Turkiyada Nasriddin afandini yodga olish marosimlari...

121931
Turkiyada Nasriddin afandini yodga olish marosimlari...


Kunlardan bir kuni Nasriddin afandi qo’lida bir kosa qatiq bilan ko’l bo’yiga keladi. Qatiqni ko’lga to’ka boshlaydi. Nasriddin afandini ko’rgan aholi buning sababini so’raydi. Afandi miyig’ida kulgan holda ko’lda qatiq uyitmoqchiman deydi. Hayron bo’lgan aholi “Nasriddin afandi ko’lda qatiq uyitib bo’ladimi” deya hayratlanadilar. Afandi bo’lsa ularga “uyutsamchi?”-deya xozirjavoblik bilan javob beradi.
Nasriddin afandi butun dunyoda xozirjavobligi bilan tanilgan xalq donishmandlaridan biridir. Bu quvnoq, hozirjavob, topqir qahramonning nomini eshitishi bilanoq kishi bir jilmayib qo‘yadi. Bu bejiz emas. Nasriddin Afandi hal eta olmaydigan birorta muammo yo‘q. U har qanday mushkullikka bir zumda iloj topadi.
Nasriddin Afandining donishmandligi haqidagi latifalar ming yillardan beri xalqlardan-xalqlarga, tillardan-tillarga o‘tib, tobora sayqallanib, o‘tkirlashib bordi. Ezilgan xalq zulmkor xon va vazirlarga, hiylagar boy va savdogarlarga, tovlamachi domla-imomlarga o‘zining oqil qahramonini zid qo‘yib, ularga qarshi kurashib keldi. Nasriddin hamisha oddiy kishilar orasida yurib, adolatni, haqiqatni himoya qildi, amaldorlarning qing‘ir ishlarini fosh etdi, ularni masxaraladi, har qancha mehnat qilgani bilan egni but, qorni to‘q bo‘lmagan kambag‘allarning orzu va intilish¬larini himoya qildi.
Nasriddin Afandini nafaqat o‘zbeklar, balki O‘rta Osiyo, butun Sharq mamlakatlari xalqlari ham yaxshi bilishadi. Nasriddin Afandi ularning ham sevimli qahramoni. Lekin u turli xalqlar orasida har xil nomlar bilan ataladi. Masalan, tojiklarda Mushfiqiy, qozoq va qirg‘izlarda Aldarko‘sa, Xo‘ja Nosir, turkmanlarda Mirali, ozarbayjonlarda Mulla Nasriddin, turklarda Xoja Nasriddin, tatarlarda Ahmadakay kabi nomlar bilan mashhur.
Turkiyaning Koniya shahrida ham har yili 5 iyuldan 10 iyulgacha Nasriddin afandi yodga olinadi. 4 iyul kuni ramziy ma’noda Nasriddin afandining maqbarasidan shodiyonalarga taklif qilinishi bilan marosimlar boshlanadi.
Marosim doirasida Akshehir ko’liga qatiq uyutish an’anasi o’tkaziladi va marosimlar 10 iyulgacha davom etadi. 1959 yildan beri iyul oyi boshlarida butun dunyodan bilim, san’at va adabiyot namoyondalari madaniy urf-odatlarini Nasriddin afandi vositasida tanitishga harakat qiladilar.
Musiqa va raqs namoyishlari, rasm va karikatura ko’rgazmalari, teatr va kinofil’m namoyishlari 6 kun mobaynida xalqqa san’at va san’atkorlar bilan uchrashish fursatini beradi. 1959 yildan beri har yili o’tkaziladigan marosimlarda ko’plab taniqli san’atkorlar Nasriddin afandi ro’liga kirib, uning hajviyalarini ijro etib keldilar.

Nasriddin afandi 1208 yili Eskishehirda tavallud topgan. Uning yoshlik chog’lari Akshehirda o’tadi. Uning madrasada o’qiganligi, imomlik va qozilik qilganligi, hatto madrasada dars berganligi rivoyat qilinadi. Bu xizmatlari tufayli taniqli Nasriddin afandiga aylanganligi aytiladi. Xalq orasida uning hayoti xaqida turli ma’lumotlar mavjud. Tarixda Nasriddin afandining Saljuqiy sultonlari bilan tanishgani, Mavlono Jaloliddin Rumiy bilan yaqin bo’lgani va hukmdor Amir Temur bilan suxbatlashgani aytiladi.
Nasriddin afandi latifalarida eshak motivi keng o’rin egallaydi. Latifalaridagi eshak aslida mashaqqatga, mexnatga va ochilikka chidashning ramzidir. Nasriddin afandi eshak timsolidan foydalanib insonlarga saboq beradi.
Kunlardan bir kuni Nasriddin afandi hayvonlarga og’ir yuk ortib, azob bergan qishloq ahliga saboq bermoqchi bo’libdi va yelkasiga qopni yuklab eshagiga minibdi.
“Nasriddin afandi, eshakni ustiga minganing yetmagandek, yelkangga qop ko’tarib olibsan. Bu nima qilganing?”- deb so’raganlarga xozirjavoblik bilan shunday debdi: “Bechora hayvon kecha-kunduz demasdan menga xizmat qiladi. Ustiga mindiradi, yuklarimni tashiydi, tegirmonni aylantiradi. Menga bunchalik xizmat qilgan hayvonga yukimni ham ko’tartirishni hohlamadim. Shu sababli qopni ozim ko’taray dedim” –deb javob bergan ekan.

Nasriddin afandining kundalik oddiy voqealar xaqidagi kulgili mulohazalari kunimizgacha yetib kelgan latifalarni hosil qiladi. Nasriddin afandining yozma asari yo’q lekin, hangomalari, xalq og’zaki ijodi orqali 13 asrdan kunimizgacha yetib kelmoqda. Nasriddin afandining bosmadan chiqarilgan dastlabki xikoyalari 1480 yili Abul Hayr Rumiyning “Saltuknoma” kitobida o’rin olganligi aytiladi. 16 asrdan e’tiboran Nasriddin afandining latifalari kitob qilib bosmadan chiqarilgan. Bu kitoblarning eng qadimiysi bo’lgan “Hikayeti-i Kitobi Nasreddin” kitobi 1571 yilda yozilgan.
Nasriddin afandining latifalari dastlab 1837 yilda nashr qilingan. Dastlabki rasmli kitoblar esa, 1869 yildan e’tiboran bosmadan chiqarila boshlagan. Xozirda dunyoning turli davlatlaridagi kutubxonalarda Nasriddin afandining 68 dan ziyod hajviya kitoblari mavjud. Bulardan 12 nafari Turkiyada o’rin olgan.
BMT ta’lim, bilim va madaniyat tashkiloti UNESCO tomonidan 1996 yilni “Nasriddin afandi yili” deb e’lon qilinishi bilan Nasriddin afandi xaqida tadqiqotlar yanada ko’paygan. 2008 yilda Nasriddin afandi tavalludining 800 yilligi deb qabul qilindi va turli marosimlar o’tkazildi.
Qolaversa, har yili Xalqaro miqyosda Nasriddin afandi karikatura tanlovi ham o’tkazilib kelinmoqda.

Har yili 5 iyuldan 10 iyulgacha yo’lingiz Koniyaning Akshehir tumaniga tushadigan bo’lsa Nasriddin afandini albatta ziyorat qilishni unutmang. Chunki u yerda o’tkaziladigan festivalda ramziy Nasriddin afandilar bilan uchrashishingiz mumkin. Xalqaro Akshehir Nasriddin afandi marosimlarida miriqib dam olishingiz mumkin. Nasriddin afandining latifalaridan tinglab yuzingizga tabassum yugurishi mumkin.

 

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar