10 dekabr-Xalqaro inson huquqlari kuni!

BMT umumiy kengashi 1948 yilning 10 dekabr kunini Xalqaro inson huquqlari kuni sifatida qabul qildi.

402344
10 dekabr-Xalqaro inson huquqlari kuni!

Bugun Xalqaro inson huquqlari kuni... Butun insoniyat erkin va teng huquqli ekanini ilgari surgan BMT umumiy kengashi 1948 yilning 10 dekabr kuni ya’ni bundan 68 yil muqaddam ushbu kunni Xalqaro inson huquqlari kuni sifatida qabul qildi.
Turkiya Respublikasi 1949 yilning aprel oyida BMTning bayonnomasini tasdiqladi. 1949 yildan buyon Turkiyada ham butun dunyoda bo’lgani kabi Inson huquqlari kuni har yili 10 dekabr kuni qutlanmoqda.

Inson huquqlari kunining dunyo bo’ylab keng nishonlanishi albatta inson huquqlari ongining yuksalishi natijasida tashkil topdi. 2-Jahon urushi mobaynida diktatorlar dunyoni jar yoqasiga olib kelgani millionlab insonning urush, surgun, qatliom va genositga duch kelishi inson huquqlarining xalqaro jamiyat tomonidan tan olinishini va kafolat ostiga olinishini ta’minladi.

Dunyoda ro’y bergan ulkan urushlar va bundan kelib chiqqan qirg’inlarning orqasida o’z safidan bo’lmaganlarni dushman va yo’q qilinadigan jonzodlar sifatida ko’rish tushunchasi yotadi. Fransuz ihtiloli davrida inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi imzolandi. Mazkur dekloratsiyada oshkora aytilgan tamoyillar butun dunyoni o’zgartirdi. Buning asosida har bir fuqaroga o‘z huquqini tanish, uni himoya qilish imkoniyati berildi. Fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qiluvchi davlat va jamoat tashkilotlari faoliyati keng rivojlandi, ularning vakolati va ta’siri kengaytirildi.

Zamonaviy jamiyatlar inson huquqlarini, mexnatkashlarning haq va huquqlarini o’z ichiga oladigan shaklda ishlab chiqilgan qonun bilan huquq kafolatiga olgan.
Bu haqiqiy inson huquqlarining ayni paytda mexnatkashlarning huquqi sifatida qonunlar bilan kafolatlangan. Hech bir boshqaruvchi qo’l ostidagi xodimlarga mantiqsiz va huquqqa hilof ravishda buyruq bera olmaydi. Bunday topshiriq olgan xodim boshqaruvchining buyrug’ini bajarishga majbur emas. Aks holda sud oldida javob beradi.

Turkiyada ohirgi 10 yil ichida demokratiya va inson huquqlari bo’yicha xalqaro mas’uliyatlardan tashqari juda katta islohotlar amalga oshirildi. Bu islohotlar butun dunyoga demokratiya va inson huquqlari bo’yicha katta namuna bo’lmoqda. Turkiya fuqarolari uchun ohirgi paytlarda sanoqsiz islohotlar davlat bilan xalq o’rtasidagi rishtani mustahkamlashtirmoqda. Bu jihatdan Turkiya o’z haqqini himoya qilish ongini butun jamiyatga singdirgan. “Inson yashasa davlat yashaydi” prinsipi bilan yo’g’rilgan boshqaruv sistemasi davrning eng baland huquq standartlari bilan kunimizda o’z aksini topmoqda.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar