Turkiya va xalqaro jarayon 111-qism

Turkiya va xalqaro jarayon

218207
Turkiya va xalqaro jarayon 111-qism

“Qaysi İslom qaysi madaniyat” iborasi deganda, “qaysi g’arb, qaysi yevropa” iborasi misoli, tushunchalarga nazar solish mo’ljallanmoqda. Yevropa va G’arb tushunchalari farqli iboralar bilan va ma'nolarga uchragan i'mo qilsa, bu İslom va madaniyati uchun ham tegishli. "İslom nima va qanday bir dunyo tassavur etadi?" degan savollarga qator javoblar berish mumkin. Buning uchun oddiy namuna, ayrim musulmon kimlikga ega kishilar İSHİD, Boko Haram va Al Qoida kabi terror tashkilotlari İslom nomidan hujumlar uyushtirib jinoyatlar sodir etmoqda. Tarixga nazar solganda ham bunga o’xshash tashkilotlarning va kishlarning bo’lmaganini aytish qiyin. Misol, Hasan Sabbah va Xashxashilar kabi 11. Asrda bo’lgan radikal guruhlar, yoki Haz. Muhammadning jiyani, kiyovi va 4.Halifa Haz. Alini qatl etgan xorijilarga ko’z yumib bo’lmaydi. Boshqa tomonda, ham Musulmonlarning aksariyati, bu tashkilotlar va faoliyatlarini tasdiqlamaydi ham İslom olimlari bularning İslomga xilof bo’lganini aytadi

İslomning negizida Quro’ni Karim va Haz. Muhammadning hadis va sunnatlaridan tashkil topgan amrlar, buyruqlar va o’gitlarga tayangan bir dunyoni maslahat qilinadi. Musulmonlarning ham hayotlarini bu doirada qurishlari o’git beriladi. İnsonlar va Musulmonlar bunlarni hayotga tatbiq etish mavzusida erkinlar. Quro’ni Karimda ”Dinda majburlashda o’rin yo’q” deb yozilmoqda. Boshqa tomonda, bularni qanday tushunish va tatbiq etish mavzusi ulamolar va mutaxassislarning mulohazalariga qolgan. Lekin Haz. Muhammad davri bo’lmagani bois, İslom bilan aloqali turli tushunchalar maydonga chiqgan.
15. asrda İslom olami va madaniyat tarixiga nazar solganda, daslab Sun’ilik va Shialik kabi ikki mazhabning maydonga kelgani ko’rinadi. O’zgachalashtirish bu bilan qolmagan, davr mobaynida har ikkisining tarkibidan ham boshqa guruhlar chiqgan. Sun’iyar orasidan xorijilar, ratsionalistlar, fiqihchilar, tasavvufchular, salafilar kabi guruhlar; shialar ichida esa 12 imom sifatida bilingan İsmoilik, Zeydilik, Jafarilik kabi guruhlar mavjud. İslom mafkurasi, hayotga tatbiq etish va siyosati bilan aloqali bu guruhlar so’ngi yillar 200 yillik zamonaviylashish davrida rivojlangandir.
Zamonaviylash jarayonida farqli tushuchalarning maydonga chiqishining asosiy sababi, İslom o’lkalarining, kuchlanib tarqalayotgan G’arb olami qarshisidagi mag’lubiyati va zayifligidir. İslom davlatlari ilmiy faoliyatlar va xalqaro siyosat bilan kuchaygan G’arbga ko’ra orda qolgandir. İslom o’lkalarining tuproqlari g’arb davlatlari tomonidan ishg’ol etilgan, İslom madaniyati G’arb qarshisida o’zgargan, iqtisodiy va siyosiy tuzilishi yomon bo’lgan, İslom o’lkalarida bidramlik yo’q. İslom o’lkalarining bu vaziyatda o’zini muhofaza etish va qayta oyoqqa turish uchun farqli tushunchalari ilgari surilmoqda. Jamoliddin Afg’oni boshchilik qilgan Musulmon ziyolilar bilan boshqa diniy guruhlar ilgari surgan nazariyalarni, qisqacha uchga ajratish mumkin.
Bulardan birinchiasi, zamonaviy ziyoli kishilar va guruhlar. Bular İslom o’lkalarining G’arbga qarshi kuchli bo’lish uchun zampnga moslashish kerakligini mudofaa etadi. Usmoniy İmperiyasi davrida yangi Usmoniychilar, Misr hokimiyati Mehmet ali Pasha, Mutafo Kamol Otaturk kabi liderler, bu tushunchalarga ega bo’lgan. Zamonaviy tushunganlar, Musulmonlarning İslomdagi haqiqiy manbalarini zamonaviy o’zgarishlar doirasida mıslashishi kerakligini ilgari surmoqda. Bularning aksariyati siyosiy partiya va harakatlar bilan zamonaviylashishga urinar ekan, bir qismi esa ijtimoiy va madaniy yo’llar bilan zamonaviylashishni mudofaa etadi.
İkkinchisi, an’anaviy tushunchalar va harakatlardir. Bunlar Musulmonlarning faqat o’ziga qaytib, yani Quro’ni Karim va sunatga rioya qilib amalga oshirilishiga ishonadi. Misol, Misrda Hasan Ali Benna va Musulmon Qardoshlar kabi guruhlar bunga mansub.
Uchinchi bunlarga esa qarshi chiqganlar. Bunlar Musulmonlarning G’arbdan erkin bo'lishni unga qarshi kurashi kurash bilan amalga oshirilishini ilgari surmoqda. Lekin bu kurashning qanday bo’lishi haqida bir tushunchasi yo’q. Kurashning siyosiy va ideologik bo’lishi kerakligini mudofaa etgan Sayyid Qutub, Mevdudi va Humayni kabi faylasuflar va siyosatchilar bilan bir qatorda, kurashning harbiy va kuch ishlatish bilan amalga oshirilishini mudofaa etganlar ham bor.
Lekin, qarshi kurash tushunchasi hattoki, so’ngi yillar Al Qoida, İSHİD va Boko Haram tashkilotining qilmishlari oldida yengil qoladi. Chunki bu tashkilotlar, İslom dinini, an’anasini, tarixi va madaniyati ichida namunasi bo’lmagan ishlar sodir etmoqda. Bu tashkilotlarning amallari, mudofaa etganlari va faoliyatlari, İslom e’tiqodiga va an’anasiga munosib emas. Misol, İSİHD ning garovga olgan kishilarni tirik-tirik yoqib yoki boshini kesib o’ldirishi, İslomda o’rni yo’q. Bunlar İslom an’analari va marhamatiga yarashmaydi. İslom qoidalarini bilgan musulmonlar, buni qabul qilmaydi. Xalqaro anketalarga ko’ra, İSHİD kabi tashkilotlar, 1.7 milliardlik İslom olami ichida o’rin topmagan. Ushbu tashkilotlar, Qur'oni Karim va sunnantdan emas, diniy manbalarning qorog’u siyosiy manfaatlari uchun foydalanishidan kelib chiqmoqda va İslom madaniyatidan tashqari.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar