakulteti akademiklari tomonidan o'tkazilgan konferensiyada muhokama qilindi.

406608
Turkiya va xalqaro jarayon 154-qism

Joriy yilning 03-04-dekabri kunlari Marmara universiteti, Siyosiy fanlar fakulteti akademiklari tomonidan Xavfsizlik bo’yicha konferensiya o’tkazildi. Ushbu konferensiyaga Amerikadan Hindistonga qadar, dunyoning bir necha davlatidan akademiklar tashrif buyurar ekan, ular “70-yilligida Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Global boshqaruv” mavzusi doirasida fikr almashddilar. O’tmishdan, bugungi kunga; bugungi kundan esa kelajakga qaratilgan dunyoning xavfsizlik masalalari haqidagi uch mavzu, konferensiyada kun tartibiga olib chiqilgan eng muhim masalalardan edi.

Yuqorida nomi tilga olingan uch mavzudan birinchisi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqaro xavfsizlik va tinchlikni ta’minlashdagi vazifasi, maqsadga muvofiqligi va muammolari. Sovuq urush kunlarida tashkil topgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti, bugungi kundagi dunyo xavfsizligini va tinchligini ta’minlash mavzusida yetarli darajada talabga javob bermayapdi va mutlaqo isloh qilinishi kerak.

Ikkinchisi, globallashish oqibatida yuzaga kelgan global muammolarning sabablari, boshqaruv mexanizmlari va jarayonlari mavzusidir. Davlat chegarasi va nazoratidan tashqarida qo’lgan muammolarni hal qilish uchun turli yondashuvlar va qoidalarga ehtiyoj tug’ilmoqdadir. Masalan gumanitar intervensiya, muhojirlar, global iqtisodiyot va moliya, global isish kabi muammolarning G-20 kabi tashkilotlar doirasida qo’lga olinishi yana da ta’sirliroq natijalar berish ehtimoli bor.

Uchunchisi esa, xavfsizlik bo’yicha muammo tug’ilar ekan, uni hal qilish yoki hal qilmaslik yo’lida davlat siyosatlari va ular o’ynagan rollar mavzusidir. Bu yerdagi eng muhim masala shuki avvalom bor, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashining doimiy a’zosi hisoblangan 5 yirik davlatning butun dunyo davlati xavfsizligi va tinchligini ta’minlash mavzusida talabga javob bera olmasligidir. Bu doiradagi global muammolar, Birlashgan Millatlar Tashkilotidan tashqarida va davlat tashqarisidagi aktyorlar ham o’rin olgan “norasmiy” forumlar va konferensiyalar orqali hal qilishlikga urinilmoqda. Bu platformalarda o’rin olgan Turkiya, Hindiston, Braziliya, Indoneziya kabi rivojlangan kuchlarning hissasi voz kechib bo’lmaydigan holga aylandi.

Aziz dasturimiz kuzatuvchilari, Marmara universiteti, Siyosat fanlari va xalqaro aloqalar kafedrasi o’qituvchisi professor Ramazan Go’zenning mavzu haqidagi baholashini e’tiboringizga havola qilamiz.

Dunyo xavfsizlik muammolari va mavzulari, bitta konferensiyada batamom qo’lga olinib, tadqiq qilinadigan masala emasdir. Bunchalik keng ko’lamli va chigal mavzular haqida hammani qoniqtiradigan fikr yoki mulohaza ham yo’qdir. Aksincha, mavzu haqida onlab fikr, iddio, teoriya va paradigma mavjuddir. Akademiklar va mutaxassislar; xavfsizlik muammolarining manbalari va yechimi haqida turli fikrlar o’rtaga tashlaganlar. Xavfsizlik degan tushunchani, “bir tahlika 

yoki tahditga qarshi ishonch va xavfsizlik tuyg’usiga va shartlariga ega bo’lish” deya izoh etishimiz mumkin. Faqat bu tuyg’uga va shartlarga kimning yoki nimaning ega ekanligi yoki ega bolishi mavzusida judayam terang va zit fikrlar mavjuddir. Realist maktab-davlatlarga va davlatlarning xavfsizligi mavzusiga katta ahamiyat beradi; Liberal maktab-insonlarga va inson xavfsizligi mavzusiga katta ahamiyat beradi; turli ko’z qarashlardan tug’ilgan globallashuv maktabi esa-barcha odam bolasini o’z ichiga olgan global jamiyatga va global xavfsizlik mavzulariga ahamiyat beradi.

Asil masala, muammoning “nima”da yoki “kim”da ekanligiga qaraganda ko’proq xavfsizlik masalalarining sababi atrofida aylanib turishdir. Yani xavfsizlik yaratgan kim bo’lishidan qat’iy nazar, xavfsizlik tahditlariyu tahlikalarini yaratgan sabab nimadir? Davlatlar, insonlar yoki global jamiyat, qaysi muammolar tufayli tahdit va tahlika tug’dirmoqda? Yoki xavfsizlik muammolarining asil manbasi insonmi, davlatmi yoki butun odam bolasini o’z ichiga qamrab olgan global tizimmi?

Xavfsizlik muammolarining asil sababi inson ehtiyojlari va orzularidan tug’ilgan raqobatdir. Iqtisodiy, ijtimoiy, diniy, tarixiy va boshqa ehtiyojlar ichida yashagan insonlar shaxsiy hayotlarini yana da yaxshiroq holga keltirish uchun kurashadilar. Ushbu kurashni shiddat yoki hujum nuqtasiga olib kelgan tahditlar va tahlikali say-harakatlar, xavfsizlik muammolarini tug’dirmoqtadir.

Bu kurashlar insonlararo munosabatlardan ozib, davlatlara’ro kurashga aylanganida esa xalqaro xavfsizlik tug’ilmoqda. Davlatlar o’z siyosiy kuchlari va foydalarini orttirish uchun boshqa davlatlarga qarshi hujumkor muomala qilishi yoki boshqa davlatlarning manbaalari va tuproqlari ustida hokimiyat qurishi yoki imperializm yuritgani kabi. Xalqaro aloqalardagi xavfsizlik muammolarining barchasi mana shunday tushunmovchiliklardan kelib chiqmoqda.

Ba’zi xavfsizlik muammolari, insonlarning yoki davlatlarning hujumkor muomalalaridan emas balki batamom tabiiy hayot sharoitlaridan kelib chiqishi mumkin. Masalan; global isish, epidemiyalar, atrof-muhitning ifloslanishi, ijtimoiy yoki ahloqiy tushkunlik kabi muammolar global xavfsizlik doirasiga kiradi. Oxirgi yillarda avj olib borayotgan global xavfsizlik muammolari nafaqat bir guruh insonni, millatni va davlatni emas balki butun dunyoni va odam bolasini bir xil ravishda tahdit etmoqdadir.

Har bir xavfsizlik masalasining eng asosiy maqsadi bu tahlika bilan tahditni hal qila olishdir. Bu mavzuda ko’plab teoriya, qoida va dastur bor lekin bularning hech birining bugungacha ijobiy natija bermaganligini bemalol aytishimiz mumkin. Terang mubohasaga yo’l ochgan mavzular haqida ko’p gapirishning o’rniga balki gapning eng lo’ndasini aytish yana da foydaliroqdir deb o’ylayman. Bu borada dunyodagi barcha dinlarning va bir necha faylasuflarning odam bolasini tarbiyalovchi nasihatlariga quloq berishlik foydali bolishi mumkin. Masalan, islom dinidagi “Qo'li bilan, tili bilan o'zgalarga ozor bermagan kishi musulmondir” degan hadisi, xavfsizlik haqidagi mubohasalar chog’ida, ustida yaxshilab o’ylab ko’rilishi kerak bo’lgan tamoyilni tavsiya etmoqda. Bu yerda nazarda tutilgan so’z; xudbinlik, ekstremizm, yomonlik, g'azab, hujumkorlik kabi “tahdit” manbaalari o'rniga yaxshi niyat, vijdon, ahloq, adolat, yaxshilik uchun yordamlashish, kamtarinlik kabi “ishonch/xavfsizlik” qadriyatlar tarqagudek bo’lsa unda dunyo yana da xavfsiz holga aylanadi.

Aziz dasturimiz muxlislari, sizlarga Marmara universiteti, Siyosat fanlari va xalqaro aloqalar kafedrasi o’qituvchisi professor Ramazan Go’zenning mavzu haqidagi baholashini e’tiboringizga havola qildik.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar