Haftalik xorijiy matbuot sharhlari 03.08.2018

Xorijiy matbuotda o'rin olgan Turkiya haqidagi xabarlar...

Haftalik xorijiy matbuot sharhlari 03.08.2018

 

Gruziyaning Interpressnews sayti: Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an: “AQSh Turkiya kabi samimiy do’stini qo’ldan boy berishi mumkin”,-dedi.

Germaniyaning DPA xabar agentligi: Turkiya Germaniya ishtirokida Suriyaga bag’ishlangan to’rt tomonlama sammit o’tkazishni rejalamoqda.

Buyuk Britaniyaning Reuters xabar agentligi: Prezidentlik matbuot kotibi Ibrohim Kalin: “Turkiya bilan AQSh o’rtasidagi munosabatlarni saqlab qolish mumkin”,-dedi.

Eronning IRNA xabar agentligi: Turkiya milliy xavfsizlik kengashi AQSh prezidenti Donald Trampning Turkiyani tahdid qilishiga ko’z yumib bo’lmasligini ma’lum qildi.

Fransiya AFP xabar agentligi: Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an amerikalik rohib Andrev Brunson ishi bo’yicha Amerikaning tahdidlariga bo’yin egmasligini bildirdi va Vashington hukumatini Siyonist ideologiyani ko’zlaganlikda aybladi. Erdo’g’an: “AQShning bu tahdidini qabul qilishimiz imkonsiz”,-dedi.

Ispaniyaning Europe Press nashriyot organi: Turkiya AQSh tomonidan ikki turk vazirga sanksiya joriy etganligini qoraladi. Shuningdek, Vashington bunday jazo berish bilan Turkiya sudi qarorlariga hurmatsizlik qilganligini bildirib, “Amerika hukumatini bu xatosidan voz kechishga chaqiramiz. Aks holda, buni javobsiz qoldirmaymiz”,-deya ogohlantirdi.

AP xabar agentligi: AQSh tomonidan sanksiya joriy etilgan Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu bu qarorni mazxara qilgan holda, “AQShda bitta narsam bor, u ham bo’lsa 2016 yilda to’ntaruv tashabbusi javobgari Fathulloh Gulendir”,-dedi.

U Tvitterdagi sahifasida “Gulenni u yerga tashlab qo’ymaymiz, uni bir amallab olamiz”,-dedi.

Reuters xabar agentligi: Hazina va moliya vaziri Berat Albayrak AQSh terrorizmni qo’llab quvvatlaganlikda ayblanayotgan amerikalik rohib ishi bo’yicha Turkiyaga qarshi sanksiya joriy etganligini qoralar ekan, bu Turkiya iqtisodiyotiga zarracha ta’sir ko’rsata olmasligini bildirdi.

Eronning Mehr xabar agentligi: Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif Tvitterdagi sahifasida Turkiyaning ikki vaziriga AQShning sanksiya berganligini qoraladi.

Interpressnews sayti: Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an mamlakatda o’lim jazosi joriy etilishini qo’llab quvvatladi. Erdo’g’an agar majlisda tasdiqlangan taqdirda, qonunni imzolashga tayyor ekanligini bildirdi.

IRNA xabar agentligi: Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li: “Barcha to’sqinliklarga qaramay, Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lish Ankaraning strategik maqsadidir”,-dedi.

Sputnik web sayti: Turkiya statistika tashkiloti joriy yilning aprel-iyun oylarida turizmdan tushgan foyda 30% ortganligini ma’lum qildi.


Tanlangan kalimalar: xorijiy matbuot sharhlari , Turkiya

Aloqador xabarlar