Turkiya va Xalqaro Jarayon 53-qism

Turkiya-Rossiya munosabati nima bo'ladi?

400092
Turkiya va Xalqaro Jarayon 53-qism

24- Noyabr kuni bir Turk F-16 harbiy samolyoti, Turk havo maydoniga o’tgan Rus SU-24 samolyotini urib tushirdi. O’n yillardan beri ijobiy surgan Turk-Rus aloqalariga bir zumda zarba urdi. Bu voqeani ayrimlari Turk-Rus jangi kabi bildirsa ham. Yuqori daraja lavozimdorlardan qattiq bayonotlar bildirilgan bo'lsa ham, say-harakatlar asosan taranglikni bartaraf qilish uchun olib borilmoqda. Prezident Ero’g’on bilan bosh vazir Davutog’lu, “Turkiya tuproqlarining paymol qilinishiga ko’z yummasliklarini, nishonga olingan samolyotning Rus samolyoti bo’lgani bilinsa farqli harakat qilinar edi” degan ifodalar bilan Rossiyaga o’z uslubini ko’rsatdi. Boshqa tomonda, Prezident Putin va Tashqi Ishlar Vaziri Lavrov, qanchalik qattiq so’zlar sarf etsa ham, Turkiyaga qarshi sanskiya qarorlari olsa ham, Turkiyadan uzr kutsa ham, urush bo’lmasligini ma’lum qilgan.
Bu voqea bilan aloqali jiddiy masalalar bo’lgani oshikor; lekin tomonlarning urushdan yiroq ifodalari ko’ngillarga suv serpmoqda. Taranglikni bartaraf qilish g’ayratlari esa hanuz davom etmoqda. Ham Turkiya ham NATO ittifoqdoshi AQSH, Angliya, Fransiya, Germaniya kabi davlatlarning liderlari, voqeani mubolag’a qilmaslikka diqqat qaratmoqda. Bu taranglikning urushga aylanmasdan va eng qisqa orada yechim topishi to’g’ri va aqlisalim harakat bo’ladi. Chunki chuqur tarixiy va strategik ahamiyatga ega ikki o’lka o’rtasida bu taranglikning avj olishi, ham mintaqa ham tomonlar jihatidan yomon bo'ladi.

Turkiya va Rossiyaning ushbu taranglikni kam zarrar bilan o’tishi, hattoki esikidan ham yaxshi vaziyatga keltirishi mumkin. Bu jarayonda, avvalo taranglikni puxta ko’zdan kechirish, nima uchun bu nuqtaga kelingani va qanday qadam tashlashni belgilanish kerak. “Har taranglik ayni paytda bir fursat” degan so'zga e’tibor berish muhim. Buning ma’nosi quyidagicha: “Tomonlar bu taranglikni yaxshi boshqara olsa va to’g’ri qadam tashlasalar ijobiy natijalar ham chiqishi mumkin”.
Qolaversa, Turkiya-Rossiya aloqalari o’n yillardan beri yaxshi davom etib kelgan bo’lib tomonlar bir taranglik yuzasidan buni xavfga solmaydı. Bu rishtalar yoziladigan bo’lsa sahifalar to’lib toshardi: tabiiy gazdan yadro energiyasi, turizmdan tijorat, mushtarak chegaralardan mushtarak mintaqaviy vaziyati, demografiyadan geopolitikaga, Bog’azlardan mushtarak dengiz maydonlaridan foydalanish mavzularigacha bo’lib o’zaro tobelik mavjud.
Ikki o’lka o’rtasida albattaki kelishmovsizliklar bor; lekin bu kelishmovsizliklar, o’zaro aloqalar jihatidan solishtirganda juda ham kam. Bulardan biri, 4 yildan beri kun o’tgan sari avj olgan Suriya urushi. Bu masala Turkiya-Rossiya aloqalariga salbiy aks etgandir. Samolyot hodisasida bo’lgani kabi, tomonlar o’tasidagi aloqalarga ham aks etgandir. Natijada iqtisodiyot, turizm, tijorat, harbiy va siyosiy jihatdan o’zaro manfaatlar yo’q bo’lmoqda. Bu natijalar har ikki tomon uchun ham munosib va to’g’ri emas.
Akademik faoliyatlar ko’rsatmoqdaki; o’zaro aloqalarning zarar ko’rishi bir tomonnni emas, har ikki tomonning ham zarar ko’rishi bilan yakunlanadi. Bunga misol 1930- Yevropa namunasi kabi.
Albatta mavjud taranglik juda yomon, buni ajvlantirib boshqa tomonlarga ham asks ettirish noto’g’ri. Mavjud vaziyatda tomonlarning kelajakga qarashi va quyidagi qadamlarni tashlashi yaxshi bo’ladi:
1) Tomonlar samolyotni tushirish hodisasi o’zaro texnik saviyada bo'lishi kerak.
2) Bu taranglikni bir fursatga aylantirish uchun, o’xshash vaziyatning qayta sodir bo'lmasligi uchun chora-tadbirlash olish kerak.
3) Mavjud aloqalarning zarar ko’rmasligi uchun muvozanatli harakat qilish va kelajakka tomon ildamlash kerak.
4) Samolyot tarangligiga javob bermaslik va o’ch olishdan uzoq turish muhim.
5) Mintaqaviy masalalarga mushtarak yechim topish uchun qayta o’zaro dialog boshlanishi kerak.
6) Suriya masalasining siyosiy yechim, ISHİD va barcha terror tashkilotlariga qarshi faol kurash olib borish zarur.
7) Vena shartnomasiga rioya qilish kerak.
8) Suriyadan tashqari mintaqaviy va kurraviy bir yechim topish va boshqa taranglikning oldin olish kerak.
9) Mushtarak geografiya va tarixga ega Turkiya va Rossiya, o’zaro aloqalarga salbiy aks etgan va kurraviy masalalardan uzoq bo'lishi kerak.
10) Mushtarak manfaatlarni tarangliklarga fido etmaydigan darajada qiymatli bo'lganini yoddan chiqarmaslik kerak.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar