O`qituvchilar va murabbiylar kuni maxsus rukni…

Ustozlar yurtning eng aziz, eng ulug' va mo'tabar insonlaridir.

367977
O`qituvchilar va murabbiylar kuni maxsus rukni…

Aziz muhlislar! Yosh avlodni bilimli, savodxon, ma'naviy barkamol va jismonan sog`lom qilib voyaga yetkazishda o`qituvchi va murabbiylarning hissasi benihoya kattadir. Bugun hayotimizda katta ahamiyatga ega bo’lgan ustoz murabbiy va murabbiyalar uchun atalgan maxsus kun hisoblanadi. Turkiyada 24 noyabr ustoz va murabbiylar kuni sifatida 1981 yildan beri qutlanib kelinadi.

1928 yilning 24 noyabr kuni Otaturk maktablarning bosh o’qituvchisi unvoniga muyassar bo’ldi. Buning sababi mamlakatda Harf inqilobi va uning ketidan xalq orasida savodxonlik nisbatining ortishidan kelib chiqadi. Harf inqilobi asosida Turkiyada arab alfabiti o’rniga lotin alfabiti yo’lga qo’yildi. Natijada zamonaviy dunyoga moslashish maqsad qilingan edi. Harf inqilobini amalga oshirgan Otaturkka Vazirlar kengashining 1928 yil 24 noyabr kuni o’tkazilgan yig’ilishda “Bosh o’qituvchilik” unvonining berilishi bir ovozdan qabul qilindi. 1981 yilga kelib Otaturk tavalludining 100 yilligi munosabati bilan har yili 24 noyabr kunini butun mamlakat bo’ylab “O’qituvchilar kuni” sifatida nishonlash qarorlashtirildi.

O`qituvchi va murabbiylar butun dunyoda sharafli kasb egalari hisoblanadi. Xalqlar o’rtasida «O`qituvchi - millat tarbiyachisi», deb bejiz aytilmagan. O`qituvchi bugun o`zi ta'lim berayotgan shogirdining kamoloti ila kelajakka poydevor qo`yadi.
Kelajak farzandlarimizniki, ularni komillik va kamolot cho`qqisiga esa o`qituvchi ya’ni ustozi yetaklab boradi. Bizning xatti-harakatlarimiz ularning bergan ta’lim-tarbiyasi bilan shakllandi. Uyimiz, oilamiz va qo’ni-qo’shnilarimizga bo’lgan munosabatimizda ham ular hamisha bizga yo’l ko’rsatdi.
Donolarning aytishicha, elni ma'rifat asraydi. Shunday ekan, ustozlar
zimmasiga kelajagi buyuk davlatning komil, har tomonlama barkamol vorislarini yetkazib berishdek yuksak vazifa yuklangan.

Shu sababli o`qituvchilar va murabbiylar kuni umumxalq bayrami ham ta'lim sohasida mehnat qilayotgan fidoyi insonlarga nisbatan cheksiz hurmat va ehtiromning namunasidir.
Biron davlatning ta’lim sistemasi qanchalik mustahkam bo’lsa, kelajakni insho etish shunchalik muvaffaqiyatli bo’ladi. Kelajagimizni barpo qiladigan eng muhim vositamiz albattaki o’qituvchilarimiz bo’ladi. Ular bir umr hayotimizni yoritgan chiroq bo’lib qoladi.
Biz ham Turkiya ovozi radiosi ijodiy jamoasi qatorida bugungi 24 noyabr o’qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan barcha ustozlarimizni muborakbod etamiz. Ushbu qutlug’ kunda sizga cheksiz xurmat va ehtirom bilan dasturimizni yakunlaymiz. Bayramingiz muborak bo’lsin!

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar