Xorijiy Matbuot sharhlari 28.09.2018

Oxirgi bir hafta mobaynida, chet el nashrida, Turkiya haqida o'rin olgan ba'zi yangiliklarning qisqacha to'plami.

1058663
Xorijiy Matbuot sharhlari 28.09.2018

Eronning IRNA axborot agentligi: Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Yevropaning suriyalik muhojirlarga yordam berish haqidagi va’dasini bajarmaganligini va Turkiyaning og’ir gumanitar inqiroz yukini yelkasiga olganligini qayd etdi.

Eronning Fors axborot agentligi: Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Binali Yildirim rahbarligidagi parlament delegtasiyasi O’zbekiston poytaxti Toshkentga borar ekan u yerda Binali Yildirim O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi Nig’matilla Yo’ldoshev bilan uchrashuv o’tkazdi. Mazkur uchrashuvda tomonlar, ikkala mamlakat o’rtasidagi parlamentlararo munosabatlarning rivojlantirilishi haqidagi masalalarni qo’lga oldilar.

YaponiyaningSankei Shimbungazetasi: Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an bilan Yaponiya Bosh vazir Sinzo Abe Amerika Qo’shma Shtatlaridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti markazida uchrashuv o’tkazdi. Mazkur uchrashuvda ikkala mamalakat o’rtasida Iqtisodiy hamkorlik kelishuvining tez kunlarda qabul qilinishi haqidagi rejalar qo’lga olindi.

Italiyaning ANSA axborot agentligi: Turkiyalik rasmiylar o’tgan hafta noqonuniy yo’llar orqali mamlakatga yoki Yevropa ittifoqi chegaralariga kirishga harakat qilgan 5979 kishini, ulardan 791 nafari dengizda qo’lga tushirdi.

Rossiyaning Kommersantgazetasi: Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Turkiya chegaralarida terroristlarga kun bermasliklarini qayd etdi.

AQShning Associated Press axborot agentligi: Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Birlashgan Millatlar Tashkilotining “muvaffaqiyatsizligi bilan mashhur bo’lgan”ligini qayd etgan holda, jiddiy islohotlar amalga oshirilmagudek bo’lsa unda tashkilotning ayniqsa Xavfsizlik kengashining, faqatgina dunyoning 5 ta kuchiga xizmat qilgan tashkilotga aylanishi mumkinligini ta’kidladi. 

Britaniyaning Reuters axborot agentligi: Birlashgan Millatlar Tashkilotining navbatdagi sessiyasida ishtirok etish uchun Amerika Qo’shma Shtatlarining Nyu-York shahrida bo’lgan Erdo’g’an, terror tashkiloti bilan aloqasi borligi tufayli Turkiyada nazorat ostiga olingan va hozirda uy qamog’ida bo’lgan amerikalik rohib Andrew Brunson haqidagi har qanday qarorning sud tomonidan qabul qilinajagini ma’lum qildi.

Ispaniyaning ABC nashri: Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Birlashgan Millatlar Tashkiloti sessiyasida so’zlagan nutqida, Suriyadan Turkiyaga kelgan muhojirlarga ko’mak bermaslikda ayblagan Yevropa ittifoqini keskin tanqid qildi.

Qatarning  Al Jazeera telekanali: Erdo’g’an Reuters axborot agentligiga bergan bayonotida, Bashar al-Asad yetakchilik qilar ekan Suriyada tinchliknnig o’rnashi imkonsiz ekanligin qayd etdi.

Ozarbayjonning Bizim yol gazetasi: Ozarbayjon va Turkiya o’rtasidagi harbiy hamkorlikni rivojlantirish imkonlari muzokara qilindi.   

Xitoyning Xinhua axborot agentligi: “Muvaffaqiyatga yetaklagan yo’l” deb nomlangan va chet elliklarga xitoy tilini o’rgatishga bag’ishlangan kitob, 25-sentabr kuni turk tilida chop etildi.  



Aloqador xabarlar