Yevroosiyodan dolzarb mavzular 71-qism

Aziz dasturimiz kuzatuvchilari! Dasturimizning bugungi bo’limida, Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Tatariston Respublikasining Xalqaro munosabatlari haqida so’z qilamiz.

369577
Yevroosiyodan dolzarb mavzular 71-qism

Aziz dasturimiz kuzatuvchilari, Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Tatariston Respublikasining oxirgi vaqtlardagi xorijiy davlatlar bilan bo’lgan munosabatlari, katta ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy va madaniy sohalarda qismiy mustaqillikga ega bo’lgan Tatariston bu haqqini, eng oliy darajada foydlanmoqda. Avvalom bor Tataristonning oxirgi vaqtlardagi xorijiy davlatlar bilan amalga oshirgan munosabatlarini qarab chiqaylik.

2015-yilning 2-marti kuni Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnihanov Qirg’izistonga qaratilgan ikki kunlik rasmiy ziyorat amalga oshirdi. Minnihanov ushbu ziyorati doirasida Qirg’iziston Prezidenti Atambayev, Bosh vazir Otorbayev bilan uchrashdi va Qirg’iziston-Tatariston Biznes forumida ishtirok etdi. Minnihanov Qirg’izistonda yashagan tatarlar bilan uchrashuvni ham unitgani yo’q.

Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnihanov 8-mart kuni, Eron Islom Respublikasiga qaratilgan uch kunlik rasmiy ziyorat amalga oshirdi. Eron Prezidenti o’rinbosari Sorena Sattari va bir necha eronlik rasmiylar bilan uchrashgan Tatariston Prezidenti, Tabrizda, Eron-Tatariston Biznes forumida ishtirok etdi.

Tatariston-Turkiya Iqtisodiy va Tijorat hamkorligi forumi 2015-yilning 27-marti kuni Qozon shahrida o’tkazildi. Forumda Turkiya nomidan Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi ishtirok etdi.

2015-yilning 30-marti kuni Tatariston Prezidenti Rustam Minnihanov Birlashgan Arab Amirliklariga qaratilgan rasmiy ziyorat amalga oshirdi. Tatariston Prezidenti bu yerdai, Xalqaro yillik investitsion forumida (AIM-2015) ishtirok etdi va Arab davlatlarining yuqori darajadagi rahbarlari bilan ushrashuvlar olib bordi.

Tatariston Prezidenti Rustam Minihanov 6-aprel kuni Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev boshchiligadi Rossiya hay’ati bilan birga Vietnamga qaratilgan rasmiy ziyorat amalga oshirdi.

8-aprel kuni Indoneziya Iqtisodiyot vaziri Sofyan Jalil Tataristonga qaratilgan rasmiy ziyorat amalga oshirdi. Rossiya-Indoneziya tijorat, iqtisodiyot va texnologiya munosabatlari komissiyasi hamraisi Jelil, 9-aprel kuni Qozonda amalga oshirilgan Rossiya-Indoneziya Biznes forumida ishtirok etdi. Shu bilan birga Rossiya-Indoneziya tijorat, iqtisodiyot va texnologiya munosabatlari komissiyasining 10-yig’ilishi o’tkazildi.

9-aprel kuni Vengriya Tashqi ishlar vaziri va Tashqi tijorat vaziri Petr Szijjarto Tataristonga qaratilgan rasmiy ziyorat amalga oshirdi. 10-aprel kuni Qazanda Vengriyaning Bosh konsulxona binosining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Huddi osha kuni Rossiya-Vengriya Hukumatlararo Iqtisodiy hamkorligi komissiyasining yig’ilishi o’tkazildi.

Tatariston Prezidenti Rustam Minnihanov 13-aprel kuni Ozarbayjonga qaratilgan rasmiy ziyorat amalga oshirdi. Minnihanov ushbu ziyorat chog’ida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Bosh vazir o’rinbosari Yakub Eyyubov, Favqulodda vaziyatlar vaziri Kamoliddin Haydarov bilan uchrashuvlar olib bordi. Janob Minnihanov 14-aprel kuni esa, Ganja shahrida Ganja Avtomobil fabrikasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

15-aprel kuni Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnihanov Fas Tashqi ishlar vaziri Muhammed Abbu va Eron Parlamenti Milliy Xavfsizlik Ishlari Komissiyasi raisi Alouddin Borujerni boshqa-boshqa olaroq qabul qildi.

Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Jemil Chichek 16-aprel kuni Tataristonga qaratilgan rasmiy ziyorat uyushtirdi. Bu ziyorat TBMM raisining Tataristonga qaratilgan birinchi ziyorati olaroq ro’yhatlarga kiritildi. Ziyorat mobaynida TBMM bilan Rossiya Federatsiyasi Tatariston Davlat Kengashi ortasida hamkorligiga doir o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

17-aprel kuni Tatariston Prezidenti Rustam Minnihanov Xitoy taraqqiyot va islohotlar qo'mitasi raisi o’rinbosari Hu Tsu Tsani qabul qildi. Qabulda, qurilishini Xitoy tomoni o’z zimmasiga olishi rejalashtirilgan Qozon-Moskva tezyurar poyezd liniyasining qurilishi haqida so’z qilindi.

21-aprel kuni Tataristonga Kuba Bosh vaziri Ricardo Kabrikas bir ziyorat amalga oshirdi. Rossiya-Kuba Hukumatlararo tijorat, iqtisodiyot va texnologik hamkorlik komissiyasining yig’ilishi 22-aprel kuni Qozonda o’tkazildi.

Tatariston Prezidenti Rustam Minnihanov 2015-yilning 25-apreli kuni Turkmanistonga qaratilgan ikki kunlik rasmiy ziyorat amalga oshirdi. Ashxobotda Minnihanov Turkmaniston Prezidenti Berdimuhammedov bilan uchrashuv olib bordi. Tataristonda, ayni shu vaqtda qariyb 1000 nafar turkmanistonlik talaba tahsil olmoqda.

29-aprel kuni Tatariston Prezidenti Rustam Minnihanov, Anqaraga qaratilgan rasmiy ziyorat bilan tashrif buyurdi. Ushbu ziyorat chog’ida Janob Minnihanov Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdog’an, Bosh vazir Ahmed Davuto’g’li, Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li va Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi bilan uchrashuv olib bordi. 30-aprel kuni esa Turkiya-Tatariston Biznes forumida ishtirok etdi. 2014-yili, Turkiya-Tatariston tijorat hajmi 508 million dollarga yetdi. Ziyorat mobaynida, Tatariston bilan Turkiya ortasidagi uchoq safarlarini ikki barobarga chiqarish haqida qaror qabul qilindi.

Aziz dasturimiz kuzatuvchilari, ma’lum bo’lganidek, Tatariston, oxirgi vaqtlarda 

tashqi politikani judayam aktiv ravishda kuzatib bormoqda. Prezident Minnihanovning, xalqaro ziyoratlarining ma’lum o’zgachaligi shundaki, Janob Prezident, uchrashuvlarida, iqtisodiy mavzularni qo’lga olmoqda. So’zsiz turda ikki davlat ortasidagi Biznes forumining o’tkazilisihi, sanoat mintaqasi va fabrikalarni qarab chiqish, agar bo’lsa tatar diasporasi bilan uchrashuv olib borish Minnihanovning tashqi ziyorati ro’yhatining o’zgarmas tizimi orasidadir.

Rossiyaning musulmon davlatlar bilan bo’lgan munosabatlarini ham Tatariston uyushtirmoqda. 2009-yildan beri, Islom hamkorligi tashkilotiga a’zo davlatlar bilan Rossiya ortasida amalga oshirilgan Xalqaro Qozon sammiti har yili, ish va finans muhitlariga mezbonlik qilmoqda. Minnihanov, Rossiya Prezidenti Putinning buyrug’i bilan “Rossiya-Islom Dunyosi” strategik vizyon guruhining ishlarini yuritmoqda.

Tataristonning Xalqaro munosabatlari bulardan iborat emasdir. O’tgan yili, Qozon shahri, Turk dunyosining madaniy poytaxti sifatida bu doiradagi butun faoliyatlarga mezbonlik qildi. Tataristonning Xalqaro munosabatlarini bundan buyon ham mana shunday yo’nalishda davom etishini tilab qolamiz.

Aziz dasturimiz muxlislari, shu bilan dasturimizni yakunlaymiz. Yevroosiyodan dolzarb mavzular dasturini, Turkiya ovozi radiosi uchun Abdurasul Isoqov bilan Guldona Murzakulovalar tayyorladilar.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar