Xorijiy Matbuot sharhlari 14.09.2018

Oxirgi bir hafta mobaynida, chet el nashrida, Turkiya haqida o'rin olgan ba'zi yangiliklarning qisqacha to'plami.

1049812
Xorijiy Matbuot sharhlari 14.09.2018

Germaniyaning DPA axborot agentligi: Turkiyaning Hatay viloyatining Reyhanli tumanida 2013-yili uyushtirilgan terakt ustidan ayblanayotgan shubhali shaxs Milliy razvedka xizmati tomonidan Suriyada qo’lga tushirildi. Lazkiya shahrida qo’lga tushgan shaxs, hujumni Suriyaning razvedka boshqarmasi buyrug’i bilan amalga oshirganligini o’z bo’yniga oldi.

AQShning Associated Press (AP) agentligi: Turkiya Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Polsha poytaxti Varshavadagi konferensiyasini, Turkiyaga qarshi faoliyat olib borgan terror tashkiloti bilan aloqasi borligi yuzasidan boykot qildi.

Fransiyaning AFP axborot agentligi: Turkiya Amerika Qo’shma Shtatlarining Vashingtondagi Falastin vakolatxonasining yopilishi haqidagi qarori ortidan bergan bayonotida, “bu tadbir Amerika boshqaruvining betarafligini yo’qotganligidan dalolat beradi” dedi.

Rossiya ovozi radiosi: Turk lirasining kuchini saqlab qolish haqidagi Prezident qarori Rasmiy gazetada chop etildi. Mazkur qarorga ko’ra har qanday ko’chmas mulk oldi-sottilari va ularni ijaraga berish ishlarida chet el valyutasi o’rniga mahalliy valyuta yani turk lirasidan foydalaniladi.

Germaniyaning “Deutsche Welle” (DW) internet sayti: Jahon Sog’likni saqlash tashkiloti hisobotiga ko’ra Turkiyaning o’rtacha umr surish darajasi 78 yoshdir. Turkiya bu borada Yevropadan oldingi o’rinda.

AQShning CNN xalqaro telekanali: Gumushxaneda olib borilgan faoliyatlarda tuproqning 50 santimetr ostidan Rim davriga oid 2 ming yillik asarlar chiqarilmoqda.

Angliyaning Reuters axborot agentligi: Turkiya va Sudan 100 million AQSh dollari qiymatida neft qidirish va Sudandagi minglab kvadrat kilometrlik maydonda Turk firmalarining investitisya kiritishi uchun shartnoma imzoladi.

Xitoyning rasmiy Xinhua axborot agentligi: Turk iqtisodiyotida ikkinchi chorakda 5.2 foizlik o’sish kuzatildi. Eksport va turizm tarmog’ining muvaffaqiyati bu borada katta hissa qo’shdi.  

Rossiya ovozi radiosi: Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar, Suriyaning Idlib shahriga qarshi olib boriladigan har qanday harbiy amaliyotning shundoq ham muammoli bo’lgan mintaqani falokatga yetaklashi mumkinligi borasida Rossiya va Bashar al-Asadni ogohlantirdi.

 

 



Aloqador xabarlar